Navoiy innovatsiyalar instituti


-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018


Download 0.95 Mb.
bet73/165
Sana06.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1330979
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   165
476-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil,
4, 224-modda) 26-moddasi.

  1. modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini

ta’minlash
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar va tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o’rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

  1. modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo’lgan o’z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta
ko’rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

  1. modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti SH. MIRZIYOEV Toshkent sh.,
2020 yil 23 sentyabr,
O’RQ-637-son


Mavzu 11. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi. 2soat.
Reja:

  1. O’zbekiston mustaqilligi yillarida Qoraqalpog’iston davlatchiligi taraqqiyoli

  2. Mustaqil Qoraqalpog’iston davlatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti.

  3. Xalq ta’limi fan va madaniyat.



Tayanch iboralar: Amudaryo viloyati, Orol fojeasi, Jo'qarg'i Kenges, suveren Qoraqalpog'iston, Konstitutsiya, Davlat tamg'asi.

  1. O’zbekiston mustaqilligi yillarida Qoraqalpog’iston davlatchiligi taraqqiyoli

  1. asrning boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o'zgarishlar yuz berdi. 1924-yili Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xo'jayli hamda Qo'ng'irot tumanlari hududida Qozog'iston ASSR tarkibida Qoraqalpog'iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930-yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932-yilda Qoraqalpog'iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi.

Qoraqalpoqlar tarixida 1936-yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoladi. Chunki, shu yili ular o'z taqdirlarini O'zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi va o'z tanlagan yo'lining istiqbolli ekanligini ko'rsata oldi.
SSSR tarqalib ketganidan so'ng mustaqil O'zbekiston tarkibi-dagi suveren Qoraqalpog'iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabi-iy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan o'zbek xalqi o'rtasida do'stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orolbo'yi kengliklarida qadimiy o'zbek va qoraqalpoq ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. O'zlarining mushtarak taraqqiyot yo'llarini bosib o'tishdi.
i Qadimiy turkiy qavmning ikki shajarasi yillar mobaynida haqi-qiy og'a-inichilik fazilatlarini ko'rsatdilar, o'zaro munosabatlarni chuqurlashtirdilar. Bu ikki qavm ma'naviy-ruhiy yaqinligini belgi- laydigan asosiy omil va madaniyatlar mushtarakligi, ularning o'zaro yaqinligi edi. Darhaqiqat, tillar yaqinligi dillar yaqinligiga olib kel-di. Madaniyatlar bir-birini boyitdi. Qadimiy madaniyat namunalari, umummilliy qadriyatlar, jondosh-u qondosh bo'lgan har ikki mil-lat uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan an'analar shakllandi. Shu asosda iqtisodiy hamkorlik, yagona iqtisodiy makon vujudga keldi.
O'zbekiston tarkibida o'tgan 60 yillik tarix qoraqalpoq xalqi uchun jiddiy o'zgarishlar davri bo'ldi. Madaniy va ma'naviy ravnaq, san'at va adabiyotdagi yuksalish, qishloq xo'jaligi va sanoat ish-lab chiqarishidagi katta yutuqlar bevosita qardosh o'zbek xalqining beg'araz yordami, og'alarcha ko'magi bilan dunyoga keldi.
Qardoshlik va yaqin qo'shnichilik singari yuksak insoniy fa-zilatlar asrlar sinovidan o'tib, og'ir kunlarda eng ishonchli qurol bo'lib xizmat qildi. Natijada, Sovet hokimiyati yillaridagi ma'muriy- buyruqbozlik usuli, soxta va asossiz milliy siyosat, «ulug' og'a»larga xos soxta va yuzaki
«millatparvarlib» bu makon xalqlarining muno-sabatlariga rahna sololmadi.
Qoraqalpoq va o'zbek xalqi bir necha o'n yilliklar mobaynida to'planib qolgan muammolarni hal etishda, ijtimoiy-iqtisodiy mu-nosabatlarni yanada chuqurlashtirishda o'z an'analaridan unum-li foydalanish yo'lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqboli bir ekanligini, ularni mushtarak orzular, yagona intilish birlashtirib tur-ganligini ochiq-oydin ko'rsatdilar. Tarixan turli davrlarda turli siyo-siy o'zgarishlar va qiyinchiliklarda toblangan do'stlik va.qardoshlik munosabatlari bunga asos bo'ldi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, sobiq SSSR davrida milliy masaladagi yuzaki yondashuvlar, balandparvoz shiorlar, asossiz chaqiriqlar faqat «ulug' og'a»lar manfaatiga xizmat qilardi, xolos. Bu shiorlar milliy ravnaq, kichik xalqlarning milliy taraqqiyoti, itti-foqdosh respublikalar xalqlarining milliy ehtiyojlarini qondirishdan uzoq edi. Totalitar davlatchilik paytida birinchi rahbar biron marta ham Qoraqalpog'istondan bo'lmagan, uning xalqi hayoli bilan tanishmagan, unga yaqindan yordam bermagan edi.
Qoraqalpog'iston jamoatchiligining O'zbekiston tarkibida dav-lat mustaqilligi va respublika maqomining huquqiy asosiga ega bo'lishga intilishi Prezident Islom Karimov tomonidan qo'llab- quvvatlandi. Natijada 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy Kengashi o'zining IV sessiyasida «O`zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat suve-reniteti to'g'risidagi» Deklaratsiyani qabul qildi. Mazkur Deklara-tsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan
«O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi Qonunda o'zining huquqiy maqomiga ega bo'ldi. Unda Qoraqalpog'istonning hududiy yaxlit-ligi va mustaqilligi to'la e'tirof etildi. Qonunda Qoraqalpog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik, ikkito-monlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida mustahkamlanishi ko'rsatib berildi. Har ikki respublika o'rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsi-yasida (70-75-moddalar) o'z aksini topdi. Natijada ikkitomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o'z taqdirini o'zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat'iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo'ldi.
Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek (70-modda) Qoraqalpog'iston Respublikasi O'zbekiston Respublikasi tomonidan himoya qilinadi.
Konstitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog'iston Respublikasi fuqarosi ayni paytda O'zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga O'zbekiston xalqlarining barcha huquqlardan foydalanish imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi.
Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o'z taraqqiyoli tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo'ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha atributlari-ga ega. Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy Majlisining 1992-yil 14-dekabrda bo'lib o'tgan XI sessiyasida Qoraqalpog'iston Davlat bayrog'i, 1993-yil 9-aprelda bo'lib o'tgan XII sessiyasida Davlat tamg'asi, 1993-yil 4-dekabrda bo'lib o'tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994-yil 25-dekabrda Oliy Kengashning
86 deputatdan ibo-rat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Ayni paytda parla-ment Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qarg'i Kengesi deb ataladi. Jo'qarg'i Kengesning 1995 yil 11 yanvarda, Nukus shahrida bo'lib o'tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo'qarg'i Kenges Ra-isi, uning o'rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8-qo'mita raislari va uning a'zolarini sayladi. Ayni paytda deputatlar qo'mitalar raislari rahbarligida respublika qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar.
Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yishdagi rasmiyatchilik va to'rachilik illatlariga barham berish alohida ta'kidlandi. Jo'qarg'i Kenges amalda tarixga aylanib qolgan va o'tmish sarqiti hisoblan-gan sho'rolar davridagi «O1iy Sovet Prezidiumi» rolini bajarayotgani ko'rsatib o'tildi.
Jo'qarg'i Kenges qo'mitalari faoliyati o'z maqomiga va o'z ol-diga qo'ygan vazifalarga mos kelmaydi. Jumladan, ular muhokama qilayotgan masalalarning aksariyati ishlab chiqarishga doir muam- molardir. Aksincha, qonunchilik bilan shug'ullanish, har bir qo'mita o'z sohasi bo'yicha qonunlar tizimini yaratish lozim.
Qonunchilik hokimiyati-Jo'qarg'i Kenges o'z vazifasi, Ijro hokimiyati-Ministrlar kengashi va sud hokimiyatlari o'z maqomi doirasida ish olib bormog'i lozim. Ana shunda haqiqiy demokratik jamiyat shakllanadi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling