Navoiy innovatsiyalar instituti


-yil bahorida loyihaning 149


Download 0.95 Mb.
bet33/165
Sana06.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1330979
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   165
1992-yil bahorida loyihaning 149-moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi. Mamlakat Prezidenti ishtirokida Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda Kons- titutsiya loyihasi ustida olib borilgan ishlar to'g'risidagi axborot tinglandi. Ta'kidlanishicha, ishchi guruh O'zbekiston xalq deputatlari, mehnat jamoalari rahbarlari, olimlar va mutaxassislar bilan ham-korlikda loyihaning beshinchi ko'rinishini tayyorladi. Unda o'zbek xalqining tarixiy, milliy va ma'naviy xususiyatlarini imkon qadar to'laroq aks ettirishga harakat qilindi. Majlisda Konstitutsiya loyihasini uzil-kesil ishlab chiqish uchun 25 kishidan iborat ishchi guruh (komissiya) tuzishga qaror qilindi va uning zimmasiga quyidagi va-zifalar yuklandi:
huquqiy demokratik davlat barpo etish tajribasini har tomonlama umumlashtirish va uni Konstitutsiya loyihasida hisobga olish;
O'zbekistonning demografik va ijtimoiy-siyosiy turmush tarzi, uning taraqqiyoli tajribasini hamda deputatlarning, turli ijtimoiy gu-ruhlarning milliy-madaniy markazlarning mulohazalari va takliflari-ni umumlashtirish;
Konstitutsiyaviy komissiya a'zolaridan tushgan takliflarni ko'rib chiqish va loyihaga tegishli o'zgarishlar kiritish.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi puxta ish-lovlardan so'ng Konstitutsiyaviy komissiya qarori bilan 1992-yil 26-sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e'lon qilindi.
Shunday qilib, Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi O'zbekiston xalqining irodasini bevosita aniqlash, shuningdek, muhokama davomida to'plangan boy materialni har tomonlama va chuqur o'rganib, umumlashtirib, uni yaxlit davlat irodasi tarzida Asosiy Qonunda ifodalash imkonini berdi. Konstitutsiya xalqimizning siyosiy donoligi va tafakkuri mahsuli bo'ldi.
1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi bo'ldi. Unda «O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish haqida»gi masala ko'rildi. Bu xusus-da Konstitutsiya komissiyasi Raisi, Birinchi Prezident I.Karimov ma'ruza qildi. Ushbu ma'ruzada sessiya muhokamasiga havola qilingan O'zbekistonning asosiy Qonuni respublikada avvalgi yillarda qabul qilgan qonunlardan farqli o'laroq, demokratik yo'l bilan tayyorlan-gan bo'lib, unda yillar davomida sinovdan o'tgan umuminsoniy qad-riyatlar o'z aksini topganligi, u ko'plab taraqqiy etgan mamlakatlarning tajribalarini o'ziga singdirganligi alohida uqtirildi. Shuning uchun ham mazkur Konstitutsiya har qanday yetakchi mamlakatning Konstitutsiyasi bilan bahslasha olishi mumkin»,-deb ta'kidlandi.
Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o'zgarish, qo'shimcha va aniqliklar kiritdilar. Jumladan, Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo'jalik sudlarining vakolat muddati o'n yildan besh yilgacha tushi-rildi. Oliy Kengash 84-moddani quyidagi yangi qism bilan to'ldirdi: «01iy Majlis Raisi va uning o'rinbosarlari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili hisobot berib turadilar». 78-moddaning 8-bandiga esa yangi jumla qo'shildi: «Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasining budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni joriy qilish» va hokazo.
Davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolat va vazifalarini, avvalambor iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etish, budjet tashkilotlarini, kommunal xo'jalik va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish, odamlarai ish bilan ta'minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakolatlarini mahalliy hokimiyat, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, mahallalarga bosqichma-bosqich o'tkazish jarayoni amalga oshirilmoqda.

Mustaqillikning o‘tgan davri shuni ko‘rsatdiki, Konstitutsiya mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy sohalarda amalga oshirilgan ishlaming huquqiy asosi sifatida o‘zini namoyon qildi. Xal-qimiz shu bois ham uni muhim hayotiy qo‘llanma deb hisoblaydi. O’zbekistonda istiqomat qilayotgan millati, dini va tilidan qat’i na-zar barcha fuqaro uchun mustahkam qalqon bo‘lib xizmat qilmoqda.


Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni, uning mohiyatini chuqurroq o‘zlashtirishni hayot taqozo qila boshladi.
Shu nuqtayi nazardan Prezident 2001-yil 4-yanvarda «O’z-bekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida» farmoyish chiqardi. Ushbu farmoyishga asosan, Kons-titutsiyaning jamiyatdagi o‘mi va ahamiyatini, mazmuni va mohi-yatini o‘rganish, yosh avlodning huquqiy ongini yuksaltirish, talaba va o‘quvchi yoshlarda mustahkam bilimlami shakllantirish talablari qo‘yildi.
Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida, maktabgacha ta’lim muassasalaridan to oliy ta'limning yuqori bosqichi-magistratura-gacha, yoshlaming huquqiy bilimlarini oshirishning yaxlit va izchil tizimi vujudga keldi. Ushbu tizimga fan sohasidagi doktoranturaga-cha bo‘lgan bosqich ham kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi mamlakat Prezi-denti bir paytning o‘zida ijro etuvchi hokimiyat rahbari ham eka-nini belgilaydigan normalaming o‘zgartirilishi muhim siyosiy- huquqiy qadam bo‘ldi. Bugungi kunda Konstitutsiyaga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat rahbari bo‘lib, davlat ho-kimiyati organlarining o‘zaro uyg‘un va hamjihat faoliyat yuritishini ta’minlaydi.
«Davlat boshqamvini yangilash va yanada demokratlashtirish, mamlakatni modemizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchay-tirish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi, hech shubhasiz, demokratik isloho’llami chuqurlashtirish borasida asosiy va hal etuvchi rol o‘ynadi.
Hozirgi sharoitda siyosiy partiyalar fuqarolaming siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, aholining ayniqsa saylov jarayonlari-da xohish-irodasi va fikmi ifodalash, markazda va joylarda davlat hokimiyati organlarini shakllantirishning muhim ta’sir o‘tkazuvchi vositasiga aylanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifa-ni hal etish maqsadida parlamentdagi ko‘pchilik ovoz bilan siyosiy partiyalar
fraksiyalari rahbarlarini Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari etib saylash bo‘yicha tashkiliy- huquqiy choralar ko‘rildi.
Qabul qilingan ushbu huquqiy mexanizmlar siyosiy partiyalarning mamlakat parlamenti faoliyatini tashkil etishda, shuningdek, vakillik va ijro hokimiyati organlarini shakllantirish, ulaming faoli-yatini nazorat qilishdagi roli va ahamiyatini tubdan kuchaytirdi.
Xususan, Bosh vazir lavozimiga nomzod bo‘yicha siyosiy par-tiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashish tartibi, uning parlament to-monidan tasdiqlanishining qat'iy belgilangan tartib va mexanizmining joriy etilgani davlat qurilishi sohasida demokratik isloho’llami chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq siyosiy partiyalaming Qo-nunchilik palatasidagi fraksiyalariga Bosh vazimi iste'foga chiqarish, mahalliy kengashlardagi partiya gumhlariga esa viloyat ho-kimlarini iste’foga chiqarish to‘g‘risida tashabbus bilan chiqish huquqining berilishi ham mutlaqo muhim ahamiyat kasb etadi. Bu-laming barchasi siyosiy partiyalaming mamlakat hayotidagi o‘mi va ta'siri ortib borayotganidan dalolat beradi.
Davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolat va vazifalarini, awalambor iqtisodiy va ijtimoiy masalalami hal etish, budjet tashkilotllarini, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish, odamlami ish bilan ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatlarini mahalliy hoki-miyat, fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallalarga bosqichma-bosqich o ‘tkazish j arayoni amalga oshirilmoqda.



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling