Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti
Download 4.82 Mb.
|
(Lotin) Soha iqt va men-UMK-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 -mavzu. Sanoat korxonalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish
- 2.1. Korxona strategiyasining mazmuni va mohiyati
Kalitli so‘zlar
Korxona, konsern, kommandit, konsorsium, trest, davlat, korporatsiya, sindikat, notijorat tashkilot, davlat ro‘yxati, tashkiliy-xuquqiy shakllar, tashki muhit, ichki muhit. O‘z-o‘zini nazorat kilish uchun savollar Korxona tushunchasini izohlab bering. Korxonaning turlarini tavsiflab bering. Korxonalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ayting. YAngi korxonani tashkil kilish tamoyillari. 5. Korxonani tashkil kilishdan ko‘zlangan maksad nima ? 6. Korxona faoliyatini tartibga soluvchi xujjatlarning kanday turlarini bilasiz? 7. Korxonani yagona davlat reestridan o‘tkazish uchun kanday xujjatlar talab kilinadi? 8. Korxona faoliyatini tugatish yoki kayta tashkil kilish deganda nimani tushunasiz? 9. Korxonani tugatish sabablari kaysilar? 10. Sanoat korxonalariga xos bo‘lgan belgilar. 11. Korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi? 12. O‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar to‘g‘risida”gi qonuni va uning mazmuni. 13. Xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shaklini nimalar ifodalaydi? 14. Konsern, konsorsium, xo‘jalik assotsiatsiyasi, korporatsiya, sindikat, trest tushunchalariga izoh bering. 15. Notijorat tashkilotlarga qanday korxonalar kiradi? 16. Korxona faoliyatining ichki va tashqi muhitlarini tushuntiring. 17. Tarkibiy elementlarning ro‘yxatiga nimalar kiradi? 2-mavzu. Sanoat korxonalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish 2.1. Korxona strategiyasining mazmuni va mohiyati 2.2.Korxonalarning bozordagi strategiyasi 2.3.Ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish strategiyasining shakl va bosqichlari 2.4.Korxonaning tashkiliy tuzilmasi va uning samaradorlik mezonlari 2.5. Korxona faoliyatini rejalashtirish 2.1. Korxona strategiyasining mazmuni va mohiyati Strategiya umumiy tarzda firmaning mavqeini mustaxkamlash, iste’molchilarning talablarini qondirish va qo‘yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan boshqarish rejasidir. Aniq strategiyani tanlash - rivojlanishning mumkin bo‘lgan turli yo‘llari va usullari ichidan eng maqbulini tanlab olish demakdir. Strategiyani tushunishda ikkita qarama-qarshi nuqtai nazar mavjud. Birinchi holda, strategiya ma’lum bir maqsadga erishish uchun aniq uzoq muddatli rejadir, strategiyani ishlab chiqish esa ma’lum maqsadni topish va uzoq muddatli rejani tuzish jarayonidir. Ushbu yondoshish, sodir bo‘layotgan barcha o‘zgarishlar oldindan aytib bo‘ladigan, atrof-muhitda ro‘y beradigan jarayonlar tabiatan deterministik bo‘lib, ularni to‘liq boshqarish va boshqarishga imkon berishiga asoslanadi. Ikkinchi holda, strategiya korxona faoliyatining ko‘lami, vositalari va shakliga, ichki ishlab chiqarish munosabatlari tizimiga, shuningdek kompaniyaning atrof-muhitdagi mavqeiga bog‘liq bo‘lgan uzoq muddatli, sifat jihatdan aniqlangan rivojlanish yo‘nalishini anglatadi. Ushbu tushuncha bilan strategiyani umumiy ma’noda tanlangan faoliyat yo‘nalishi sifatida tavsiflash mumkin, uning faoliyati tashkilotni o‘z maqsadlariga erishishiga olib kelishi kerak. Download 4.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling