Navoiy she’riyati va janrlar poetikasi. Nasriy asarlar badiiyati
Download 116 Kb.
|
9-Mavzu
Otashin la’le, ki toji xusravonro zevar ast,
Axgare bahri xayoli xom puxtan dar sar ast”. Navoiyning poetik mahorat bilan bog'liq qarashlari ustoz ijodkorlar va zamondosh shoirlarga bergan baholarida yanada konkretroq namoyon bo'ladi. Shoir “Xamsa” dostonlarining ustozlarga bag'ishlangan boblarida poetik mahoratning ijodiy asar yaratishdagi ahamiyati haqida to‘xtalar ekan, Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy kabi ulug‘ so‘z san’atkorlarining bu sohadagi mahoratlariga, o‘zining ular izidan borib, qanday o'rganganligi, o‘z asarlari ustida qanday ishlaganligi bilan bog‘liq fikrlarini bayon qiladi. Xususan, Nizomiy va Dehlaviy haqida so‘zlar ekan, ularga nisbatan “mohir” va “mahorat” atamalarini qo‘llaydi: Ul ikov ustodi mohir edi, Kim, mahorat alarda zohir edi. “Farhod va Shirin”da doston yozish mashaqqatini kon qazuvchining og‘ir mehnatiga, o‘zini esa qo'lida tosh yo‘nuvchi - tesha ushlagan Farhodga o‘xshatar ekan, o‘ziga xitob qilib shunday deydi: Yana bir konni qazmog'liqqa mayl et, Qazib ahbob aro naqdin tufayl et. Bu kon qazmoqni ulkim qildi resha, Kerak xorofikan ilgida tesha. Sanga bu teshavarlik bo‘lsa matlub, Erur Farhod hamsuhbatlig'i xo‘b. Bu kon ishqida teshang xorarez et, Ani Farhod toshi birla tez et. “Majolis un-nafois”da to‘rt yuzdan ortiq shoirlarning she’rlariga munosabat bildirar ekan, tasvirning go‘zal bo‘lishi, badiiy vositalarning o'rinli ishlatilib, ularning asosiy mazmunni ochib berishga xizmat qildirilishini bosh mezon qilgan shoirlarga alohida e’tibor qaratadi, ushbu ijodkorlarning she’rlarini nuktadonlik bilan tahlil qiladi. Xususan, Darvesh Dehakiy degan shoirga to‘xtalar ekan, shunday yozadi: "... Devoni doyim beliga bog‘liqdur. Har bayti, yo ma’nisig'a 82 ehtiyoj bo‘lsa, ko'rgali filhol devonin chiqarib, topib ko'rguzur. Fil-voqe’ faqirning to she’rg‘a shuurum bor, ul tarafdin aning abyotidin yaxshiroq nazm kelmadi. Bu matla’ aningdurkim: Bar misoli surati devor bejon mondaam, Pusht bar devor-u ro‘ so‘i tu hayron mondaam. (Mazmuni: Devordagi suvratga o‘xshab jonsiz bo‘lib qolganman. Orqamni devorga qilib, yuzimni senga o‘girib, hayronlikda qolganman ). Bu bayti dag‘i xub voqe’ bo‘lubtur: Ba g‘ayri noqai Layliki, mekanad xore, Digar kiro g'ame az rahguzori Majnun ast. (Mazmuni: Layllning tikan yulqilab yuruvchi tuyasidan boshqa hech him Majnunning yo'lovchi ekanligiga parvo qilmaydi)”. Yoki Hoji Nujumiy degan shoir haqida o‘qiymiz: “bu matla’i yaxshi voqe’ bo‘lubturkim: Boz iyd omad, biyo jonoki, qurbonat shavam, Hamchu chashmi go’sfandi kushta hayronat shavam. Keltirilgan misollardan Darvesh Dehakiyning birinchi bayti va Nujumiyning misralarida go‘yoki bir mazmun - yorning go‘zalligi va iltifotidan hayratda qolish tasvir etilgandek ko‘rinadi. Lekin shu mazmun ikki yozuvchida o‘ziga xos uslubda bayon qilingan. Agar Darvesh Dehakiy o‘zining hayratda qolgan holatini devorga chizilgan jonsiz suratga o‘xshatsa va shu tufayli esda qolarli manzarani yaratgan bo‘lsa, Nujumiy hayratda qolishni so‘yilgan qo‘yning ko‘ziga o'xshatadi. Chunki so‘yilgan qo‘yning ko'zi ochiq bo'lib, baqrayib qaraganday tuyiladi. Yorni ko‘rib qolgan oshiq ham o‘zini yo‘qotib, nima qilishini bilmay qarab qolgan edi. Ikkinchidan, shoir bu misralardagi o‘xshatish bilan umuman hayit haqida emas, balki qurbon hayiti to‘g‘risida so‘z yuritadi. Demak, ikki shoir bir mavzuda she’r yozgan bo‘lsalar-da, ularning har biri o‘z uslubi asosida shu mavzuni yuksak badiiy mahorat bilan yorita olgan. Darvesh Dehakiydan keltirilgan ikkinchi misolda esa Majnunning kishilar tomonidan e’tiborsiz qabul qilinishi ajoyib tarzda ochib berilgan: Majnunning oyoqlariga tikan sanchilmasin deb, Laylining tuyasi Majnun yuradigan yo‘ldan tikonlarni olib yer edi, deydi muallif. Garchi Layli va Majnunlar to‘g‘risida ko‘p asarlar yozilgan bo‘lsa-da, Darvesh Dehakiyning ushbu misralari o'ziga xos badiiy uslubi va betakror tasviriy vositalari bilan go‘zal va mazmunlidir. Shuningdek, Alisher Navoiy o‘z tazkirasida sharq mumtoz adabiyotida keng tarqalgan tajnis, tarsi’, tardi aks, zulqofiyatayn va shu kabi san’atlarni ustalik bilan ishlatgan Darvesh Mansur, Ibn La’liy, Mavlono Muhammad Amin, Mirzobek kabi qator shoirlarga ham alohida hurmat va e’tibor bilan to‘xtalib o‘tadi. Yuqoridagi holatlarning barchasi: mumtoz adabiyotimizning cho‘qqisi hisoblangan Alisher Navoiy asarlarini poetik jihatdan tahlil qilish, shoir asarlarining badiiy ta’sirchanlik qudratini tadqiq etish bilan bog‘liq masalalar “Navoiy poetika”si kursining vujudga kelishini taqozo qiladi. Navoiy poetikasi mumtoz poetikaning tarkibiy qismi bo‘lib, ushbu jumla istiloh sifatida dastavval Y.Is’hoqov tomonidan qo‘llanilgan. Olim o‘zining aynan shu nom bilan ataluvchi tadqiqotida buyuk shoir poetikasini uning lirik asarlari misolida tadqiq qilgan. Y.Is’hoqov Navoiy lirikasi poetikasini ikki muhim jihat - janrlar poetikasi hamda badiiy tasvir vositalari asosida o‘rganar ekan, shoir she’riyatiga xos badiiyatni “Xazoyin ul-maoniy” devonlari misolida o‘rgangan. Mumtoz poetikaga xos qoidalar va zamonaviy adabiyotshunoslikda qo‘lga kiritilgan tajriba va yutuqlar asosida “Navoiy poetikasi”ni quyidagi to‘rt yo‘nalish: she’r nav’lari, ilmi aruz, ilmi badi’ va ilmi qofiya asosida o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bunda ham nazariy poetika (fonika va ritmika masalalarini ilmi aruz doirasida), ham tarixiy poetika (strofika, stilistika, janrlar masalasini she’r nav’lari, ilmi badi’ doirasida) masalalari umumlashtirilgan holda tahlil obyektiga tortiladi. Ushbu yo‘nalishlardan kelib chiqib, “Navoiy poetikasi” kursi quyidagi vazifalarni hal qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi: – Navoiy she’riyatini janrlar poetikasini tadqiq qilish asosida o'rganish. Bunda asosiy e’tibor Navoiyning lirik janrlar taraqqiyotiga qo'shgan hissasi, shoirning yoshlik lirikasiga xos janrlar, “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotining janr xususiyatlari va “Devoni Foniy”dagi lirik janrlar poetikasiga qaratiladi; 83 – nasriy asarlar badiiyatini nasr ritmiga xos birliklar - ritmik vositalar yordamida o‘rganish. Bunda mumtoz saj’ning betakror namunasini o‘zida mujassamlashtirgan “Mahbub ul-qulub” va “Munojot” asarlari tahlil qilinadi. – Alisher Navoiy aruzi bilan bog'liq masalalarni tadqiq qilish. Bunda shoir devonlaridagi bahrlar miqdori tadrijiylik asosida ko‘rib chiqiladi va shoirning aruz tizimidan foydalanish mahorati devondan devondan qay tarzda o'zgarib borganligiga diqqat qaratiladi, Navoiyning turkiy aruz taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi ochib beriladi. Dastlab muxlislar tomonidan tartib berilgan devonlarning vazn xususiyatlari o'rganib chiqiladi, keyingi bosqich sifatida “Badoyi’ ul-bidoya” va “Navodir un-nihoya” devonlarida qo‘llanilgan bahrlar tahlil qilinadi. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotining vazn xususiyatlari, kulliyotning vazn ko‘rsatkichlari o‘rganiladi, Navoiy she’riyatida qo‘llanilgan ruboiy vaznlari “Xazoyin ul-maoniy” va “Nazm ul-javohir”dagi ruboiylar asosida tadqiq qilinadi; – Navoiy “Xamsa”sining vazn xususiyatlarini tadqiq qilish. Bunda vazn va ritmik variatsiyalar munosabati o‘rganilib, hazaji axrab va xafif bahrlariga xos ritmik variatsiyalarga urg‘u qaratiladi va ularning dostonlar mazmunini ochishdagi o‘rniga to‘xtalib o‘tiladi. “Xamsa” dostonlarining ohang xususiyatlarini o‘rganishda ritmik urg‘uning ahamiyatiga e’tibor qaratiladi; – Navoiy ijodida badiiy san’atlarning o‘rnini tadqiq etish. Bunda badiiy san’atlarga mumtoz ilmi badi’ga doir tasnif (lafziy, ma’naviy va mushtarak san’atlar) asosida yondashiladi. “Xamsa” dostonlaridn qo'llanilgan yetakchi badiiy san’atlarga e’tibor qaratiladi; – Navoiy she’riyatini ilmi qofiya asosida tadqiq qilish. Bunda Navoiyning qofiya tizimiga kiritgan yangiligi, Navoiy ijodida qo‘llanilgan qofiya turlari o‘rganiladi, o‘zak tarkibiga ko'ra farqlanuvchi qofiya turlari va tuzilishiga ko‘ra farqlanuvchi qofiya turlarining Navoiy she’riyatidagi o‘rniga ahamiyat qaratiladi. Radif va hojib, saj’ va qofiya munosabatlari o‘rganiladi. Download 116 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling