Navoiy innovatsiyalar instituti


Download 0.95 Mb.
bet76/165
Sana06.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1330979
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   165
1991-1996-yillarda fan sohasida ham sezilarli o'zgarishlar bo'ldi. 1992-yilda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiya-sining Qoraqalpoq filialiga Qoraqalpoq bo'limi maqomi berildi. Uning tarkibida ilgari 3 ta institut mavjud bo'lgan bo'lsa, yana ik-kita institut qo'shildi. Tarix, arxeologiya va etnografiya hamda bio-ekologiya institutlari ham shu bo'lim tarkibiga kirdi. Botanika bog'i bo'linmasiga esa bo'lim maqomi berildi. 1994-yilda esa Fanlar Aka-demiyasi tarkibiga O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligiga qarashli tajriba instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi.
Fanlar Akademiyasida tashkil etilgan bunday tadbirlar olimlar-ga tabiiy va ijtimoiy fanlarni yanada rivojlantirish, xalq xo'jaligi va madaniyatni yuksaltirishda muayyan muvaffaqiyatlarni qo'lga kiri-tishga yordam berdi. Qoraqalpoq fanida erishilgan yutuqlar hamda to'rt jildlik «Qoraqalpoq tilining izohli lug'ati»ni yaratishdagi xiz-matlari uchun fanlar akademiyasi bo'limining 4 nafar ilmiy xodimla-ri (M.Qalandarov, R.Yesemuratova, A.To'raboyev, D.Qozoqboyev) 1996-yilda O'zbekiston Respublikasining Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.
1992-yilda O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasining Qoraqalpoq bo'limi tashkil etildi. Uning tarkibiga Sh.Musayev nomidagi Chimboy yer ishlari instituti hamda sholichi-lik va chorvachilik institutlarining filiallari kiritildi.
Nukusda SANIIRIning bo'limi faoliyat ko'rsatmoqda. Respublika oliy o'quv yurtlarida ham ilmiy- tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Keyingi yillarda Toshkent olimlari ko'magida katta miqdor-dagi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlandi. Respublikadagi 60 nafar fan doktorlari va 600 nafar fan nomzodlaridan deyarli 30 foizi O'zbekiston Mustaqilligi yillarida ilmiy daraja oldilar. Ilgari fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligiga saylangan Ch.A. Abdi-rov, S.K. Kamolov, A.B. Baxiyevlar qatoriga 1994-2000-yillarda T. Yeshanov,

  1. Dauletov, U.Hamidov va J. Bozorboyev ham qabul qilindilar. 1997-yilda esa ikki nafar rassom (J. Izentayev va J. Qutti-muratov) O'zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining akade-mikligiga saylandilar.

Respublikada yuqori malakali kadrlar o'sishida ayniqsa, ijtimoiy fanlar sohasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komis-siyasi tomonidan tarix va arxeologiya, etnografiya, til va adabiyot bo'yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarining himoya qi-luvchi ixtisoslashgan Kengashlarning tashkil etilayotganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Respublika olimlari keyingi yillarda chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq bo'limi bioekologiya instituti xodimlari Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993-yildan beri Orolbo'yi ekologiyasi muammolari bo'yicha tadqiqotlar olib borishmoqda. Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari hamda fransuz arxeologlari bilan birgalikda ish olib bormoqdalar. 1995-yilda Mo'ynoqda Germaniya Federativ Respublikasi yordamida bioekologiya institutining xalqaro ekologiya stan-siyasi ochildi.
Mustaqil O'zbekiston va Qoraqalpog'istonning dolzarb masa-lalari respublika shoir va yozuvchilari ijodida katta o'rin egallay-di. O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq yozuvchisi To'lepbergan Qa-ipbergenovlar qatoriga yangi nomlar kelib qo'shildi. Saginbay Ibro-himov, Kenesboy Rahmonov kabi shoirlar, Guloysha Yesemuratova, O'zarboy Abdurahmonov, Muratboy Nizanovlar ana shular jumlasidandir.
Xalq ta'limi, fan, madaniyat ravnaqini ta'minlash Qoraqalpog'iston Respublikasi va uning xalqi uchun muhim vazifalar-dan hisoblanadi. 2007-yildagi ma'lumotlarga ko'ra, o'lkada 761 ta umumta'lim maktablari faoliyat ko'rsatmoqda. Eng zamonaviy o'quv qurollari bilan jihozlangan 76 ta kasb-hunar kollejlari, 7 ta akademik litsey yosh avlodga zamonaviy bilim berish bilan shug'ullanmoqda.
San'at va madaniyatning boshqa sohalari rivojiga katta e'tibor bilan qaralmoqda. Ayni paytda Respublikada 3 ta teatr, 4 ta konsert muassasalari, 3 ta muzey faoliyat ko'rsatmoqda. Muzeylar ekspo- natlari yangidan yangi asarlar va jihozlar bilan boyib bormoqda.
Ular soni 2002-yilda 78 ming’ia bo'lgan bo'lsa, 2006-yilga kelib 82 ming 600 tadan oshdi. Badiiy adabiyot milliy madaniyatining mu-him bo'g'ini sifatida rivojlanmoqda.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling