Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti


Download 4.82 Mb.
bet65/277
Sana23.11.2023
Hajmi4.82 Mb.
#1795370
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   277
Bog'liq
(Lotin) Soha iqt va men-UMK-2022

Korxonaning tijorat siri – korxonaning ishlab chiqarish, texnologiya, boshqaruv va boshqa turdagi faoliyati bilan bog‘liq, oshkor qilinishi korxona manfaatlariga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan, davlat sirlariga aloqasi bo‘lmagan ma’lumotlari.
Lizing - mulkka egalik qilish huquqi ijaraga beruvchida saqlangan holda, mulkni uzoq muddatli ijaraga berishga asoslangan holda investitsiyalarni moliyalashtirish shakli; mashina, uskuna va transport vositalarining o‘rta va uzoq muddatli ijarasi.
Litsenziya - qonunda belgilangan muayyan xo‘jalik operatsiyalari, jumladan, tashqi savdo (eksport va import) operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha, vakolatli davlat idoralarining huquqiy shaxslarga beruvchi maxsus ruxsatnomasi.
Maqsad - bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko‘zda tutilgan mushtarak orzu, niyat. Masalan, korxonaning bo‘lajak harakatlarni oldindan aniqlash, pirovard natijani baholash va h.k.
Marketing – bozor holatini asosli o‘rganish va oldindan baholash bilan tovarlarni ishlab chiqish va sotishni tashkil etish hamda bozor iqtisodiyotining muhim unsuri.
Marketing menejmenti – bozordagi talab-taklifni o‘rganish, mahsulotni xaridorga etkazish, qadoqlash, reklama kabi jarayonlarni boshqarish.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat – kapitallar birlashishining shakli bo‘lib, jamiyat qatnashchilari faqat qo‘ygan mablag‘i bilan jamiyat majburiyatlarida javobgarlik olib boradilar.
Materiallardan foydalanish koeffitsienti – xom ashyo va materiallarning oqilona tarzda sarflanishini tavsiflovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u tayyor mahsulot tarkibiga kiruvchi materiallarning ishlov berilgan materiallarning umumiy hajmiga nisbatini ifodalaydi.
Matritsali tuzilma – boshqaruv tarzi “matritsa” qabilida bog‘langan tuzilma. U ancha murakab bo‘lib, mahsuloti nisbatan qisqa “umr” ko‘radigan va tez–tez o‘zgarib turadigan korxonalar tomonidan qo‘llanadi.
Mahsulot (xizmat) attestatsiyasi – mahsulot (ish, xizmat) sifatining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ob’ektiv baholashni tizimli ravishda amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi, tashkiliy-texnik va iqtisodiy chora-tadbirlar majmuasi.

Download 4.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling