Navoiy kon meyallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik va texnologiyalar unversiteti


NORUDA (NOMETALL) FOYDALI QAZILMALAR


Download 55.92 Kb.
bet3/12
Sana02.12.2023
Hajmi55.92 Kb.
#1780223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
«noruda konlarni qazib olish»-fayllar.org

NORUDA (NOMETALL) FOYDALI QAZILMALAR — sanoat va kurilishda tabiiy holatda yoki turli xil ishlov berilgandan keyin foydalaniladigan, shuningdek, ulardan nometall elementlarni yoki ularning birikmalari ajratib olinadigan yonmaydigan qattiq togʻ jinslari yoki minerallar. Ulardan kompleks foydalanish mumkin. Noruda foydali qazilmalarq. turi yuzdan ziyod. Qazib olish va ulardan foydalanish boʻyicha eng muhim xom ashyolar qatorida turadi. Noruda foydali qazilmalarq.ning hozirga qadar sistemalashtirilgan yagona tasnifi yoʻq. Odatda foydalanish sohasiga qarab 4 guruhga boʻladilar:
  • konchilik-kimyo hom ashyosi — apatit, galit, tugʻma oltingugurt, oltingugurt kolchedani, barit, tabiiy tuz va boshqa (bularning aksariyatidan mineral oʻgʻit ishlab chikariladi);


  • konchilik-metallurgiya xom ashyosi — oʻtga chidamli materiallar ishlab chiqarish, flyus si-fatida ishlatiluvchi qoliplash materiallari (gil va qumlar); qurilish materiallari — noruda qurilish ma-teriallari, keramika va shisha xom ashyosi, bogʻlovchi materiallar uchun xom ashyo, mineral boʻyoklar, issiklik va shovqin oʻtkazmaydigan materiallar;


  • nometall ruda xom ashyosi — texnik kristallar (olmos, pyezokvars, Islandiya shpati, muskovit, agat va boshqalar), qimmatbaho va zebu ziynat buyumlari yasashda ishlatiladigan toshlar (zargarlik olmosi, zumrad, yoqut, topaz, malaxit, feruza, kahrabo va boshqalar); bu toifaga yana, odatda, asbest, talk, grafit, korund, najdakni ham kiritadilar.


Texnika taraqqiyoti jarayonida Noruda foydali qazilmalar tarkibiga tobora yangi togʻ jinslari va minerallar qoʻshilib bormoqda.


Mamlakatimizda oʻtgan davr mobaynida noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalarini foydalanishga berishning tartib-taomillarini soddalashtirish va iqtisodiyotning noruda xom ashyo bazasini rivojlantirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanishni taʼminlashda qator muammolar mavjud boʻlib, bular yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining yer qaʼri uchastkalarini foydalanishga berish bilan bogʻliq normalarga nomuvofiqligi, qazib olish va qayta ishlashda maʼnan eskirgan, muddati tugagan texnika va uskunalardan foydalanilayotganligi, konlar va istiqbolli maydonlar toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilish va ularga davlat xizmatlarini koʻrsatishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash darajasi pastligida namoyon boʻlmoqda.

Download 55.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling