Navoiy kon Metallurgiya Kombinati Erdan turib boshqariladigan yoki stastionar pult yordamida boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalaridan foydalanadigan va mazkur


boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalarining ilgagiga


Download 89.5 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1566317
1   2   3   4   5
Bog'liq
KL-Инструкция В-11 по ОТ для лиц, пользующ. грузоподъем. маш., управ.с пола или со стацион.пульта и подвеши. груза на крюк такой машины

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalarining ilgagiga
yuk ildirishga ruxsat etish tartiblari

1.Erdan turib yoki muqim pultdan boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalarini boshqarish uchun asosiy kasbdagi ishchilar instruktajdan o’tgandan keyin, dasturga muvofiq ta’lim olib, shu bilan birga mashinani boshqarish va nizomga asosan ilgakga yuk ildirish ko’nikmalari bo’yicha bilimi tekshirilgandan keyin ruxsat etiladi.


2.Erdan turib boshqariladigan yuk ko’tarish mashinasida ishlashga ruxsat asosiy pastdagi ishchilar 3 oyda bir martadan kam bo’lmagan holda, asosiy kasbdagi ishchilarni instruktajdan o’tkazish jurnalida qayd qilish yo’li bilan instruktajdan o’tkaziladi. (№ 797 10.10.1972-yildagi buyruqqa asosan jurnal shakli ilova qilinadi).
3.Korxonaning markaziy komissiyasi tomonidan “Yuk ko’tarish kranlarini tuzilish va ularni xavfsiz ishlatish qoidalari” bo’yicha bilimi tekshirilgandan so’ng, asosiy kasbdagi ishchilar,ular kimning qo’l ostida bo’lsa, muhandis texnik xodimlar tomonidan instruktajdan o’tkaziladi.
4.Instruktaj “Qo’l yordamida ishlatiladigan tallar va elektr tallariga (yuk ko’tarish mexanizmi) xizmat ko’rsatadigan shaxslar uchun ishlarni xavfsiz olib borish bo’yicha yo’riqnoma” va shu bilan birga tayyorlovchi zavodning yuk mashinalarini ishlatish bo’yicha yo’riqnomasi hajmida o’tkaziladi.
5.Erdan turib (muqim pultdan) boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalarini boshqarish bo’yicha va bunday mashinalarni ilgagiga yuk ildirish bo’yicha ko’nikmalarni tekshirish bo’linma komissiyasi tomonidan har yili amalga oshiriladi va asosiy kasbi bo’yicha navbatdagi (qayta) bilimlarni tekshirish bilan birgalikda olib boriladi (bajariladi).
6.Yuk ko’tarish mashinalarini boshqarish va yuklarni arqonga ildirish bo’yicha ko’nikmalarni amaliy tekshirish to’g’ridan-to’g’ri ish joyida o’tkaziladi. Komissiya a’zolari iishtirokida (yuk ko’tarish mashinasi o’rnatilgan joyda, birgalikda); bunda quyidagilar tekshiriladi:
-yukning og’irligigga bog’liq bo’lgan holda, yukni olish, changallab olish moslamalarni to’g’ri tanlanganligi;
-yukni (bog’lash) to’g’ri arqonlash (stropovkalash) uni ko’tarish, hamma mumkin bo’lgan yo’nalishlarda ko’chirish, muvofiq bo’lgan to’shama tagliklar ustiga tushirish va arqonlarni (stropalarni) olish.
7.Erdan turib boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalarini boshqarish va bunday mashinalarni ilgagiga yuk osish bo’yicha ko’nikmalarni tekshirish natijalari bayonnoma va komissiya raisining imzosi bilan rasmiylashtiriladi (belgilab qo’yiladi).
8.Instruktajdan va erdan turib boshqariladigan yuk mashinalarini boshqarish bo’yicha va bunday mashinalarning ilgagiga yuk ildirish bo’yicha ko’nikmalarni tekshirishdan o’tgan asosiy kasbdagi ishchilar bo’linmaning rahbariyati buyrug’i bilan instruktajlar o’tkazish jurnalida belgilanib, yuk ko’tarish mashinalari bilan ishlashga ruxsat etiladi. O’sha berilgan yuk ko’tarish mashinasini boshqarish uchun ruxsat etilgan shaxslar ro’yxati ish joyiga ilib qo’yiladi. Yuk ko’tarish mashinasini tok bilan ta’minlaydigan uzgichni uzib qo’yish. Uzgichni qulf bilan qulflab qo’yish va kalitni elektr chilangarga yoki uchastka mexanigiga topshirish, agar navbatdagi smena ko’zda tutilmagan bo’lsa ish joyini tartibga keltirish, ish vaqtida aniqlangan hamma nosozliklar haqida ish rahbariga axborot berish.
Izoh: Erdan turib yoki muqim pultdan boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalariga qo’l va elektr tallar, telferlar, kran-balkalar, derrip kranlar va boshqalar kiradi.
KELIShILGAN”
Shimoliy Kon Boshqarmasi bosh muhandisning
MM va XT bo’yicha o’rinbosari:
______________________ M.N.Ishanxodjaev
«____»_________________yil

Tarjimon: Raxmanov Sh.R.


Tel: 597-29-37
Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling