Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti


Download 4.82 Mb.
bet68/277
Sana23.11.2023
Hajmi4.82 Mb.
#1795370
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   277
Bog'liq
(Lotin) Soha iqt va men-UMK-2022

Operatsion dastak - yalpi marjaning foydaga bo‘lgan nisbati orqali ishlatilgan mablag‘ni samarali ishlatilish darajasini anglatadi.
Operatsion tizim - tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatining to‘liq tizimi. U 3 quyi tizimdan iborat: qayta ishlash; ta’minlash; rejalashtirish va nazorat.
Pareto-maqbullik– o‘rganilayotgan tizim elementlarining qabul qilingan mezonga ko‘ra eng afzallik darajasi.
Pert” usuli – rejaga baho berish va qayta ko‘rib chiqish usuli, unga ko‘ra, operatsiyalar davomiyligida noaniqlikka yo‘l qo‘yadi, shu noaniqlikning ishlar davomiyligiga ta’siri tahlil qilinadi.
Raqobat – bozor mexanizmining korxona va firmalarning mahsulot va xizmatlarni sotish, sarmoyani foydaliroq joylashtirishda xo‘jalik nisbatlarini raqiblik asosida shakllantirish bilan bog‘liq elementi; ikki va undan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi “kim o‘zarlik” poygasi, kurashi.
Raqobatbardoshlik – o‘z faoliyatini bozor munosabatlari sharoitida amalga oshirish va bunda ishlab chiqarishni ilmiy-texnik jihatdan takomillashtirish, xodimlarni rag‘batlantirish va mahsulot sifatining yuqori bo‘lishini ta’minlashga etarli bo‘lgan foyda olish imkoniyati.
Reklama – mahsulot (xizmat, ish)ni targ‘ibot qilish.
Reklamatsiya - xaridor tomonidan sotuvchiga shartnoma asosida etkazib berilgan tovar sifati va miqdorining shartnomaga mos kelmasligi tufayli bildiruvchi da’vosi.
Rentabellik ostonasi – bu sotuvchini shunday daromadiki, bunda u na xarajat, va na foydaga ega bo‘ladi. Bunda yalpi marja doimiy xarajatlarni qoplashga etadi, xolos, hamda foyda nolga teng bo‘ladi.
Sertifikat - mas’ul idoralar tomonidan mahsulot (ish, xizmat)ni ekspertiza qilish asosida beriluvchi, ma’lum bir mahsulot, ish yoki xizmat sifatini belgilovchi hujjat.
Sifat – mahsulotga mujasamlangan kimyoviy, fizik, mexanik va boshqa iste’mol xususiyatlari majmuasi.
Smenalilik koeffitsienti –uskunalarning vaqt bo‘yicha ish bilan ta’minlash darajasi ko‘rsatkichi; kun davomida ishlab berilgan mashina-smenalarning o‘rnatilgan barcha smenalar soniga nisbati.

Download 4.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling