Navoiy innovatsiyalar instituti


Download 0.95 Mb.
bet40/165
Sana06.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1330979
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   165
1997-yil 1-yanvariga kelib aksariyat korxonalar xususiylashtirildi. Agar 1993-yilda jami korxonalarning 39,4 foizdan ortig'i dav-latga tegishli bo'lmagan korxona bo'lsa, 1994-yilda bu ko'rsatkich 57,7 foizga, bugunga kelib esa 82,7 foizga yetdi.
Agar 1993-yilda xalq xo'jaligida band bo'lgan aholining 48 foi-zi nodavlat sektorida ishlagan bo'lsa, ayni paytda ularning 70 foizi mazkur sektorda faoliyat ko'rsatmoqda. Hozirgi kunda sanoat mah- suloti hajmining yarmidan ko'pi, qishloq xo'jalik mahsulotining 97 foizi, chakana tovar oborotining 94 foizi, pudrat ishlarining 61 foizi nodavlat sektori hissasiga to'g'ri keladi.
Kichik va xususiy biznes faol rivojlanmoqda. Ro'yxatdan o'tgan kichik va xususiy korxonalar soni 1999-yil 1-iyunga kelib 160,1 ming birlikka yetdi, bu esa respublika hududidagi yuridik shaxslar umumiy sonining 89 foizini tashkil qiladi. 260 mingdan ortiq respublika fuqarosi yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni-1,4 barobar, fermer xo'jaliklari soni-uchdan bir hisobida ko'paydi. Bu borada izchil siyosat olib borilishi tufayli 2007- yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni qariyb 350 ming’iaga yetdi. Bugungi kunda kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 42,1 foizni tashkil etmoqda. 2006-yilning o'zida ushbu so-hada qo'shimcha ravishda 290 ming’ia yangi ish o'rni yaratildiki, bu ko'rsatkich mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 foizdan ortig'ini tashkil etadi.
Xususiy sektor, kichik biznes iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish-ning faol harakatlantiruvchi kuchiga aylanganicha yo'q. Shuning uchun yaqin yillar ichida mulkchilik munosabatlarini yanada chu- qurlashtirish, mulkdor huquqlarini amalga oshirish va himoyalash uchun yanada kuchliroq kafolatlarni yaratish bo'yicha keng ko'lamli dasturni amalga oshirish kerak bo'ladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, bularning barchasi o'zining ijobiy na-tijasini berdi. Faqat 2006-yilning o'zida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida qo'shimcha ravishda 290 ming yangi ish o'rni yaratildi, bu esa mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 foizdan ortig'ini tashkil etadi.
Ayniqsa, 2006-yilda yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsi-yalashish negizida kasanachilik faol rivojlanib, buning natijasida 60 mingdan ziyod ish o'rni tashkil etildi.
paxta tolasini chuqur qayta ishlash bo'yicha ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag'batlantirish qishloq joylarida o'zaro hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish korxonalarning moliyaviy holatini mustahkamlash ish haqi va aholi daromadlarining o'sishi
Katta sarmoya, mablag' talab qilinmaydigan kasanachilikni yo'lga qo'yish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish korxonalarida bekor yotgan turli xil dastgoh va uskunalar qo'lidan ish keladigan odamlarga, oilalarga berildi. Natijada 60 ming odam, 60 ming oila qo'shimcha daromadga ega bo'ldi.
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy davlat, demokratik, adolatli jamiyat qurish-ga kirishdi.
Birinchi Prezident I.Karimov o'zining «O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» nomli kitobida yozganidek, «Mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratil- gan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo'lib xizmat qiladi. Xuddi shu masalani hal qilish bilan yangi jamiyat, yangi iqtisodiy munosabatlar poydevoriga birinchi g'isht qo'yildi. Ushbu masalaning davr talablariga muvofiq muvaffaqiyatli hal etilishi respublikamiz iqtisodiyotini jahondagi rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorga qo'yadigan asosiy omildir».
Tub islohotlar O'zbekistonda tabiatiga ko'ra sof siyosiy, huquqiy yoki iqtisodiy mohiyatini yo'qotmagan holda ma'naviy, ruhiy-axloqiy qadriyat darajasiga ko'tarilganligi sababli mamlakatning ham, barcha fuqarolarning ham hayotida mukammal, yetuk hodisa sifatida iz qoldirmoqda. Iqtisodiy islohotlarning ma'naviy mazmuni tobora chuqurlashmoqda.
Chunonchi: Bozor munosabatlariga o'tish-hayotiy yetuklik va sabr-matonatni sinovdan o'tkazuvchi o'ziga xos imtihondir.
Jumladan, fermer xo'jaliklari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirishga hamda ularni qayta ishlashga ixti-soslashgan qariyb 200 ta agrofirma tashkil etildi, qishloq xo'jaligi sohasida ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish, transport xizmati, mahsulotlarni qadoqlash, joy lash va eksport qilish hamda shu kabi boshqa xizmatlar ko'rsatish bo'yicha ishlab chiqarish va bozor infra- tuzilmasi shakllanmoqda.
Dehqon xo'jaliklari faoliyati tubdan o'zgarib bordi. 1998-yilda go'shtning 90 foizi, sutning 92 foizi, sabzavot va kartoshkaning 70 foizdan ortig'i, poliz ekinlari va uzumning yarmidan ko'pi, respub- likada yetishtirilayotgan mevalarning 61 foizi shaxsiy yordamchi xo'jalik deb atalmish xo'jaliklarda tayyorlandi.
Mulkdorlar sinfini shakllantirish davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish bilan bevo-sita bog'liq. Xususiylashtirish va kichik biznesni rivojlantirish ja- rayoni natijasida hozirgi paytda xususiy korxonalar respublikadagi korxonalarning umumiy sonidan 46 foizni, aksionerlik jamiyatlari va mas'uliyati cheklangan jamiyatlar-12 foizni, jamoa mulki kor-xonalari- 6 foizni, fermer xo'jaliklari-14 foizni tashkil qiladi. Ak-siyalash respublikada o'rta va yirik korxonalarni
xususiylashtirishning asosiy shaklidir. 1999-yil 1-yanvarga kelib O'zbekistonda 9400 aksionerlik jamiyatlari ro'yxatga olindi, bunda barcha aksiyalarning uchdan bir qismidan ortig'i aholiga tegishli, bu esa yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish jarayonida aholi keng qatlamlari ishtirokining muhim shaklidir.
Xususiy sektorni kengaytirish, kichik biznes, fermer xo'jaliklari va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida tub burilishga erishildi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling