Navoiy kon metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti “konchilik ishI” kafedrasi
Download 0.75 Mb.
|
praktika 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qazib-yuklovchi mashinalar.
- Qazib-tashuvchi mashinalar
- 1.5 Karyer mexanik kuraklari
uzluksiz ishlovchi mashinalar (ko‘p cho‘michli rotorli va zanjirli ekskavatorlar, buroshnekli qurilmalar, uzluksiz yuklovchi mashinalar, kombaynlar);
davriy ishlovchi mashinalar (bir kovshli ekskavatorlar, g‘ildirakli va gusenitsali yuklagichlar, kabelli ekskavatorlar, mexanik kuraklar, buldozerlar va sidirg‘ichlar) ga bo‘linadi. Transport vositalariga nisbatan mashinalar quyidagilarga bo‘linadi: Qazib-yuklovchi mashinalar. Bu mashinalar foydali qazilmani qazib oladi va qazish joyining o‘zida transport vositasiga yuklaydi. Bularga misol qilib, rotorli va ko‘p cho‘michli ekskavatorlarni, mexanik kurak, minorali ekskavatorlar va burozaryadli kombaynlarni olish mumkin. Ekskavatsiyalovchi mashinalar. Bu mashinalar qazish joyida ishlaydi va cho‘michi bilan qazilgan tog‘ jinsini mashina konstruksiyasida ko‘rsatilgan masofaga va ag‘darmaga yuklaydi (bo‘shatadi), bularga misol qilib draglaynni olish mumkin. Qazib-tashuvchi mashinalar. Bu mashinalar qazib olingan tog‘ jinsini iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lgan masofagacha tashiydi. Bunga misol qilib g‘ildirakli yuklagichlarni, sidirg‘ich va buldozerlarni keltirish mumkin. Tog‘ kon va transport mashinalari komplektida ekskavatsiyalovchi mashinalar texnologik oqimda asosiy o‘rinni egallaydi. Bu mashinalarning unumdorligi tog‘ jinslarini qazib olishga qanday tayyorlanganligiga va transport xizmatining qanday ko‘rsatilishiga bog‘liq buladi. Transport xizmati ko‘rsatish deganda – transport kommunikatsiyalari barpo etish va transport vositalarining ritmik tarzda yetkazilib turilishi tushuniladi. Ekskavatsiyalovchi mashinalar unumdorligigiga qazish joyi parametrlari va ishlash texnologiyalari aloxida ta’sir ko‘rsatadi. 1.5 Karyer mexanik kuraklari Karyer mexanik kuraklari turli qattiqlikdagi yumshoq va maydalangan tog‘ jinslarini qazish uchun qo‘llaniladi. Kovshining hajmi 2 dan 20 m3 gacha bo‘ladi. Qazib olinadigan pog‘ona balandligi 6 m dan 20 m gacha bo‘ladi. Ishlab chiqarish unumdorligi turlicha bo‘lgan karyerlarda qo‘llaniladi. Pastdan yuklash jarayoni ko‘proq qo‘llaniladi. Yuqoridan yuklash uchun esa uzaytirilgan ishchi uskuna bilan jixozlangan karyer mexanik kuraklari qo‘llaniladi. Karyer va ochuvchi mexanik kuraklarini qo‘llashda qazib olinadigan pog‘ona balandligi xavfsizlik shartlari bo‘yicha yumshoq tog‘ jinslarida ekskavatorning maksimal cho‘michlash balandligidan oshmasligi lozim: Nu ≤ Nch.max Yumshoq tog‘i jinslarida pog‘ona balandligi Hy=20; EKG-5U ekskavatorining cho‘michlash balandligi: Nch.max= 22,2 m; Nu ≤ Nch.max 20≤22,2 Yumshoq tog‘ jinslarini qazib-yuklash uchun EKG-5U ekskavatorini qabul qilamiz. O‘rtacha bo‘lakli bog‘lovchi – sochma holdagi portlatib maydalangan tog‘ jinslarida: Nu = (1,05….1,15) Nch.max Skal tog‘ jinslarida pog‘ona balandligi - Hy=15 m; EKG-10 ekskavatorining maksimal cho‘michlash balandligi Nch.max= 13,5 m; Skal tog‘ jinslarini qazib-yuklash uchun EKG-10 ekskavatorini qabul qilamiz. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling