Navoiy shahri


Download 464 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2023
Hajmi464 Kb.
#1144133
1   2   3   4
Bog'liq
Madina Davranova-qisqichbaqa ichki tuzilishi

Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi bunda texnik vositalardan foydalanib, yangi mavzuni slayd orqali tushuntiradi.


Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi.


Muskullari va tana bo'shlig'i. Daryo qisqichbaqasining muskullari alol da muskul boylamlaridan iborat. Muskullar organlar atrofida to'p-to'p bo'lib joylashgan. Xitin qoplag'ichi keng tana bo'shlig'ini o'rab turadi.
Hazm qilish sistemasi. Qisqichbaqaning og'zi boshining ostida joylashgan. Oziq og'iz, qisqa halqum va qizilo'ngach orqali ikki bo'lmali oshqozonga o'tadi (36-rasm). Oziq avval katta oshqozonda maydalangach, keyin kichik oshqozonga tushadi. U yer an oziq suzilib o'tgach, ichakka va undan jigar naylariga tushib hazm bo'ladi. Hazm bo'lmagan oziq qoldiqlari dum suzgichining o'rtasida joylashgan anal teshigi orqali chiqariladii organlar ana shu bo'shliqda joylashgan.

1- og'iz; 2 - katta oshqozon; 3 - kichik oshqozon; 4 - ichak; 5 - halqumusti nerv tuguni; 6 - halqumosti nerv tuguni; 7 - qorin nerv


Qon aylanish va nafas olish sistemalari. Boshko'krakning orqa tomonida qonni haydab beruvchi oqish yurak joylashgan (37-rasm). Qon aylanish sistemasi ochiq. Qon yurakdan chiqqan tomirlar orqali tana bo'shlig'iga o'tib, to'qimalarga oziq moddalar va kislorod olib boradi. U yerdan qon tomirlarga yig'ilib, jabralarga boradi. Bu yerda kislorod suvdan qonga o'tadi: qonda to'plann qolgan karbonat angidrid jabralar orqali suvga chiqadi. Kislorod bilan to'yingan qon yurak devoridagi uch juft teshikchalar orqali uning bo'shlig'iga o'tadi.

Ayirish sistemasi. Ayirish sistemasi bosh tomonda joylashgan bir juft yashil bezlar va ularning naychalaridan iborat. Ularning tuzilishi yomg'ir chuvalchanginikiga o'xshash. Bu bezlarning pufaksimon kengaygan uchi tana bo'shlig'ida joylasl gan, naychalari esa kalta mo'ylovlarning asosida tashqariga ochiladi. Yashil bezlar qonda erigan zararli almashinuv mahsulotlarini organizmdan chiqarib yuboradi.

Nerv sistemasi. Yomg'ir chuvalchanginiki singari halqumusti va halqumosti nerv tugunlari, halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan iborat. Halqumusti nerv tugunidan ko'z va mo'ylovlarga, halqumosti tugunidan jag'larga, qorin nerv tugunlaridan esa barcha organlarga nervlar chiqadi.




Download 464 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling