Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti «energo-mexanika»


Download 198 Kb.
bet21/41
Sana08.01.2022
Hajmi198 Kb.
#239977
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Bog'liq
3 курс Amaliy mashg`ulotlar

5-Amaliy mashg’ulot

Silliqlovchi uchun ishchi joyidagi yo’riqnomalar bo’yicha talablar

Reja:

1. Xavfsizlikning umumiy talablari.

2.Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari

3.Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari

4.Avariya vaziyatlardagi xavfsizlik talablari

5.Ish tugagandan keying xavfsizlik talablari


XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI

1. Mazkur yo'riqnoma turli tipdagi silliqlash (jilvirlash) stanoklarida silliqlash ishlarini bajaruvchi silliqlovchi uchun mo'ljallangan.

2. Silliqlovchi bo'lib ishlashga ruxsat etiladigan shaxslar:

2.1. 18 yoshdan kichik bo'lmaganlar;

2.2. tibbiy ko'rikdan o'tganlar;

2.3. kasbiy ko'nikmaga ega bo'lganlar, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risida"gi Nizomga muvofiq ushbu ishlarning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha o'qiganlar, bilimlari sinalgan va belgilangan shakldagi guvohnoma olganlar;

2.4. yuk kutarish mexanizmlarini qo'llash zarurati bo'lsa, qo'shimcha maxsus o'qishni va belgilangan tartibda instruktajni o'tganlar (Nizomga muvofiq);

2.5. instruktajni o'tganlar.

3. Silliqlovchi quyidagilarga majbur:

3.1. ichki mehnat tartibi qoidalarini (IMTQ) bajarish;

3.2. belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida spirtli ichimliklarni iste'mol qilmaslik;

3.3. ushbu yo'riqnomaning talablarini bajarish;

3.4. ish vaqtida yonida ishlarni bajarishning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha bilimlari sinalganligi haqidagi guvohnoma bo'lishi;

3.5. berilgan maxsus kiyimdan, maxsus poyafzaldan hamda saqlovchi moslamalar va himoya vositalaridan foydalanish;

3.6. yong'in xavfsizligi talablarini bajarish;

3.7. baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga birinchi yordamni bera olish, voqea sodir bo'lgan joyda, imkoni boricha vaziyatni saqlab turish va bu haqida bevosita rahbariga xabar berish;

3.8. ishlarni bajarganda shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish;

3.9. mashina, mexanizmlar va boshqa jihozlarda aniqlangan nosozliklar va xavfsizlik talablari buzilishining boshqa holatlari haqida smena ustasiga (brigadiri)ga xabar qilish va tegishli choralar ko'rilgunga qadar ishga kirishmaslik.

4. Silliqlovchining ish joyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari quyidagilar:

4.1.abraziv changi;

4.2.abraziv tosh yaroqsizligi;

4.3. elektr toki urishi;

4.4. moylash-sovitish suyuqligi (SOJ);

5. Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik ishlab chiqarish intizomini buzish hisoblanadi, bunda aybdorlar IMTQ muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.




Download 198 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling