Navoiy innovatsiyalar instituti
Download 0.95 Mb.
|
1996-yilning 21-mayida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2000-yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasi qishloq infrastrukturasini rivojlantirish Dasturi» to'g'risida qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda qishloqning iqtisodiy va mehnat imkoniyatlaridan yanada to'liq va samarali foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish, qishloq aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi «O`zistiqbolstat» Davlat Qo'mitasi, O'zbekiston Moliya vazirligi, Sog'liqni saqlash va Xalq ta'limi vazirligiga 2000-yilgacha qishloq infrastrukturasini rivojlantirishga doir ishlarni amalga oshirishni topshirdi. Shuningdek, ushbu qarorda hukumat komissiyasi tuzilib, har 3 oyda bir marta ushbu qaror bajarilishini nazorat qilish ham ko'zda tutildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasida va Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent, Farg'ona viloyatlarida bironta ham maktab binolari foydalanishga topshirilmadi. Shu munosabat bilan, komissiya Qishloq xo'jalik vazirligi, uning joylardagi viloyat agrosanoat bir-lashmalari, qator viloyat hokimiyatlari, xalq ta'limi boshqarmalari e'tiborini qishloq joylarida maktab qurilishiga, ularni tezroq foydalanishga topshirishga qaratdi. Buni Xorazm viloyati misolida ham yaqqol ko'rish mumkin. Viloyatda bu sohada mustaqillikning 5 yili davomida 80-yillarga qaraganda birmuncha o'sish sezildi. Jumladan, 1992-1995-yillarda 824 kilometr tabiiy gaz quvurlari yotqizilib, 40 ming 700 xona-donga «zangori olov» o'tkazildi. Vaholanki, 1990-yilgacha gaz-lashtirilgan xonadonlar 49 mingni tashkil etgan, ichimlik suvi bilan ta'minlashning ahvoli ancha og'ir edi. Binobarin, mavjud ichimlik suvi quvurlari 1990-yilgacha atigi 1000 kilometrni tashkil etgan. Keyingi 5 yilda 127 kilometr katta diametrli suv haydagich, 902 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari qurilib foydalanishga topshirildi. Aholining tabiiy gaz bilan ta'minlanishi 86,7 foizga, ichimlik suvi bilan ta'minlanishi esa 54,8 foizga yetkazildi. Orol mintaqasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash muhim ijtimoiy-iqtisodiy tadbir bo'lib insonparvarlik xususiyatiga ega edi. Bu g'oyat muhim sohada Namangan viloyatida ham ibratli ishlar amalga oshirildi. 1990-yilgacha bo'lgan davrda viloyat bo'yicha jami 1480 kilometr gaz tarmoqlari tortilgan bo'lsa, 1991-1995-yillar davomida 2025 kilometr gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi. Sobiq Ittifoq davrida hammasi bo'lib 1423,9 kilometr suv uzatish tarmoqlari yotqizilgan bo'lsa, 1991-1995-yillarda 1039 kilometr shunday tarmoqlar ishga tushirildi. 1990-yilgacha hammasi bo'lib 95,8 ming xonadon gazlashtirilgan bo'lsa, istiqlol yillarining o'zidayoq 83,3 ming xonadonni gazlashtirishga erishildi. Birgina 1996-yilning o'zida viloyatning eng chekka qishloqlari Chodak va Nanayga gaz yetkazib berildi. Qishloqda islohotlar amalga oshirilishi jarayonida mehnatga yaroqli aholini mehnat bilan band qilish masalasiga ham katta e'tibor berildi. Shuni ta'kidlash o'rinliki, Birinchi Prezident I.Karimov va respublika hukumati O'zbekistonda qishloqni har tomonlama rivojlantirishga, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida islohotlarni chuqurlashtirish, bu sohaning moddiy bazasi va moliyaviy ahvolini mustahkamlashga, agrar siyosatning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga muntazam, doimiy e'tibor bermoqdalar. Xullas, yuqoridagilarni umumlashtirib aytish mumkinki, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda bugun O'zbekiston erishgan yutuqlar ko'p jihatdan respublika hukumatining izchil, sobitqadam siyosati bilan bevosita bog'liqdir. Avval boshdanoq islohotlarning har bir qadami puxta o'ylangan, avvalgi mafkura zo'ravonligi o'rnini qonun ustuvorligi egalladi. Xususiy iqtisodiyotga rivojlanish uchun davlat sektori bilan teng sha- roitlar yaratildi. Ijtimoiy siyosat esa, aholi turmush darajasini asta-sekin yaxshilashga qaratildi. O'zbekistonda milliy iqtisodning eng muhim va ustuvor tarmoqlaridan biri qishloq xo'jaligi bo'lib, uning taraqqiyoli boshqa sohalar rivoji uchun poydevor vazifasini o'tamoqda. Chunki valuta tu- shumining 60 foizi, yalpi mahsulot muomalasining 70 foizi qishloq xo'jaligi sohasiga to'g'ri keladi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling