Ta’lim natijalari (TN)
|
|
Bilimlar jihatidan:
|
TN 1
|
Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari, manbaviy asoslari va o‘rganish metodlari bo‘yicha tasavvurga ega bo‘ladi.
|
TN 2
|
O‘zbekiston tarixining asosiy davrlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha yangi ilmiy ma’lumotlar oladi.
|
TN 3
|
Fan bo‘yicha eng so‘nggi ilmiy adabiyotlar haqida keng ma’lumotlar oladi. Tarixiy
voqealar, jamiyat va davlat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining tadrijiy taraqqiyoti bo‘yicha yangi tushunchalarga ega bo‘ladi.
|
|
Ko‘nikmalar jihatidan:
|
TN 4
|
Talaba O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha olingan ilmiy bilimlarni amalda qo‘llash usullari bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
|
TN 5
|
O‘zbekistonning eng yangi tarixi barcha bosqichlariga oid ma’lumotlarni farqlash,
davrlashtirish, ulardan ratsional ilmiy xulosalarni chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
|
TN 6
|
Tarixiy voqealarni bugungi davr nuqtai-nazaridan solishtirish, tahlil qilish orqali jamiyatdagi ijtimoiy muammolarning yechimi bo‘yicha istiqbolli xulosalar chiqarish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
|