Navoiy kon Metallurgiya Kombinati Erdan turib boshqariladigan yoki stastionar pult yordamida boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalaridan foydalanadigan va mazkur


Erdan turib boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalari bilan


Download 89.5 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1566317
1   2   3   4   5
Bog'liq
KL-Инструкция В-11 по ОТ для лиц, пользующ. грузоподъем. маш., управ.с пола или со стацион.пульта и подвеши. груза на крюк такой машины

2.Erdan turib boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalari bilan
ishlaydigan shaxslar uchun ishni boshlashdan oldingi
xavfsizlik talablari

2.1.Ishlovchi ish boshlashdaan oldin quyidagilarga majbur:


-ish rahbaridan ishlab chiqarish topshirig’ini bajarishning ketma-ketligi haqida instruktaj olish;
-maxsus kiyim, maxsus poyafzal va himoya vositalari (himoya kaskasi, qo’lqop)ni kiyishi;
-ish joyini tartibga keltirish, keraksiz buyumlarni va materiallarni olib yo’laklar va o’tish joylarini bo’shatib qo’yish va yoritish vositalarining etarli ekanligiga ishonch hosil qilish.
2.2.Mashinani ko’rikdan o’tkazib, quyidagilarga ishonch hosil qilish:
-yuk ko’tarib yurish aravachasining sozligiga, barabanning sozligiga;
-po’lat arqon (tros)ning ishlatishga yaroqliligini, unda tugunlar, ezilgan joylari, uzilgan tolalari yo’qligiga;
-ilgakning sozligiga, unda yoriqlar, ilish joyini qayrilmaganligiga, uning me’yoriy qirqimidan ilish joyining eyilmaganiga;
-biriktirish shplintlari va ilgak o’rnatilgan qismi (blokning) o’qi parginlarining ishonchliligiga;
-ilgakning rezbali biriktirish (ulanish) qismining ishonchliligiga;
-yuk ko’tarishning, mashinaning yurishi, monorelsning oxirida chegaralash (o’chirib qo’yish) o’chirgichlarning borligiga;
-yuk ko’tarish mashinasining himoyalanganligi, ularning zaminlashtirilganligi, shu bilan birga tugmali boshqarish apparatida himoya zaminlashtirgichning borligiga;
-izolyastiyalash materialidan tayyorlangan tugmali apparat kamida ikkita o’tkazgich bilan erga ulangan bo’lishi kerak. Shulardan biri erga ulanish o’tkazgichi sifatida kichik trosga (po’lat simli o’rma) dan bir uchi tugmali apparatning korpusiga ulangan holda foydalanish mumkin;
-tugmali boshqarish pultida “yuqoriga”, “pastga”, “o’ngga”, “chapga” degan yozuvlar borligiga;
-yuk ko’tarish mashinasini tok bilan ta’minlaydigan egiluvchi kabelning sozligiga.
2.3.Yukni changallab oluvchi moslamalarning sozligiga, unda raqami, yuk ko’tarish quvvati va sinalganligi haqida yorlig’i yoki tamg’asi borligini tekshirish.
Po’lat arqondan yasalgan strop (bog’lab ko’tarish arqoni) ning ayrim simlarini uzilgan joylari yo’qligiga va o’rnatilgan me’yordan ortiq zanglamaganligiga, ayrim o’rimlarida uzilgan joylari yo’qligiga, arqonning cho’zilmagan va eylanmaganligini tekshirish.
2.4. Nosozliklar aniqlanganda, bu haqda ish rahbariga xabar qilish, ularni bartaraf etish choralari ko’rilmaguncha ishga kirishmaslik.



Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling