Navoiy innovatsiyalar instituti


Download 0.95 Mb.
bet38/165
Sana06.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1330979
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   165
Tayanch iboralar: bozor iqtisodiyoti, mulk, xususiylashtirish, xususiy korxona, avtomobilsozlik iqtisodiy inqirozi, bank, valuta, Osiyo Taraqqiyot banki, dehqon xo'jaligi.

  1. Davlat mulkini xususiylashtirish, mulkdorlar sinfining shakllanishi.

Jahon amaliyoli shuni ko'rsatadiki, xususiylashtirish bu-iqtisodiy islohotlarning tamal toshidir. Boshqa yosh mustaqil davlatlardan farqli o'laroq O'zbekistonda o'tish davrida xususiylashtirishni vau- chersiz amalga oshirishga qaror qilindi. Xususiylashtirish jarayonini tashkil etish va unga rahbarlik qilish uchun 1992-yil fevralida Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo'mitasi ta'sis qilindi. 1994-yilda uning vazifalari o'zgartirilib, u Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo'llab-
quvvatlash Davlat Qo'mitasi deb atala boshlandi. Ushbu Davlat Qo'mitasi maqomining o'zgarishi muhim ahamiyatga ega bo'ldi, zero u xususiylashtirishning ikkita g'oyat muhim vazifasini bajarar edi.
O'zbekiston vaucher tizimidan voz kechgani uchungina emas, balki xususiylashtirishdan tushgan barcha mablag'lar tadbirkorlik-
ni qo'llab-quvvatlash uchun berilishi jihatidan ham o'ziga xos, o'z yo'liga ega bo'lgan davlat sifatida ko'zga tashlandi.
Yana shuni aytish lozimki, tadbirkorlikni rivojlantirishning hu-quqiy asosini vujudga keltirish, qonunlar majmuini yaratishni tashkil qilishni uyushtirish uchun Oliy Majlis tarkibida yangi iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qo'mitasi tuzildi.
O'zbekistonda ko'p ukladli, davlat mulkini xususiylashtirish 1990-yildayoq hukumat tavsiyasi asosida mahalliy sanoatda 3 ta xususiy korxona tashkil qilinishi bilan belgilangan edi. Samarqanddagi uy mehnatiga asoslangan xususiy fabrika hissadorlik jamiyatiga ay-landi. Sirdaryo shoyi to'qish fabrikasi va boshqa qator korxonalar ijaraga o'tib ishlay boshladi. Bu yerda to'plangan dastlabki tajribalar keyinchalik davlat mulkini xususiylashtirishda hisobga olindi, undan samarali foydalanildi.
Davlat mulkini xususiylashtirishning Birinchi Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillari eng avvalo mahalliy xususi-yatlar va talablarni hisobga olganligi, tag-zaminli va asosliligi, ayni paytda hozirgi zamon ilg'or tajribalariga mos kelishi bilan alohida ajralib turadi. Buni nimalarda ko'rish mumkin?
Birinchidan, xususiylashtirish qandaydir kishilar yoki ma'lum mafkura manfaati uchun xizmat qilmasligi lozim. Chunki xususiylashtirish eng avvalo, mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar mantig'iga mos bo'lmog'i kerak edi. O'zbekistonda davlat «bosh islohotchi» vazifasini amalga oshirar ekan, uning xusu-siylashtirishni o'zi boshqarib borishi ko'zda tutildi. Shuning uchun O'zbekistonda chek vositasi bilan xususiylashtirish g'oyasidan voz kechildi. Bu boradagi muhim xulosa shundan iborat bo'ldiki, davlat mol-mulki faqat yangi mulkdorga sotish yo'li bilangina mulkchilik-ning boshqa shakliga aylantirila boshlandi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling