Navoiy shahar 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi 6- “ ” sinf o’quvchisi ning
Download 107.55 Kb.
|
lab6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishqalanish kuchini o‘khash jadvali
Sana ______________________
4-laboratoriya ishi Mavzu: Dinamometr yordamida kuchlarni o’lchash Kerakli asboblar. Dinamometr, turli massali jismlar, rezina, uchida ilmog‘i bor silliq taxtacha, stol. Ishni bajarish. Og‘irlik kuchini o‘lchash. Dinamometrni olib, shkalasini o‘rganing. Dinamometrning o‘lchash chegarasini va aniqlik darajasini yozib oling. Dinamometrni shtativga mahkamlab, uning ilmog‘iga turli massali jismlarni iling. Har safar dinamometr ko‘rsatishlarini yozib oling. Ishqalanish kuchini o‘lchash. 1-tajriba. Stol ustiga uchida ilmog‘i bor silliq taxtachani qo‘ying. Dinamometr ilmog'ini taxtacha ilmog‘idan o‘tkazing (25-rasm). 25-rasm.
Dinamometr uchidan ushlab, sekin torting. Jism joyidan qo‘zg‘algandan boshlab, iloji boricha, jismni juda sekin tekis harakat qildiring. Shu holatda dinamometr ko‘rsatishini yozib oling. Izoh: Jism tekis harakatlantirilganda tortuvchi kuch F, ishqalanish kuchi F ishq, ga teng bo‘ladi. F = F ishq 2-tajriba. Taxtacha ustiga 1 kg (yoki 0,5 kg) li toshni qo‘ying. Tajribani takrorlang. Dinamometr ko‘rsatishidan foydalanib ishqalanish kuchini aniqlang. Taxtacha ustiga qo‘yiladigan yuklar miqdorini o‘zgartirib, ishqalanish kuchlarini aniqlang.
* Elastiklik kuchini o‘lchash. 1-tajriba. Dinamometrning asosiy qismi prujina bolganligidan, unga yuk osilganda, yukning og‘irligi prujinaning elastiklik kuchiga teng bo‘ladi. tajriba. Rezinaning elastiklik kuchini o‘lchash uchun taxtacha va dinamometr oralig‘iga / = 15-20 sm uzunlikdagi rezina ulanadi. Dinamometr uchidan ushlab, yukni tekis harakat qiladigan holatda tortiladi (26-rasm). Bunda rezina cho‘ziladi va unda hosil bo‘lgan elastiklik kuchini dinamometr ko‘rsatishidan yozib olinadi. tajriba. Dinamometrni vertikal holatda shtativga mahkamlanadi. Uning ilmog‘iga 10-15 sm uzunlikdagi rezina bog‘lanadi. Rezina oxirini siqib, ip bilan bog‘lanadi va ip uchini halqa shaklida qoldiriladi. Ipga massasi ma’lum bo‘lgan roshlar ilinadi. Dinamometr ko‘rsatishidan rezina cho‘zilishi tufayli hosil bo‘lgan elastiklik kuchi aniqlanadi. Ishqalanish kuchini o‘khash jadvali
Download 107.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling