Ўзбекистон республикаси навоий кон металлургия комбинати навоий давлат кончилик институти «автоматлаштириш ва бошқарув» кафедраси схемотехника фанидан очиқ дарс ишланмаси мавзу: кетма-кет занжирли схемалар. Триггерлар
NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI ENERGO-MEXANIKA FAKULTETI «АVTOMATLASHTIRISH VA BOSHQARUV» КАFEDRASI SXEMOTEXNIКА FANIDAN OCHIQ DARS ISHLANMASI МАVZU: КЕТМА-КЕТ ZANJIRLI SXEMALAR. ТRIGGERLAR. Dots. Jumayev О.А. MAVZU: KETMA-KET ZANJIRLI SXEMALAR. TRIGGERLAR.
REJA:
1. Ketma-ket zanjirli sxemalar. Triggerlar.
2. Triggerlarning sinflanishi, funksional sxemalari.
3. Ikki taktli sinxron tringgerlarning sxemalari.
EHMlarning sonli elementlari deb, mantiqiy funksiyalarni bajaruvchi, axborotlarni xotirasida saqlovchi va signallarni kuchaytiruvchi va qayta ishlovchi qurilmalarga aytiladi.
EHMlarning sonli elementlari deb, mantiqiy funksiyalarni bajaruvchi, axborotlarni xotirasida saqlovchi va signallarni kuchaytiruvchi va qayta ishlovchi qurilmalarga aytiladi.
Sonli avtomatlarda funksiya qiymati o‘zgaruvchilarning joriy taktdagi qiymatiga bog‘liq bo‘lmay, balki oldingi taktdagi qiymatlariga ham bog‘liqdir.
Demak, sonli avtomatlar bir va undan ortiq taktdagi signallarni o‘zida saqlashi kerak. EHMlarda bu vazifalarni asosan triggerlar bajaradi.
Trigger - ikkita teng kuchli, alternativ turg‘un holatga ega bo‘lgan (0 yoki 1) va axborotni yozish, saqlash va uzatish uchun xizmat qiladigan qurilmadir.
Boshlang‘ich signallar ta’sirida trigger bir turg‘un holatdan ikkinchisiga o‘tishi mumkin. Odatda trigger ikkita chiqish yo‘liga ega: birinchisi to‘g‘ri chiqish yo‘li deyiladi va Q bilan belgilanadi. Ikkinchi chiqish yo‘li teskari chiqish yo‘li deyiladi va bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |