Navoiy innovatsiyalar instituti


Korporotiv boshqaruv va korporativ menejment


Download 76.31 Kb.
bet2/4
Sana11.03.2023
Hajmi76.31 Kb.
#1258248
1   2   3   4
Bog'liq
korporativ

2.1.Korporotiv boshqaruv va korporativ menejment.

Korporatsiyalami boshqarish fanining predmeti xo‘jalikning barcha miqyosida bozor iqtisodiyoti qonunchiligi, tamoyillari va uslublari hamda boshqaruv munosabatlarini o‘rganishdir. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy, ishlab chiqarish munosabatlarining ajralmas qismi bo‘lib, turli xil ko‘rinishga ega:iqtisodiy, ishlab chiqarish, tashkiliy, mehnat, psixologik, ijtimoiy va hokazo. Boshqaruv munosabatlari o£zida o‘zaro faoliyatning murakkab kompleks majmuini tashkil etadi. Shuningdek, boshqaruv xodimlari (apparat) bilan mehnat jamoalarining o‘zaro bog‘liqhgini hamda boshqaruvchi bilan bo'ysinuvchilar orasidagi bog‘liqlikni ko'rsatadi. Boshqarishni anglashning asosiy uslubi — dialektik usul hisoblanadi. Bu usul o‘rganilayotgan boshqaruv munosabatlarining tub mohiyaLiga yetishga yordam beradi. Boshqaruv ilmini o‘rganishga boshqa uslublar xam yordam beradi. Bular ilmiy-tarixiy, tizimli tahlil, matematik modullashtirish, smetoholatiy, maqsadli uslub, analiz va sintez, induksiya va deduksiya va boshqalardir. Korporatsiyalarni boshqarish kursining mazmuni bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ boshqarishning metodologik va nazariy asoslarini ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi.


Korporatsiyalarni boshqarishning asosi bo'lib, islohotlaming o‘zbek modeli, mulkiy munosabatlarning huquqiy shakllari, antimonopoliya qonunchilik, iqtisodiyotning davlat boshqaruvi, raqobatchilikning huquqiy asoslari, bozor imkoniyatlari tadqiqotlari, marketing strategiyasi va boshqalar hisoblanadi. Bu kurs boshqarishning umumiy tamoyillarini mujassamlashtiradi. Konkret holatlarda boshqaruv apparatining xatti-harakatlarini, korporatsiyalarni boshqarishni nazariy hamdaamaliy tomondan o‘rganadi.
2.2.Korporativ boshqaruvning maqsad va vazifalari
«Korporatsiyalarni boshqarish» fani «menejment» mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada o‘qiyotgan talabalarga mo‘ljallangan, iqtisodiy islohotlarning 0 ‘zbek modeliga asoslangan holda tuzilgan. Fanning maqsadi — bozor iqtisodiyoti sharoitida korporatsiyalarni boshqarish borasida talabalarga nazariy hamda amaliy professional bilim berishdir. «Korporatsiyalarni boshqarish» fanining asosiy vazifalari bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi: — islohotlarning 0 £zbek modelini chuqur o'rganish; — korporatsiyalar haqida aniq tushunchalar va bilimlarga ega bo'lish; — korporatsiyalarni boshqarish mazmuni, maqsadi va ahamiyati ni o‘rganish; — korporatsiyalarni boshqarish uchun aniq amaliy holatlarni o‘rganish; — korporatsiyalarni boshqarish bilan bog‘liq o‘yinlarni o‘tkazishning ijobiy tomonlarini o‘rganish. Fanni o‘rgatish ma’ruza, turli amaliy holatlarni ko‘rib chiqish mashg‘ulotlari va turli boshqaruv o‘yinlarda talabalami ishtiroki orqali amalga oshiriladi. Oraliq baholash kurs davomida yozma ishlar, referat va kurs ishlari orqali qo‘yilib boriladi. Yakuniy baholash talabaning yozma ishlari, davomati va faolligiga qarab qo'yiladi. Korporatsiyalarni boshqarish mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog'liq holda o‘zgaradi. Ishlab chiqarish rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkablashadi va mustaqil fan sifatida ajralib chiqadi. Kоrporatsiy alami boshqarishning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlami o‘rganish va ulaming aniq vaziyatlarda namoyon bo‘lishini hisobga olgan holda xo'jaiik rahbarlari respublika xalq xo'jaligini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar. Jamiyat hayotinitig barcha tomonlari demokratik yangilanishi sharoitida asosiy masala iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy taraqqiyotni rag‘batlantirish. Boshqariladigan bozor bilan shaxs va jamoa manfaatlarini samarali bog‘lash asosiy masalalaridan biridir. Nazariy va amaliy nuqtai nazardan ishlab chiqarish egalari bo‘lgan mehnatkashlar manfaatlari eng muhim manfaat ekanligi, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtiruvchi qudratli harakatlantiruvchi kuch ekanligi shubhasizdir. Bundan boshqaruvni isloh qilishning strategik g‘oyasi mehnatkash kishining obro‘sini ko‘tarishdan iboratdir. Chunki bu iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishning asosi bo‘lib vijdonan va ma’suliyat bilan mehnat qiUshga xizmat qiladi; ishchining mehnatdan manfaatdorligini keskin oshirish, o‘z qobiliyatini to‘liq sarf etish, uni jamiyatni harakatlantiruvchi kuchlaming umumiy tizimiga qo‘yishdan iborat.


Download 76.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling