Navoiy innovatsiyalar instituti


Download 0.95 Mb.
bet90/165
Sana06.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1330979
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   165
1999-yil 15-mart kuni Turkiya Prezidenti Sulaymon Demirel Toshkentga keldi. Shu kuni Prezidentlar o‘zaro munosabatlaming bugungi ahvoliga doir qator masalalami ko‘rib chiqdilar. Tomonlar-ni qiziqtirgan xalqaro ahamiyatga molik muammolar xususida ham o‘zaro fikr almashildi. Prezidentlaming yakkama-yakka suhbatida terrorchilik, uyushgan jinoyatchilik, qurol-yaroq va narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi kurashda hamkorlikni yanada chuqurlash-tirishga kelishib olindi.
Shundan so‘ng Prezidentlar ishtirokida ikki mamlakat delegat-siyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi. Unda siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalar bo‘yicha ikki tomonlama alo-qalami rivojlantirish bilan bog’iiq masalalar muhokama qilindi. Birinchi Prezident I.Karimov O’zbekiston-Turkiya munosabatlariga to‘xtalar ekan, bu borada O’zbekiston ustuvor, deb qaraydigan sohalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1992-yilda 75 million AQSH dollarini tashkil etgan edi. 0‘tgan yili bu
ko‘rsatkich 275 millionga yetdi. Samarqandda ochilish marosimi o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan
«Sam-Kochavto» qo‘shma korxonasi iqtisodiy hamkorlik yuqori pog‘onada ekanini yana bir tasdiqlaydi. Umuman, Turkiya O’zbekistonga eng ko‘p sarmoya kiritgan mam-lakat hisoblanadi. Lekin shunday boTsa-da, ko‘proq e’tibor qarata-digan ayrim jihatlar ham mavjud. Masalan, ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyaning faoliyati so‘nggi paytlarda susaydi. Muzokaralarda bunday masalalami hal etish yuzasidan ham fikr almashildi.
Muzokaralarda transport kommunikatsiyasi masalasiga alohida e’tibor qaratildi. I.Karimov O’zbekiston Turkiyaning erkin iq-tisodiy zonalarida joylashgan Istanbul, Trabzon, Adana, Mersin kabi shaharlaridagi portlardan, omborlardan foydalanish tarafdori ekanini va bu masala bo‘yicha muzokaralar boshlashga tayyorligini bildir-di. Shuningdek, davlatimiz rahbari Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo’lish O’zbekiston uchun yanada keng imkoniyatlar ochishini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, muzokaralarda ilm-fan, madaniyat, ta’lim sohalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O’zbekiston Sharq va Tinch okeani havzasi mamlakatlari-Xi-toy, Janubiy Koreya, Indoneziya, Yaponiya, Malayziya bilan diplo-matik, iqtisodiy va madaniy aloqalami yoTga qo‘ydi. Chunonchi, Janubiy Koreyaning olamga mashhur DEU korporatsiyasi bilan hamkorlikda Asaka shahrida
«O’zDEUavto» O’zbekiston-Koreya qo‘shma avtomobil zavodi qurishga kelishilgani olamshumul aha- miyatga ega boTdi. 1996-yilning 19-iyulida ushbu zavodning ishga tushishi bugungi kunda O’zbekistonni jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 mamlakat qatoriga olib chiqdi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling