Navoiy innovatsiyalar instituti
O’zbekiston mustaqil davlat, deb eTon qilingan kunning o‘zi-dayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. O’z
Download 0.95 Mb.
|
O’zbekiston mustaqil davlat, deb eTon qilingan kunning o‘zi-dayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konsti-tutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog‘ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkor-likda Davlat bayrog‘i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi.
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, o‘zining xalq-aro talablar va me’yorlar doirasida qiyofasini ko‘rsatmog‘i, buning uchun esa o‘zining butun imkoniyatlarini, o‘ziga xos jihatlarini ifo- dalovchi davlat ramzlariga ega bo‘lmog‘i lozim edi. Odatda ramzlar shunchaki ranglar yig‘indisidan iborat bo‘lgan shakllar emas, ular ayni ana shu davlatning va shu mamlakat fuqarolarining o‘zligidan kelib chiqmog‘i, qolaversa, davlat siyosatining mazmun-mohiyatini o‘zida mujassam etmog‘i kerak. O’zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq ana shu muhim siyosiy hodisaga alohida e’tibor bilan qaradi. Chunki juda qisqa fiirsatda o‘z mustaqilligini qonun biian mustahkamlab, uning jahon hamjamiyatida tan olinishini, shunday mamlakat borligi e’tirof etilishining muhim yo‘llaridan biri sifatida qaradi. Bir qator yosh mustaqil mamlakatlarda turli siyosiy qarashlar jazavaga kelib, fikrlar chuvalashib, «kalavaning uchi topilmay qolgan» bir paytda O‘zbekiston o‘zining har bir kuniga va olis istiqboliga qafiy ishonch bilan qaradi. Shuning uchun ham u, eng awalo, davlat ramzlarini qabui qilib, dunyoga ko‘z-ko‘z etib, uni tan oldirish yo‘lidan bordi. O’zbekiston Respublikasi Qliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrida bo‘lib o‘tgan VIII sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining davlat bavrog‘i to‘g‘risida» qonunni qabul qildi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasining davlat bavrog‘1 mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘igan g‘oyat qudratli saltanatlar an'analariga mos keladigan, ulaming tug‘lari ifo-da etgan g'oyalami davom ettiradigan, ulug‘ ajdodlarimizning aqida va maslaklariga va qarashlariga mos keladigan holda miliat tabiati va xalqimiz rahiyatidan kelib chiqib, uning milliy va ma’naviy jihatlarini ham o‘zida aks ettirmog‘i kerak edi. Bavroqdagi havorang zangori osmon va musaffo suv ramzi. Mo-viy rang-lojuvard-sharqda azaldan qadrlangan. Amur Temur ham o‘z bayrog‘iga shu rangni tanlagan. Qq rang-tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat yoTining oq va beg‘ubor bo’lishi uchun yaxshi niyat ifodasi. Qizil chiziqlar-bu har bir tirik jonning qon tomiri, unda jo‘sh urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzi. Yashil rang-O‘zbekistonning saxovatli va tabarruk tuprog’i, go‘zal tabiati timsoli. Yarim oy-o‘zbek xalqining ko‘p asrlik an’analariga mos kela-di. Yarim oy va yulduzlar musaffo osmon va tinchlikning ifodasidir. 12 ta yulduz tasviri-qadimdan mukammallik, barkamollik timsoli. Xullas, mamlakatimiz davlat bayrog’i yurtimizning o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzi bo’lib qoldi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling