Navoiy kon-metallergiya kombinati navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Jardono-Gauss modifikatsiyalashgan usuli


Download 85.63 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi85.63 Kb.
#1518010
1   2   3   4
Jardono-Gauss modifikatsiyalashgan usuli. Maʼlumki, Gauss usuli bilan chiziqli tenglamalar sistemasini yechishda tenglamalar sistemasi uchburchak ko‘rinishdagi sistemaga keltiriladi. Nomaʼlumlarning qiymati bevosita topiladigan, yaʼni teskari qadam bilan nomaʼlumlar qiymatini ketma-ket topishga hojat qolmaydigan usulni qaraymiz. Bu usulni ushbu chiziqli tenglamalar sistemasining yechimini topish bilan ifodalaymiz.
7-misol.

tenglamalar sistemasi yechimini toping.
Yechish. 1-tenglamani o‘zgarishsiz qoldirib sistemaning qolgan tenglamalaridan nomaʼlumni yo‘qotamiz, buning uchun 1- tenglamani ketma-ket (-4), (-1) ga ko‘paytirib mos ravishda 3,4-tenglamalarga hadma-had qo‘shib ushbu sistemani hosil qilamiz:

Endi 2–tenglamani o‘zgarishsiz qoldirib, boshqa tenglamalardan nomaʼlumni yo‘qotamiz, buning uchun 2 tenglamani (-2), 8,1 larga ketma-ket ko‘paytirib, mos ravishda 1,3,4 – tenglamalarga hadma –had qo‘shamiz va ushbuni hosil qilamiz:



Endigi qadamda 3-tenglamani o‘zgarishsiz qoldirib boshqa tenglamalardan nomaʼlumni yo‘qotamiz, buning uchun 3- tenglamani ketma-ket (5/21), (-3/21) (-2/21) larga ko‘paytirib mos ravishda 1,2,4 – tenglamalarga hadma-had qo‘shsak, ushbu tenglamalar sistemasi hosil bo‘ladi:


Oxirgi qadamda 4-tenglamani o‘zgarishsiz qoldirib boshqa tenglamalardan, x4 nomaʼlumni yo‘qotamiz, buning uchun 4 – tenglamani ketma-ket larga ko‘paytirib, mos ravishda 1,2,3- tenglamalarga hadma-had qo‘shamiz natijada, ushbuga ega bo‘lamiz:



Oxirgi sistemadan =1 , x2=2, x3=3, x4=4 yagona yechimni olamiz. Yuqoridagi tenglamalar sistemasini yechishda x1, x2,x3, x4 nomaʼlumlarni ketma-ket yo‘qotdik, hisoblashlarni ixchamlashtirish uchun har safar koeffitsiyenti 1 га teng bo‘lgan nomaʼlumni chiqarish ham mumkin edi.
U usulda ham Gauss usulining xususiyatlari o‘z kuchida qoladi, yaʼni tenglamalar sistemasi aniq bo‘lsa, bu usul yagona yechimga, tenglamalar sistemasi birgilikda lekin aniq bo‘lmasa biror qadamda 0=0 tenglik hosil bo‘lib cheksiz ko‘p yechimga olib keladi. Tenglamalar sistemasi birgalikda bo‘lmasa, biror qadamda tengliklarning birining chap tomonida 0 o‘ng tomonida 0 dan farqli son bo‘lib, sistema yechimga ega bo‘lmaydi.

Download 85.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling