Navoiy innovatsiyalar instituti


Download 0.95 Mb.
bet64/165
Sana06.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1330979
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   165
Beshinchidan, viloyatlardagi universitetlar vositasida dunyo-ning eng ilg'or, mashhur o'quv yurtlari bilan hamkorlik qilish im-koniyatlari paydo bo'ldi. Bu esa o'z navbatida dunyo tajribasini ha- yotga tezroq olib kirish, fan va texnikani yangi o'zanga burish, shu asosda mamlakat taraqqiyotini jadallashtirish imkonini berdi.
Mamlakat shaharlarida oliy universal ta'limni joriy etishda ri-vojlangan davlatlar tajribasiga suyanib ish tutildi. Jumladan, Ame-rika Qo'shma Shtatlarining Kembrij shahridagi Garvard, Stenford, Priston, Buyuk Britaniyaning Oksford, Lid, Fransiyaning Strasburg, Lion, Dijon, Grenobl shaharlari nomi bilan ataluvchi universitetlari bu mamlakatlarning poytaxtlarida emas, turli viloyatlarida joylashgan bo'lishiga qaramasdan, o'zining yuksak malakali kadrlar tayyorlash va ilmiy salohiyatlari bilan jahonda nom qozongan.
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng yoshlarga hozirgi zamon eng ilg'or bilimlarini berish, ularni davr talabiga mos muta-xassis qilib tarbiyalashda izchil ishlar olib borila boshlandi. Mustaqillik yillarida iqtidorli talabalarni xorijda o'qitish ishlari yo'lga qo'yildi. Respublikaning xalqaro aloqalari kengayishi natijasida o'quvchilarga hukumatlararo bitimlar bo'yicha xorijiy mamlakatlar-ning nufuzli oliy o'quv yurtlarida bilim olish imkoniyati yaratildi.
Har yili respublikada umumiy ta'lim maktablarining test si-novlaridan o'tgan 50 dan ziyod o'quvchisi AKSYLS yo'li bilan AQSHga o'qishga yuboriladigan bo'ldi.
Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda talabalarning xorijda o'tadigan stajirovkalariga va qo'shma korxonalar, firmalar, au-ditorlik kompaniyalarida ishlab chiqarish praktikasidan o'tishlariga katta ahamiyat berilmoqda. Shu kunlarda mamlakatimizdan 700 nafar talaba xorijiy mamlakat o'quv yurtlarida iqtisodiy ixtisoslar bo'yicha o'qishmoqda. Bir necha ming talaba 3 oydan bir yilgacha xorijiy o'quv yurtlarida ta'lim olmoqda.
Mustaqillik yillarida bozor iqtisodiyotiga o'tish mulkchilikning xususiy shakllari ishlab chiqarishini kengaytirish sharoitida o'rta hunar ta'limini yanada takomillashtirishni ham talab qila boshladi. Bu muammo, ayniqsa, qishloq joylarida muhim ahamiyat kasb et-moqda. Qishloqda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko'maklashish, qishloq yoshlarini faol tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish uchun 1995-yildan boshlab qishloq yerlarida joylashgan hunar-texnika bilim yurtlari va o'rta maxsus o'quv yurtlari faoliyatini tub-dan qayta isloh qilish amalga oshirildi.
Har bir viloyat va tumanlarda tadbirkorlik o'quv yurtlari, kasb lit-seylari, biznes maktablar kichik va o'rta biznes, fermerlik xo'jaliklari, aholiga xizmat ko'rsatish sohalari uchun kollejlar ochildi.
Shu kunlarda 160 ta ana shunday hunar litseylari biznes-maktablari va 41 ta kollej faoliyat ko'rsatmoqda. Ularda 112,3 ming yigit-qiz o'qimoqda. Umuman mamlakatda xalq xo'jaligi talablari uchun 466 hunar-texnika bilim yurti kadr tayyorlab bera boshladi.
Yana shuni aytish lozimki istiqlol yillarida O'zbekistonda umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirishga ham katta e'tibor berildi.
Umumiy ta'lim uzluksiz davlat ta'limi tizimida asosiy bo'g'in bo'lib, ta'lim oluvchilarning ilmiy bilimlar olishini, mehnat ta'limi, boshlang'ich kasb-kor ko'nikmalari, ishbilarmonlik asoslarini egal- lashlarini, shuningdek, o'z ijodiy qobiliyatlari va ma'naviy fazilatla-rini rivojlantirishlarini ta'minlaydi.
Umumiy ta'lim «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunning 9-bandiga muvofiq uch bosqichdan iborat:

  • boshlang'ich ta'lim (I-IY sinflar);

  • tayanch ta'lim (V-IX sinflar);

  • o'rta ta'lim (X-XI-XII sinflar).

Ta'lim haqidagi davlat siyosatining asosiy mohiyati tayanch ta'limining (to'qqiz yillik) majburiyligidir.
Oliy Majlisning 1997-yil 29-avgust kuni bo'lib o'tgan IX sessiyasida O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Unga binoan ta'limning yangi tizimi joriy etildi. Jumladan, uning 10-moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshi-riladi:

  • maktabgacha ta'lim;

  • umumiy o'rta ta'lim;

  • o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi;

  • oliy ta'lim;

  • oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim;

  • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

  • maktabdan tashqari ta'lim.

Shuningdek, mazkur qonunning 12-moddasida umumiy o'rta ta'limning quyidagi bosqichlari ko'rsatilgan:

  • boshlang'ich ta'lim (I-IV sinflar);

  • umumiy o'rta ta'lim (I-IX sinflar).

Xuddi shu sessiyada Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ham qabul qilindi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling