Navoiy kon meyallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik va texnologiyalar unversiteti
Download 55.92 Kb.
|
«noruda konlarni qazib olish»-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konchilik sanoati
- Konchilik ishi
Kirish
Konchilik yo‘nalishi – O`zbekiston Respuhlikasining yirik tarm oqlaridan biri bo‘lib, xalq xo'jaligini rivojlantirish va samaradorligining yuqori darajada bo'lishini ta'm inlashda katta ahamiyatga ega. Respublikada konchilik sanoati tarmoqlarida neft, tabiiy gaz, ko‘mir. rangli metall, nometall qurilish materiallari kabi ko‘plab foydali qazilma konlarini qazib chiqamvchi korxonalar faoliyat yuritadi Konchilik sanoati – zamonaviy industriyaning asosiy xom ashyo va yoqilg’i bazasi hisoblanadi. U energetika va xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlarining asosiy yoqilg’i manbaidir. Shuningdek, konchilik sanoati qora va rangli metallurgiya, ximiya sanoati, o'g’itlar ishlab chiqarish sanoati uchun xom-ashyo bazasi hisoblanadi. Xalq xo'jaligida foydalanilayotgan tabiiy resurslarni 70% ini mineral xom-ashyolar tashkil qiladi. Jahon miqyosida qazib olinadigan foydali qazilmalarning umumiy miqdori yiliga 9-10 mln. t ni, kon massasining yillik unumdorligi esa 35 – 37 mlrd. t ni tashkil etadi. Ochiq usulda qazib olish ishlarining rivojlanishi, er osti usulida qazib olishga nisbatan unumdor, iqtisodiy jihatdan samarador va xavfsizligidadir. Ochiq usulda qazib olishda ish unumdorligi yer osti usuliga qaraganda 5 – 8 marta yuqori, tannarxi esa 2 – 4 marta kam. Ushbu farq so'nggi 30 – 40 yil ichida oshib borishda davom etmoqda. Foydali qazilma boyliklariga xo'jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan so'ng ishlatiladigan barcha turdagi tog’ jinslari kiradi. Foydali qazilmalar qurilish va sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta o'rin egallaydi. Uni xom-ashyo sifatida qazib olish va qayta ishlash miqyosi esa davlatning ishlab chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi. Konchilik ishi – fan va texnika sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, bu foydali qazilma konlarini yerosti va ochiq usulda qazib olish, ulardan unumli foydalanish hamda xalq xo‘jaligini xomashyo bilan ta’minlash maqsadida foydali qazilmalarni kompleks o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatining usullari, uslublari va vositalari majmuini qamrab oladi. Mamlakatimizda konchilik sanoati xalq xo‘jaliginning eng ilg‘or va istiqbolli sohalaridan biri sifatida rivojlanib bormoqda. Sohadagi texnik va texnologik yangilanishlar, bir tomondan, mutaxassislar salohiyatiga yangicha talablar qo‘ysa, ikkinchi tomondan, ularga bo‘lgan ehtiyojni orttirmoqda. Bizda konchilik ishlari, asosan, ochiq usulda amalga oshiriladi. Konchilik ishi bo‘yicha mutaxassislarning faoliyati juda og‘ir, juda mashaqqatli va juda mas’uliyatli hisoblanadi. Albatta, juda daromadli ham. SHuningdek, bu kasb inson hayoti va sog‘ligi uchun o‘ta xavflidir. Soha vakillari foydali qazilma konlarini qazish, ruda va noruda foydali qazilmalarni qazib oluvchi karerlar, konlarni ochiq va erosti usulida qazib olish tashkilotlarida xizmat qilishadi. Download 55.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling