Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti


Download 4.82 Mb.
bet69/277
Sana23.11.2023
Hajmi4.82 Mb.
#1795370
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   277
Bog'liq
(Lotin) Soha iqt va men-UMK-2022

Standartlashtirish - ishlab chiqarishning ma’lum bir sohasida faoliyatni tartibga solish maqsadida barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida qoidalar belgilash va qo‘llash. Uning natijasi hujjatlar, standartlar, yo‘riqnomalar, usullar, talablarda aks ettiriladi
Steriotik qaror – rahbar faoliyati qat’iy ravishda yo‘riqnomalar, me’yoriy hujjat hujjatlar doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hollarda qabul qilinadi.
Strategik menejment – istiqboldagi maqsadni va korxona imkoniyati bilan xodimlar manfaatini uyg‘unlashtirishga mo‘ljallangan uzoq muddatli boshqaruv tarzi.
Strategiya – grekcha “trategos” - “generallik san’ati” ma’nosini berib, korxona istiqbolini aniqlash va mahorat bilan belgilangan maqsad sari intilisdagi boshqarish mahorati, rahbarlik san’ati.
Tamoyil – har qanday faoliyatda, shu jumladan boshqaruv faoliyatida ham tayanish mumkin bo‘lgan aksioma, tarz.
Tashabbusli qarorlar – tashabbus mazmuni bo‘yicha qabul qilingan istiqbolli boshqaruv qarorlari.
Tashkiliy-ma’muriy usul – boshqaruv apparatining muayyan tizimi tuzilib, har bir boshqaruv bo‘g‘inining funksiyalari belgilanadigan, boshqaruv qarorlari ma’muriy yo‘llar bilan qabul qilinadigam boshqaruv usuli.
Tashkilot – bu ikkitadan kam bo‘lgan guruh odamlarning bir maqsadga yo‘naltirilgan ongli mehnat jamoasi.
Ta’sis hujjatlari – yangi tashkil qilinuvchi korxona, kompaniya, aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etish va ularni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi hujjatlar.
Tender – mahsulot (ish, xizmat) buyurtmasini bozorda joylashtirishning tanlov shakli.
Texnik qayta qurollantirish – ishlab chiqarishning alohida uchastkalari texnik imkoniyatlarini zamonaviy darajaga chiqarish jarayoni.
Texnologiya – xom ashyoni (resurslarni) o‘zgartirish vositasi.
Tizim – bu bir necha o‘zaro bog‘liqlikdagi elementlar yaxlitligi bolib, har bir element tizimini maqsad sari harakatiga o‘z hissasini qo‘shadi va ko‘mak beradi.

Download 4.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling