Demokratiya-«xalq hokimiyati» ma’nosini anglatadi.
Konstitutsiya-davlatning asosiy qonuni.
Mentalitet-aql-idrok. Millat yoki shaxsning mentaliteti ularning o’ziga xos an’analari, rasm-rusumlari, urf-odatlari, di-niy e’tiqodlari.
Senat-parlament palatasi (hududiy vakillik palatasi).
Fuqarolik jamiyati-davlat, jamiyat, ijtimoiy taraqqiyot-ning oliy demokratik shakli.
Iqtisodiy plyuralizm-mulk shakllari va xo’jalik yuritish usullarining turli-tumanligi
«O’zbek modeli»-Birinchi Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyotining besh tamoyili.
Menejer-firma, kompaniya va bankning boshqaruv rahbari.
Ma’naviyat-insonlarning ichki, ruhiy olami, iroda va e’tiqodlari bilan bog’liq bo’lgan ijobiy fazilatlar majmui.
Ma’rifat-ta’lim-tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, di-niy va ma’naviy boyliklarning, ularni yanada ko’paytirib hamda ta-komillashtirib borish usullarining majmui.
Ekstremizm-o’z maqsadi yo’lida har qanday keskin chora-tad-birlar ko’rishga tarafdorlik.
Sivilizatsiya-jamiyatning o’z taraqqiyoli jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarning, ularni yanada ko’paytirib hamda takomillashtirib borish usullarining majmui.
BMT-dunyoda tinchlikni va xavfsizlikni ta’minlash, mil-latlar va davlatlarning o’zaro hamkorligini mustahkamlash maqsa-dida 1945 yil 24 oktyabrda tashkil qilingan.
MDH dagi demokratik jarayonlar-Mustaqil Davlatlar Ham-do’stligi isloho’llar majmui.
Liberallashtirish-erkinlashtirish.
Prinsip-rahbariy g’oya, ustuvor yo’nalish, bosh maqsad va unga erishish tamoyillari.
Sud-huquq islohoti-«Adolat-qonun ustuvorligi»da prin-sipini amalga oshirish odil tergov, odil sudlov.
Evolyutsiya-tadrij, tadrijiy rivojlanish.
Jamiyat-muayyan extiyoj va manfaatlariga ko’ra, birlashgan kishilarning ma’lum tarzda tashkil topgan majmuasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |