Navoiy kon metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti “konchilik ishI” kafedrasi


Download 0.75 Mb.
bet2/8
Sana14.09.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1677945
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
praktika 2023

Foydali qazilma boyliklariga xo‘jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan so‘ng ishlatiladigan barcha turdagi tog‘ jinslari kiradi. Foydali qazilmalar qurilish va sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta o‘rin egallaydi. Uni xom-ashyo sifatida qazib olish va qayta ishlash miqyosi esa davlatning ishlab chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi.
Har xil tog‘ jinslarini qazib olishda va turli-tuman qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan ishlar yig‘indisiga ochiq kon ishlari deb aytiladi. Katta miqyosdagi ochiq kon ishlari foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan uzviy aloqadadir. Bunda yer ostida yotgan foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan aloqador barcha ishlar va jarayonlar, ochiq kon inshoatlari orqali amalga oshiriladi. Yer osti usulida qazib olishda esa foydali qazilma boyliklarini maxsus jihozlangan yer osti inshoatlari yordamida qazib olinadi. Konlarni ochiq usul bilan qazib olishda konchilik ishlari ikki qismga bo‘linadi:

  • ochish ishlari (qoplovchi jinslarni qazish, tashish va joylashtirish ishlari);

  • qazib olish ishlari (foydali qazilma boyliklarini qazish, tashish, bir joyga to‘plash yoki tushirish ishlari).

Turbay karyeri haqida qisqacha

Vazirlar Mahkamasining 19.06.2021 yildagi “Turbay” konlarini oʻzlashtirish uchun qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish" investitsiya loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 384-son qarori qabul qilindi.


Umumiy qiymati 132 425,4 ming AQSh dollariga teng investitsiya loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilib, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgan.
Investitsiya loyihasi TIAning ekspertizadan oʻtkazilishi natijasida mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj aniqlangan, u quyidagilar hisobidan qoplanadi:
Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 14 671 ming AQSh dollariga teng miqdordagi oʻz mablagʻlari;
хorijiy banklarning 117 754,4 ming AQSh dollari miqdoridagi kreditlari.
Ob’yektlarni 2023 yilda foydalanishga topshirish orqali 2024 yildan boshlab "Turbay" va "Oltin ma’danli 2-zona" konlaridan yiliga tarkibida oltin boʻlgan 2 mln tonna hajmdagi ma’danlarni qazib olish yoʻlga qoʻyiladi va loyiha quvvatiga yetkaziladi.
Zarqatlam, Barхanli va Sardor konlarini oʻzlashtirish ishlari 2030 yildan boshlab, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati - qarz oluvchi va investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, хorijiy banklarning kreditlaridan maqsadli hamda samarali foydalanish uchun mas’ul ijro etuvchi organ. NKMK kreditlarni qoplash va unga хizmat koʻrsatish bilan bogʻliq хarajatlarni ham amalga oshiradi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
"Turbay" konlarini oʻzlashtirish uchun qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish" investitsiya loyihasi TIAning asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;
"Turbay" konlariii oʻzlashtirish uchun qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish" investitsiya loyihasi doirasida хorijiy banklar kreditlarini jalb qilish
"AUMINZO-AMANTOY" Koni

Konning "Markaziy-shimoliy Amantoytov", "Uzunbulok". "Shimoliy Asa- ukak", "Aksay", "Yasaul", "Taskazgan", "Saribatir", "O‘rtalik" karerlaridan ma’dan qazib chiqarilmoqda. Joriy yildan e’tiboran "Shimoliy-sharqiy", "Shimoliy-g‘arbiy", "Shimoliy Dovgiztov" karerlaridan ma’dan kazib olinadi. "Markaziy Amantoytov", "Shimoliy Amantoytov" kareri atrofidagi xududlarni chuqur o‘rganish hamda oltin zaxiralarini oshirish maksadida Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga qarashli "Dovgistov" geologiya-qidiruv partiyasi jamoasi tomonidan qidiruv ishlari olib boriladi. Yangi konning tarixi uzoq emas. 2017 yil 10 mart sanasida Oltinni uyumda tanlab eritish sexi ish boshladi. 2018 yil may oyiga ka- dar sexda oldingi davrda uyilgan ma’dan boshka maydonga qayta uyilib oltin olindi. May oyidan 2-ochik kon ishlari uchastkasi tarkibiga kiruvchi "Nukrakon" karerida ish boshlanib, karerdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’dan olib kelinib, uyumga tashlanib, oltin ishlab chiqarish davom ettirildi.


"Auminzo-Amantoy" konida asosiy ishlab chiqarish sexlaridan tashqari portlatish ishlari, kon uskunalarini ta’mirlash, o‘lchov asboblarini nazorat kilish va avtomatlashtirish, energouchastka, texnologik laborato- riya kabi yordamchi sex va uchastkalar mavjud. Dastlabki davrda kon tasarrufida 2 ta "Uzunbulok" va "G‘arbiy Amantoytov" karerlari bo‘lib, yillik reja 500 ming tonnani tashkil qilgan.


2018 yili "Markaziy Amantoy", "Aksay", "Saribatir", "G‘arbiy Aman- toytov" hamda "Uzunbulok" karerlarida qazib olish ishlari olib borildi. Yillik reja esa 965 ming tonnani tashkil qildi. O‘tgan yili "Auminzo-


Amantoy" koniga qarashli 8ta ("Markaziy Amantoytov", "Uzunbulok", "Shi- moliy Asankak", "O‘rtaliq", "Yasaul". "Nukrakon", "Taskazgan", "Saribatir") karerlarida qazib olish ishlari olib borildi. 2020 yilda qazib olish yillik rejasi 2 million tonnani tashkil etdi va belgilangan reja op- tiri bilan uddalandi. Rejani bajarishda bosh geolog o‘rinbosari X.Jar- kinov, uchastka geologlaridan R.Xalilov, Sh.Karimov, X.Janievlar munosib xissa ko‘shishdi. "Auminzo-Amantoy" konining texnika bazasi mustahkamla- nayotganligi bois ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari yaxshilanayapti. Hozirgi kunda konda Germaniya, Shvesiya va Yaponiyaning jahonga mashhur kompaniya- larida ishlab chikarilgan 17 ta ekskavator va 15 ta burgilash uskunalari- dan foydalanilmokda.


Joriy yilda 15 ta karerlarda ("Markaziy Amantoytov" va "Shimoliy Amantoytov", "Uzunbuloq", "Shimoliy Asaukak", "O‘rtalik", "Yasaul", "Nukra- kon", "Taskazgan", "Saribatir". "G‘arbiy Amantoytov", "Shimoliy-G‘arbiy", "Shimoliy Dovgiztov". "Shimoliy Asankak" va "Asaukak", "Adjibugut") qazib olish ishlari rejalashtirilgan. Ish ko‘lamidan kelib chiqib geologiya xiz- mati ishchi-xodimlari safi yosh mutaxassislar hisobiga kengayib borayapti. 2021 yilda oltinni ajratib olish sexi uchun 1 million 680 ming ton na, uyumda tanlab eritish sexiga 500 ming tonna oksidli ma’dan va 5-GMZ uchun 1 million 900 ming tonna sulfidli ma’dan qazib olish rejalashti- rilgan.

Yangi 5-gidrometallurgiya zavodi hamda oltinni ajratib olish sexi- ni ma’dan bilan ta’minlash maqsadida "Auminzo-Amantoy" koni hududi- da joylashgan "Kolchaktau", "Kumtosh", "Kumtosh-2", "Bijankara-Jamankon", "Shimoliy Kosshoxa", "G‘arbiy Karasay". "Tumshuktov" va "Sharikti" karerla- rida qazib olish ishlari olib boriladi. Hozirgi kunda "Auminzo-Amantoy" kon ishchi-xodimlari uchun barpo etilgan, umumiy maydoni 9 gektar bo‘lgan Ishchilar shaharchasi yaratuvchanlik va bunyodkorlikning yorqin namunasi si- fatida kishini hayratga soladi. Bu yerda ishchi-xodimlar uchun barcha sharo- it va imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, mazkur shaharcha hududida yangi, za- mon talablari asosida bunyod etilgan 400 o‘rinli oshxona, muhandis-texnik xodimlar uchun 4 ta 16 o‘ringa mo‘ljallangan turar joy binosi, shuningdek, ishchilar uchun barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan 14 ta yotokxona, oshxona, tibbiyot punkti, dorixona, sport majmuasi va boshqa qulayliklar mavjud.


Konning "Nukrakon" karerida ishlar jadal olib borilmokda. Uyumlab ishkorlash texnologiyasiga asoslangan sexda qayta ishlash asosida kumush bilan birga oltin, mis, temir va boshqa foydali qazilmalar ham olinmokda. Buning barchasiga o‘z-o‘zidan erishilayotgani yo‘q. Ularning zamirida fidokorona mehnat, fidoyilik va eng muhimi, kombinat rahbariyatining kullab-kuvvatlashi mujassam.


Auminzo-Amantoy" ma’danli maydonida oltin ma’danlarini qa zib olish va qayta ishlash konini kurish (GMZ-5) (I-II boskich) sanoat ob’ yektlarini elektr energiyasi bilan taminlash investitsiya loyihasiniamalga oshirish doirasida kapital kuyilmalarining umumiy qiymati 37 628,0 ming AQSh dollari ekvivalentiga teng bo‘lgan investitsiya loyixasi- ning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi ishlab chiqilgan. 2017-2022 yillarda "Auminzo-Amantoy" koni negizida bosqichma-bosqich 30 dan ortiq oksidlangan va sulfidli o‘rta va yirik ruda konlarini ochish ko‘zda tutilgan. 5-gidrometallurgiya zavodining birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi. Zavod to‘la kuvvat bilan ishga tushirilgandan so‘ng 5 million tonna ma’dan kayta ishlanadi. Bunda ming nafardan ortiq kishi ish bilan ta’minlanadi. Bu shahar aholisi bandligini ta’minlash, ular daromadlarini ko‘paytirishda ko‘shimcha imkoniyatlar eshigini ochishi bilan ahamiyatlidir. Eng kuvonchli jihati shundaki, "Auminzo-Amantoy" koni faoliyat boshlaganidan buyon 1400 nafarga yaqin ish o‘rinlari yaratildi. Navoiy davlat konchilik instituti bitiruvchilari ishga qabul qilinib, "ustoz-shogird" an’anasiga muvofik ishlab kelishmokda. Astoydil ishlashga, bilim va tajribasini muttasil oshirib borishga harakat qilayotgan ishchilar, muxandis-texnik xodimlarning o‘zaro hurmat va professional tarzda faoliyat yuritishi jamoaning ahilligi namunasidir. Zero, yangilanayotgan O‘zbekiston yangi kadrlarning tashabbusi va iktidorini ko‘llab-quvvatlaydi va ularning rakobatbardosh kadr bo‘lib yetishishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bermoqda.


1.2 Tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlash usulini tanlash;


Ochiq kon ishlaridagi ishlab chiqarish jarayonlarining boshlang‘ich jarayoni bu, toh jinslarini qazib olishga tayyorlash jarayonidir.
Tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlash jarayoni qazib olishning samaradorligini ta’minlash maqsadida, tog‘ jinsining tabiiy holatini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan jarayonni o‘z ichiga oladi.
Tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlashda pog‘onadagi qattiq tog‘ jinslari portlatish yordamida parchalanadi va o‘rtacha qattiqlikdagi tog‘ jinslari esa mexanik usul bilan parchalanadi.
Mexanik usul bilan maydalash portlatish usuli bilan maydalashga qaraganda ancha foydalidir, chunki unumdorligi yuqori, tannarxi kichik va ishdagi xavfsizligi yuqoridir. Mexanik usul bilan maydalashni mustahkamlik koeffitsienti f=6 gacha bo‘lgan tog‘ jinslariga qo‘llash mumkin.
Portlatib yumshatish usuli mustahkamlik koeffitsienti f=6 dan yuqori bo‘lgan tog‘ jinslariga qo‘llaniladi. Ochiq kon ishlari amaliyotida tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlashda portlatib maydalash usuli keng qo‘llaniladi.
1.3 Burg‘ulash uskunasi turini tanlash.
Tog‘ jinsi massivida skvajinalarni burg‘ulashda, burg‘ulash snaryadi diametri va mehnat unumdorligi turlicha bo‘lgan burg‘ulash dastgohlari ishlatiladi. Dastgohlarni (burg‘ulash dastgohlarini) tanlash esa, tog‘ jinsi xususiyatlari, burg‘ulash ishlari hajmi va portlovchi skvajinalar parametrlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Zich va yarim qoyali tog‘ jinslarini burg‘ulashda – kesuvchi koronkali va aylanma burg‘ulovchi SBR turdagi stanoklardan foydalaniladi, qoyali tog‘ jinslarida – burg‘ulash ishlari hajmi katta bo‘lganida, sharoshkali burg‘ulovchi dasgohlar qo‘llaniladi. Shuningdek, o‘rta va kam ish unumli karyerlarda – zarbli aylanma burg‘ulovchi dastgohlar qo‘llaniladi. Kristall strukturaga ega bo‘lgan o‘ta qattiq tog‘ jinslarida burg‘ulash ishlarini olib borishda, SBO turdagi dastgohlar va o‘ta ko‘p yoriqli va tarkibida karstlar bo‘lgan tog‘ jinsi massivlarida – kanatli-zarbli burg‘ulash dastgohlari qo‘llaniladi.Hozirgi kunda ochiq kon ishlarida sharoshkali burg‘ulash stanogi keng qo‘llanilmoqda. Ushbu usul yordamida 82,5 % burg‘ulash ishlari, 15,7 % atroyida shnekli burug‘ulash mashinasi yordamida va 1% i zarbli burg‘ulash mashinasi yordamida amalga oshiriladi. Qolgan 0,8% urg‘ulash ishlari esa termik va zarbli – kanatli burg‘ulash mashinasi yordamida amalga oshiriladi.
Konchilik sanoatida portlovchi skvajinalarni burg‘ulovchi stanoklar bo‘lgan texnik talablar GOST 26698-85 orqali aniqlandi.
Ushbu standart ochiq kon ishlari uchun 3 guruhdagi stanoklarni tavsiya etadi:

  1. SBSh – skvajinani havo yordamida tozalovchi sharoshkali dolotali aylanma burg‘ulovchi (sharoshkali burg‘ulash) stanok. Burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri 160 dan 400 mm gacha bo‘lgan 5 ta o‘lchamli turi mavjud. Tog‘ jinsi qattiqligi =618;

  2. SBU – skvajinani havo yordamida tozalovchi zarbli – aylanma burg‘ulovchi (pnevmo zarbli) stanok. Burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri 100, 125, 160 mm bo‘lgan 3 ta o‘lchamli turi mavjud. Tog‘ jinsi qattiqligi =1020;

  3. SBR – skvajinani shnek yordamida tozalovchi kesuvchi koronkali burg‘ulovchi (shnekli burg‘ulash) stanok. Burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri 160, 200 mm bo‘lgan 2 ta o‘lchamli turi mavjud. Tog‘ jinsi qattiqligi =16;

Stanokning shartli belgisiga stanok turi va burg‘ulanadigan millimetrdagi skvajinaning shartli diametri kiradi. Masalan: SBSh-320-36 skvajina diametri – 320 mm, skvajina chuqurligi - 36 m.
Ochiq kon ishlarida qattiqligi f=16 bo‘lgan tog‘ jinslarini burchak ostida burg‘ulashda kesuvchi koronkali burg‘ulash stanoklari, qattiqligi o‘rtacha f=68 bo‘lgan tog‘ jinslarida sharoshkali burg‘ulash stanogi, qiyin burg‘ulanuvchi yirik blokli tuzilishga ega qattiqligi f=1020 bo‘lgan tog‘ jinslarida zarbli – aylanma burg‘ulash stanogi qo‘llaniladi.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling