Navoiy innovatsiyalar instituti


Download 0.95 Mb.
bet117/165
Sana06.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1330979
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   165
10-11-sinf o’quvchilariga haftasiga bir kun 6 soatdan 2 yil davomida kasbiy ta’lim o’qitiladi. Bitiruvchilarga o’rta ma’lumot to’g’risida attestat bilan birga kasb malakasi bo’yicha davlat namunasidagi diplom beriladi. SHu bilan birga, o’quvchilarda kasblarga bo’lgan qiziqishni oshirish, kasblar to’g’risidagi ma’lumotlarni uzluksiz yetkazish maqsadida ular umumta’lim maktablarining 1- sinfidan boshlab kasbga yo’naltirilib boriladi. 8-9-sinflarda esa kasbga yo’naltirish alohida fan sifatida o’qitiladi.
Ilgari 9-sinfni tamomlayotgan o’quvchilarda qaysi kollejda o’qishni davom ettirish borasidagi savol ko’ndalang turardi. Ba’zilari majburlikdan u, yoki bu kollejlarga “adashib” borib qolardi. Oxir oqibat ularning bilim olishida, ham tarbiyasida salbiy holatlar paydo bo’la boshlardi. Bu esa, o’z navbatida, voyaga yetmaganlar orasida turli huquqbuzarliklar, jinoyatlar ortishiga sabab bo’ldi.
Pedagog sifatida shuni ishonch bilan aytamanki, o’quvchilar 11 yillik ta’lim sistemasida chuqur bilim oladi, bu ertamiz egalarining bilimli, kasb-hunarli bo’lib ulg’ayishi, ma’naviyati, odob-axloqi, bo’sh vaqti ustidan mahalla-ko’y va jamoatchilik nazoratining o’rnatilishiga keng imkoniyat yaratdi.
YAngi bosqichning yangi imkoniyatlari
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrda Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni qabul qilingani ta’lim tizimidagi islohotlarning mantiqiy davomi bo’ldi. Ushbu hujjatda nazarda tutilgan maqsadlar barchamizni quvontirdi, desam mubolag’a bo’lmaydi.
Farmonga muvofiq, 2020/2021 o’quv yilidan boshlab O’zbekistonda Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg’unlashgan yangi boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tashkil etilib, mazkur dasturlar asosida tegishli kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari ro’yxatlari tasdiqlandi.
Bundan tashqari, Farmonga ko’ra, jami 388 ta kasb-hunar kollejlari binolari tegishli ro’yxatga
asosan maktab sifatida foydalanilishi belgilandi.
Boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim tizimida tegishli ta’lim dasturlari joriy etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat professional ta’lim muassasalari tarmog’i tashkil etiladi.
Bunda:


  1. Download 0.95 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling