Navoiy innovatsiyalar instituti


Korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillari va usullarini joriy etishning xususiyatlari


Download 76.31 Kb.
bet3/4
Sana11.03.2023
Hajmi76.31 Kb.
#1258248
1   2   3   4
Bog'liq
korporativ

2.3.Korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillari va usullarini joriy etishning xususiyatlari.

Rivojlangan mamlakatlarda sanoat korporativ tuzilmalarni boshqarish tizimi quyidagi ko‘rinishlarga ega:


— yakuniy mahsulot bo'yicha vertikal integratsiya qilingan bo'linmalar va divizionlarga ega 100—200 ta yirik korporatsiyalarning mavjudligi;
— ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi (funksional majmua bo‘yicha o‘z ishlarining hajmi 80—90% va to‘liq funksional yakuniy mahsulotning keng assortimenti);
— rivojlangan ichki korporativ dasturiy (maqsadli) va joriy (tezkor) rejalashtirish;
— korporatsiyada yuqori texnologiyalarning etarli miqdori (5 va undan ortiq);
— korporatsiyalararo aloqalar bo‘yicha ishlab chiqarishning kichik hajmlari (ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 10—15 % tashkil etuvchi).
Turlicha tashkiliy-tuzilmaviy shakldagi korporativ tuzilmalar ijtimoiy va ishlab chiqarish-moliyaviy tizimini o‘zida ifoda etadi. Bu tizim yuqori dinamikaga ega bo‘lib, quyidagi asosiy tamoyillar negizida rivojlanadi:
— muayyan кофогаиу tashkilot doirasida mulkka egalik qilishning teng huquqiy imkoniyatlari uchun sharoit yaratish;
— biznes faoliyati jarayonida o‘zaro ta’sir usullarini erkin tanlash;
— biznesning ayrim qatnashchilari manfaatlarini кофогайу tashkilot manfaatlari birligi orqali amalga oshirish;
— kapitalni diversifikatsiyalash variantlarini topishda namoyon bo‘luvchi o‘zaro manfaatlarni saqlab qolgan holda moliyaviy ishbilarmonlik;
— integratsiyalashgan korporativ tizimlar doirasida moliyaviy-ishlab chiqarish mexanizmlarini birlashtirish;
— o‘zaro manfaatlar yo‘lida biznesni integratsiyalashning multiplikasion samaralarini hayotga tatbiq etish.
Amaliyotda korporativ boshqaruv toifalarini uning mohiyati nuqtai nazaridan ham, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimidagi aniq o‘mi va roli nuqtai nazaridan ham kengaytirib talqin qilish ommaviylashgan. Bu holatda muayyan ko‘p qatlamli, murakkab, ko‘p funksionalli hodisa mavjud bo‘lib, uni birgina «korporativ boshqaruv» atamasi bilangina ta’riflash mumkin emas.

Xulosa
Korporatsiyalarni boshqarish mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Korporatsiyalarni boshqarishning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Korporatsiyalarni boshqarish fanining predmeti bo‘lib, xo‘jalikning barcha miqyosida bozor iqtisodiyoti qonunchiligi, tamoyillari va uslublari hamda boshqaruv munosabatlarini o‘rganish hisoblanadi. Korporatsiyalarni boshqarishda bevosita obyekt bo‘lib insonlar, mehnat jamoalari xizmat qiladilar. Boshqarishni anglashning asosiy uslubi — dialektik usul hisoblanadi. Bu usul o ‘rganilayotgan boshqamv munosabatlarini tub mohiyatiga yetishga yordam beradi. Hozirgi paytda jahonda xo ‘jalik subyektlari korporativ integratsiyalashuvining faol jarayoni kechmoqda. Korporativ integratsiyalashuv tadbirkorlikni tashkil etishning nafaqat samarali, balki jahon xo‘jaligidagi zamonaviy o‘zgarishlarga tez moslashadigan shakli bo‘Iib qoldi. Korporatsiyalar shakllanishi tahliliga yondashishda alohida e’tibor korporativ tuzilmalarga, ularning qurilishi, ichki shakliga murakkab integratsiya qilingan ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalar sifatida qaratiladi. Mffliy iqtisodiyotda integratsiya jarayonlarinmg xususiyatlari sanoatni boshqarishning yillar davomida shakllangan soha tizimiga bog‘liq. Amaliyotda korporativ boshqaruv toifalarini uning mohiyati nuqtai nazaridan ham, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimidagi aniq o'rni va roli nuqtai nazaridan ham kengaytirib talqin qilish ommaviylashgan.



Download 76.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling