Navoiy innovatsiyalar instituti
-yilda ushbu mamlakatga eksport hajmi 41
Download 0.95 Mb.
|
2005-yilda ushbu mamlakatga eksport hajmi 41,6 foizga oshib,
AQSH dollarini tashkil etdi. Rossiyadan import hajmi esa 12,7 foizga oshib, 1.034 million dollami tashkil qildi. O’zbekiston gaz ishlab chiqarish bo‘yicha MHD orasida uchinchi, dunyo miqyo- sida esa o‘nta eng yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatori-dan o‘rin olgan. Ta'kidlash joizki, ikki tomonlama savdo aloqalarida ijobiy o‘zgarishlar, xususan, so‘ngi olti yil mobaynida mahsulot ayirbosh-lash ko‘rsatkichlarining uzluksiz oshib borishi 1998-yilda Rossiyada ro‘y bergan iqtisodiy inqiroz bartaraf etilgandan keyin ko‘zga tashla-na boshladi. 2004-yilda ikki mamlakat o‘rtasida mahsulot ayirboshlash yilga nisbatan 42,9 foizga oshib, 1641,9 mln. AQSH dollarini, O’zbekistondan Rossiya Federatsiyasiga eksport hajmi 57,8 foizga oshib, 724,8 mln. AQSH dollarini, Rossiyadan import esa 33,7 foiz-ga ko‘payib, 917,1 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. yilda savdodagi ijobiy saldo tufayli 2003-yildagi salbiy saldoni qariyb 38 mln. AQSH dollari miqdorida qisqartirilishiga erishildi. O’zaro savdodagi eksport va import tarkibi asosan mahalliy ish-lab chiqaruvchilar uchun raqo'bat qilmaydigan mahsulotllardan tash-kil topgan(odatda ichki bozorlarda talab yuqori bo’lgan avtomobillar bundan mustasno). Yuqoridagilardan xulosa qilib, ikki tomonlama savdo istiqbolda savdo to‘siqlariga yo‘1 qo‘ymaydigan o‘zaro manfaatli asosda amal-ga oshirilayotganini qayd etish mumkin. Mamlakatimizda Rossiya sarmoyasining ishtirokida tashkil etil-gan korxonalar hamda Rossiya kompaniya va firmalarining akkredi-tatsiya qilingan vakolatxonalari soni ko‘payib bormoqda. Masalan, 2003-yilda Rossiya sarmoyasi ishtirokida mamlakatimizda 309 ta korxona faoliyat yuritgan boTsa, 2004-yilda ulami soni 390 taga yetgan. Ulardan 54 tasi yuz foiz Rosssiya investitsiyasi asosida fao-liyat yuritadi, 295 tasi esa-qo‘shma korxonalardir. O’zbekiston mintaqalari nuqtayi nazaridan oladigan boTsak, faoliyat yuritayotgan korxonalar asosan Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon hamda Farg‘ona viloyatlari ulushiga to‘g‘ri keladi. Mazkur korxonalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagi sohalami qamrab oladi: oziq-ovqat, tekstil, yog‘ochni qayta ishlash, kimyo-farmatsevtika, metallurgiya, mashinasozlik, avtomo- bilsozlik, yoqilg’i-energetika, qishloq xo‘jaligi hamda O’zbekiston iqtisodiyotining boshqa tarmoqlarida birgalikda mahsulot ishlab chi-qarish, savdo-vositachilik faoliyati. Keyingi vaqtda qishloq xo‘jalik mahsulotllarini qayta ishlash sohasida kooperatsiyani mustahkamlash jarayonlari ko‘zga tashlan-moqda. Ayni paytda bu sohada «Baltimor», «Cherkizovo» va bosh- qa mashhur Rossiya kompaniyalari bilan tashkil qilingan to‘qqizta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. «Bim Bill Dan» kompani-yasi «Toshkentsut» birlashmasining 77 foiz aksiyasini sotib olish to‘g‘risidagi shartnomani imzolab, sut mahsulotllari va meva sharba-tini ishlab chiqarishga 20 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni mo’ljallagan. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling