2-topshiriq
“Boshliqni o‘rnini kim bosa oladi?”
Ikki yil oldin Dilmurod Usmonov bo‘lim boshlig‘i etib tayinlangan edi. SHu muddat ichida u birinchi bor betob bo‘lib qoldi va ishga chiqolmadi. Baxtga qarshi shu kuni boshqaruvchi bilan bir talay muhim ishlarni hal qilishi kerak edi.
Uni hayolida bir qancha fikrlar charx urdi. Bo‘limda nima bo‘layotgan ekan? Hamkasblari usiz qanday eplashar ekan? Nima uchun hech kim qo‘ng‘iroq qilmayapti, , maslahatlashmayapti. To‘g‘ri, ta’til vaqtida Fayziev o‘rnimga uncha muhim bo‘lmagan vazifalarni bajargan edi, muhimlarini esa qaytishimga qoldirgan. Lekin unda yoz vaqti, jim-jitlik edi. Balki o‘rinbosar to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish kerakdir.
Garchand xush yoqmasada Usmonov bu haqda ilk bor o‘ylanib qoldi va hayolan vaziyatni tahlil qila boshladi.
Vaqtincha vazifasini bajaruvchi qanday vakolatlarga ega? U tajribani qaerdan oladi. SHundoq ham o‘zining ishlari etib ortadi, umuman o‘zi bunga rozi bo‘larmikan? Agar rozi bo‘lganda ham uning ishlarini kim bajaradi? Vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi imzo qo‘yish huquqiga egami? Agar vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi xatolikka yo‘l qo‘ysa, noto‘g‘ri qaror qabul qilsa u holda kim javob beradi.
Fayziev boshqa xodimlar bilan til topisharmikan? Balki, Rixsievdir, u har xolda jamoa bilan tez chiqishuvchan.
Bu fikridan Usmonovning harorati ko‘tarildi.
Agar Rixsiev bo‘lim boshlig‘i vazifalarini a’lo darajada uddalasa nima bo‘ladi. CHunki u yaqindagi malaka oshirishda bo‘lgan va murakkab kompyuter dasturlari bilan ishlashni yaxshi biladi.
Balki, shifokor ko‘rsatmalariga rioya qilmasdan, ishga chiqish kerakmikan?
Usmonov o‘zini yomon his eta boshladi va hammasini keyinroq o‘ylashga qaror qildi...
Vazifa:
1.Bo‘lib o‘tgan vaziyatni tahlil qiling va menejment atamalari asosida xarakterlang.
2.D.Usmonovda paydo bo‘lgan savollarga javob berishga harakat qiling va javoblaringizni ifodalang.
3.Siz D.Usmonovning rahbarlik uslubini qanday baholaysiz?
4.Alternativ o‘rinbosarlarning yutuq va kamchiliklarini tahlil eting:
shtat bo‘yicha o‘rinbosar;
o‘rindoshlik bo‘yicha vaqtincha vazifasini bajaruvchi.
Ushbu variantlarning qaysi biri qanday vaziyatlarda ma’qulroq?
Do'stlaringiz bilan baham: |