4. Erdan turib boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalari bilan
ishlaydigan shaxslar uchun avariya vaziyatlaridagi
xavfsizlik talablari
4.1.Avariya vaziyatlarida ishlovchi quyidagilarga majbur:
-yuk ko’tarish mashinasini to’xtatish va ish rahbarini bundan xabardor qilish;
-kranda yong’in ro’y berganda yuk ko’tarish mashinasini elektr tokidan uzish va ish joyida mavjud bo’lgan o’t o’chirish vositalari bilan yong’inni o’chirishga kirishish, hamda bir vaqtning o’zida o’t o’chirish komandasini chaqirish;
-agar jabrlanuvchilar bo’lsa, jabrlanuvchining organizmiga ta’sir qiladigan uning sog’ligiga, hayotiga xavf soladigan omillarni bartaraf etish ya’ni (elektr toki ta’siridan ozod qilish, yonayotgan kiyimini o’chirish va hokazolar), uning ahvolini baholash. Jabrlanuvchini qutqarish bo’yicha shoshilinch tartibda zarur bo’lgan choralarni bajarish (nafas olish yo’llarini o’tishi qobiliyatini tiklash, sun’iy nafas oldirish, yurakni yopiq usulda massaj qilish; qon oqishini to’xtatish, bog’lama qo’yish va hokazolar). Tez tibbiy yordam yoki vrachni chaqirish yoki jabrlanuvchini yaqindagi davolash muassasasiga transportda jo’natish (olib borish) choralarini ko’rish.
5. Erdan turib boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalarida ishlaydigan
shaxs uchun ishni tugatish vaqtidagi xavfsizlik talablari
5.1.Ish tugagandan keyin quyidagilarni bajarish zarur:
-ilgakni yukdan va boshqa changallab oladigan qurilmalardan bo’shatish, mashinaning ilgagini yuqori holatga qo’yish;
-mashinani o’z joyiga, uning uchun mo’ljallangan turar joyiga qo’yish;
-yuk ko’tarish mashinasini elektr toki bilan ta’minlaydigan uzgichni o’chirish;
-uzgichni qulflab va kalitni elektr chilangarga yoki uchastka mexanigiga topshirish kerak, agar navbatdagi smena bo’lmasa;
-ish joyini tartibga keltirish, ish davomida aniqlangan kamchiliklar va nosozliklar haqida ish rahbariga axborot berish kerak.
Asosiy kasbdagi ishchilarni erdan turib yoki muqim pultdan
Do'stlaringiz bilan baham: |