Navoiy innovatsiyalar instituti


Download 76.31 Kb.
bet1/4
Sana11.03.2023
Hajmi76.31 Kb.
#1258248
  1   2   3   4
Bog'liq
korporativ



NAVOIY INNOVATSIYALAR INSTITUTI
_________________________FANIDAN
Mustaqil ish

Mavzu:“ KORPORATIV BOSHQARUV “ kursiga kirish.


Bajardi: Abdullayev Nazirjon
Guruh:__________________ Tekshirdi:________________

Navoiy 2023


Mavzu: “ KORPORATIV BOSHQARUV “ kursiga kirish.

Reja:

  1. Kirish

  1. Korporativ boshqaruvning kelib chiqish tarixi.

  1. Asosiy qism

  1. Korporotiv boshqaruv va korporativ menejment.

  2. Korporativ boshqaruvning maqsad va vazifalari

  3. Korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillari va usullarini joriy etishning xususiyatlari.



  1. Xulosa

    1. Korporativ boshqaruvning kelib chiqish tarixi.

Yirik korporativ tuzilmalarning tashkil etilishi XX asrda iqtisodiy rivojlanishning muhim tendensiyasi bo‘ldi. Kopnoratsiyalar o‘z rivojlanish yo'lida va ularning jamiyat tomonidan qabul qilinishida fan-texnika, iktisodiyotning rivojlaiishi, aholi malakasi, ma’lumot darajasi bilan bog‘liq qator bosqichlarni bosib o‘tdi. Mazkur bosqichlaming har birida korporatsiyalar vujudga kehshiga har bir mamlakatda yuzaga kelgan korporativ madaniyat katta ta’sir ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda korporativ sektorda mahsulot va xizmatlaming asosiy qismi ishlab chiqarilmoqda. Son nisbatiga k.o‘ra sanoati rivojlangan mamlakaUarlarda korporatsiyalar, korporatsiyalarning umumiy sonida katta salmoqqa ega.
Shu bilan birga, ular YalM ishlab chiqarishda va davlat byudjetining daroinadlarida yetakchi mavqeni egallaydi. 2002-yilda Germaniyada 10 ta yirik korporatsiya (biznes-guruh)ga sanoat ishlab chiqarishining 15 foizi, AQSHda 27 foizi, Janubiy Koreyada 30-32 foizi, Rossiyada 38,7 foizi to‘g‘ri keldi . Jahonda yirik korporatsiyalar hal qiluvchi rol o‘ynashi haqida yana shu narsa dalolat beradiki, butun jahon ishlab chiqarishi hududining 1/4 qismiga yaqinini taxminan 600 ta moliya-sanoat guruhi nazorat qiladi.
Ayniqsa, ko‘p ilm talab qiluvchi eng yangi ishlab chiqarishlar sohasida ularning salmog‘i yuqori, chunki aynan yirik birlashmalar yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga katta mablag' sarflashga qodir. Masalan, AQSHda elektron sanoat uchun jihozlar ishlab chiqarishda mingdan ortiq firma band, sotuvlaming yarmidan ko‘pi esa bor-yo‘g‘i 14 kompaniyaning ulushiga to‘g‘ri keladi. Kompyuterlar ishlab chiqarishning to‘rtdan uch qismi to‘rtta yirik firma tomonidan amalga oshiriladi. Germaniya, Fransiya, Yaponiya va boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlarda ham xuddi shunday holat kuzatiladi.
G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyaning urushdan keyingi tarixi shuni ko‘rsatmoqdaki, milliy sarmoya faqatgina qudratli moliyasanoat tuzilmalariga birlashib, davlat organlari bilan o‘zaro jips hamkorlik qilsa hamda milliy va jahon iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga oluvchi huquqiy rejimda ishlasa, transmilliy korporatsiyalar va chet el moliya-sanoat guruhlari bilan raqobatlashishga qodir boladi.
Hozirgi paytda jahonda xo‘jalik subyektlari korporativ integratsiyalashuvining faol jarayoni kechmoqda. Korporativ integratsiyalashuv tadbirkorlikni tashkil etishning nafaqat samarali, balki jahon xo‘jaligidagi zamonaviy o'zgarishlarga tez moslashadigan shakli bo‘lib qoldi.

Download 76.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling