Navoiy she’riyati va janrlar poetikasi. Nasriy asarlar badiiyati


Download 116 Kb.
bet5/5
Sana22.04.2023
Hajmi116 Kb.
#1382056
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-Mavzu

Tayanch tushunchalar: poetika, nazariy poetika, tarixiy poetika, ilmi balog‘a, ilmi ma’oniy,
ilmi bayon, ilmi badi’, ilmhoi segona, ilmi aruz, ilmi qofiya, tazkira, insho.
Savol va topshiriqlar
1. “Poetika” atamasining lug'aviy va istilohiy ma'nolariga ta'rif bering.
2. Ilmi balog’aning vujudga kelish sabablariga to‘xtalib o‘ting. U qanday tarkibiy
qismlardan iborat bo‘lgan?
3. Adabiy ilmlarga ta’rif bering.
4. Ilmlar uchligining tarkibiy qismlarini sanang.
5. Mumtoz poetikaga doir qanday nazariy asarlarni bilasiz?
6. Navoiy davridagi adabiy turlarga ta’rif bering. Ajdodlarimiz nazm va nasrga
munosabatda qanday mezonlarga tayanganlar?
7. Nasrga xos janrlardan qaysilarini bilasiz?
8. Navoiyningpoetik qarashlari qaysi asarlarida namoyon bo'ladi?
9. Navoiy poetikasi kursini
Mavzu: „DEVONI FONIY“ POETIKASI
Alisher Navoiyning forsiy she’riyati badiiyatda turkiy she’rlaridan qolishmaydi. Uning forsiy
nazmi haqidagi to‘laroq ma’lumot “Muhokamatu-l-lug‘atayn” asarida uchraydi. Hazrat Navoiy bu
asarida forsiy tilda yaratgan she’rlari haqida gapirar ekan, bu she’rlarning janriy jihatlariga alohida
to‘xtaladi, ularning yaratilish xususiyatlariga birma-bir sharh beradi. Xususan, muayyan she’rlarini
yaratishda qaysi forsigo‘y adiblarning asarlaridan ilhomlangani, qaysi she’ri nima munosabat bilan
yozilganligiga maxsus to‘xtalib o‘tadi, hatto ba’zi janrlarning miqdorini ham ko‘rsatib o‘tadi.
Mukammal asarlar to‘plamining 18-, 19- va 20-jildlari “Devoni Foniy”ni o‘z ichiga oladi.
Mazkur nashrda 552 g‘azal, 1 musaddas, 1 tarkibband – marsiya, 64 qit’a, 72 ruboiy, 16 ta’rix, 266
muammo, 10 qasida, 9 lug‘z kabi janrlardan tashkil topgan 991 she’r mavjud. Biz janrlar tavsifini
berishda mazkur nashrga suyandik.
Sharq mumtoz adabiyotida tartib berilgan barcha devonlar singari “Devoni Foniy”da ham
markaziy o‘rinni g‘azal janri egallaydi. Devondagi g‘azallar muxtara’, tatabbu’ va tavr tarzida
yaratilgan. Muxtara’ arabcha so‘z bo‘lib, “kashf etilgan”, “ixtiro qilingan” ma’nolarini anglatadi.
Bu o‘rinda Navoiy – Foniyning o‘zga shoirlardan ta’sirlanmasdan, bevosita o‘zi mustaqil tarzda
yaratgan g‘azallari nazarda tutiladi. Devonda ular muxtara’ va ixtiro’ sarlavhasi ostida ham
keltirilgan.
Olame xoham, ki nabvad mardumi olam dar o‘,
K-az ҷafoi mardumi olam naboshad g‘am dar o‘.
Tarjimasi:
Olam istarmanki, unda ahli olam bo‘lmasin,
Unda olam ahlining bedodidin g‘am bo‘lmasin18.
Mazkur g‘azal aruz tizimining ramali musammani mahzuf (ruknlari va taqti’i: foilotun
foilotun foilotun foilun ˗ V˗ ˗ / ˗ V˗ ˗ /˗ V˗ ˗ /˗ V˗ ) vaznida yozilgan.
Tatabbu’ arabcha “biror narsaning ketidan tushish”, “izidan borish” ma’nolarini bildirib,
adabiy istiloh sifatida biror she’rdan ta’sirlanib, undagi vazn, qofiya va radifni saqlagan holda asar
yaratishni anglatadi. Bunday she’rlar nazira, o‘xshatma, javobiya deb ham yuritiladi. Tavr arabcha
“biror narsa atrofida aylanish”, “tarz”, “yo‘sin”, “uslub” ma’nolarini anglatadi. Bunday she’rlarda
vazn, qofiya va radif mezon qilib olinmaydi, balki o‘zga she’rdagi uslub va mazmundagi she’riy
talqinga rioya qilinadi. Devondagi aksariyat g‘azallar Alisher Navoiyning buyuk forsiy salaflari
Amir Xusrav Dehlaviy (32 tatabbu’, 1 tavrida), Xoja Hofiz Sheroziy (211 tatabbu’, 20 tavrida),
Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy (22 tatabbu’, 2 tavrida), Kotibiy (1 tatabbu’), Xoja Salmon
Sovajiy ( 2 tatabbu’), Xoja Kamol Xo‘jandiy (4 tatabbu’), Xoja Hasan Dehlaviy (2 tatabbu’),
xalaflari Abdurahmon Jomiy (31 tatabbu’, 8 tavrida), Amir Shayxim Suhayliy (3 tatabbu’), Ahmad
Hojibek Vafoiy (2 tatabbu’), Shohiy Sabzavoriy (3 tatabbu’), Sohib Balxiy (1 tatabbu’), Sayfiy
Buxoriy (1 tatabbu’), Ismat Buxoriy (1 tatabbu’), Najmiddin Muhammad Kohiy Miyonkoliy (1
tatabbu’), Husayniy (2 tatabbu’) kabi ijodkorlarning g‘azallaridan ta’sirlanib yaratilgan.
Devondagi eng ko‘p tatabbu’ Hofiz Sheroziy g‘azallariga bitilganligini kuzatish mumkin.
Ushbu Sheroz Hofizining o‘zbek kitobxonlariga yaxshi tanish bo‘lgan
Agar on turki Sherozi ba dast orad dili moro,
Ba xoli hinduyash baxsham Samarqandu Buxororo
deb boshlanuvchi g‘azaliga Navoiy quyidagicha tatabbu’ bog‘lagan:
Gar on turki Xitoy no‘sh sozad jomi sahboro,
Naxust orad so‘i mo turktozi qatlu yag‘moro.
Tarjimasi:
O‘shal turki xitoy juft aylasa gar jomi sahboni,
Chu bizdin boshlagay turktozini ul, qatlu yag‘moni19.
18 Jamol Kamol tarjimasi “Foniy gulshani”. – B.15
19 Jamol Kamol tarjimasi “Foniy gulshani”. – B.92
85
Mazkur g‘azal aruz tizimining hazaji musammani solim (ruknlari va taqti’i: mafoiylun
mafoiylun mafoiylun mafoiylun V˗ ˗ ˗ / V˗ ˗ ˗ / V˗ ˗ ˗ / V˗ ˗ ˗) vaznida yozilgan.
G‘azal maqta’sida Navoiy kamtarlik bilan o‘ziga murojaat qilib, “Hofiz g‘azallariga tatabbu’
bitib, uning jahonni bezagan nazmidan sen ham tilanib, tatib ko‘r” deb yozadi:
G‘azal guftan musallam shud ba Hofiz, shoyad, ey Foniy,
Namoy choshny daryuza z-on nazmi jahonoro.
“Devoni Foniy”dagi g‘azallar bilan tanishar ekanmiz, Navoiy kashf etgan yangi bir usulga
ham guvoh bo‘lamiz. Ya’ni, shoir ba’zan bir g‘azalning o‘zida ikki shoirdan ijodiy ta’sirlanadi va
bunday g‘azallarga quyidagicha sarlavhalar qo‘yadi: Tatabbu’i Mir dar tavri Xoja (Xoja Hofiz
Sheroziy uslubida Amir Xusrav Dehlaviyga javob), Tatabbu’i Shayx dar tavri Maxdum
(Abdurahmon Jomiy uslubida Shayx Sa’diyga javob) va h.k.
“Devoni Foniy”dan bir musaddas o‘rin olgan bo‘lib, “koshki” radifi asosida yaratilgan.
Mazkur musaddas Abdurahmon Jomiy g‘azaliga bog‘langan bo‘lib, yaratilish xususiyatiga ko‘ra
tasdis hisoblanadi. Musaddas 9 banddan iborat bo‘lib, jami 54 misrani o‘z ichiga oladi. Musaddas
yor (do‘st) diydori tarannumiga bag‘ishlangan. U quyidagi band bilan boshlanadi:
Kardame dar xoki ko‘i do‘st ma’vo koshky,
Sudame ruxsori xud bar xoki on po koshky.
Omady berun zi ko‘i sarvi bolo koshky.
Burqa’ afkandy zi ro‘i olamoro koshky.
Didame didori on dildori ra’no koshky
Dida ravshan kardame z-on ro‘i zebo koshky.
(Mazmuni:
Koshki, do‘st ko‘yi (ko‘chasi) tuprog‘idan joy olsam edi.
Koshki, uning oyog‘i tuprog‘i (izi)ga yuzlarimni surtsam edi. Koshki, u sarvqomat
ko‘chasidan chiqib kelsa edi.
Olamni bezovchi yuzidan koshki, pardasini olsa edi.
Koshki, u ra’no dildorning diydorini ko‘rsam edi.
Koshki, ko‘zimni u zebo yuz bilan ravshan qilsam edi).
Mazkur musaddas aruz tizimining ramali musammani mahzuf (ruknlari va taqti’i: foilotun
foilotun foilotun foilun ˗ V˗ ˗ / ˗ V˗ ˗ /˗ V˗ ˗ /˗ V˗ ) vaznida yozilgan.
Devonda keltirilgan marsiya-tarkibband shoirning ustozi va piri Abdurahmon Jomiy vafoti
munosabati bilan yaratilgan bo‘lib, she’rga “Marsiyai hazrati Maxdum” deb nom qo‘yilgan. Navoiy
ustozi vafotiga bir yil to‘lganda uning qabri ustiga katta maqbara qurdirib, marosim uyushtiradi va
ushbu voqea munosabati bilan marsiya yozadi. Marosimda mazkur marsiyani o‘sha davrning
mashhur olimlaridan biri Husayn Voiz Koshifiy o‘qib beradi. Bu haqda Abulvose’ Nizomiyning
“Maqomoti Mavlaviy Jomiy” asarida ma’lumot keltiriladi. Marsiya 7 bandli bo‘lib, har bir band 10
baytni o‘zi ichiga oladi (jami 140 misra). Bu marsiya “Xamsatu-l-mutahayyirin”ning xotimasiga
ham kiritilgan. Marsiya quyidagi bayt bilan boshlanadi:
Har dam az anҷumani charx ҷafoye digar ast,
Har yak az anҷumi u dog‘i baloye digar ast.
(Mazmuni:
Har dam osmon anjumanidan yangi bir jafo keladi,
Uning har bir yulduzi yangi bir baloning dog‘idir)
Ushbu tarkibband-marsiya aruz tizimining ramali musammani solimi maxbuni maqsur
(ruknlari va taqti’i: foilotun failotun failotun failon ˗ V˗ ˗ / V V˗ ˗ /V V˗ ˗ / V V~ ) vaznida
yozilgan.
“Devoni Foniy”da qit’a janri ham alohida o‘rin egallaydi. Devonda jami 64 qit’a mavjud
bo‘lib, shundan 44 tasi 2 baytli, 13 tasi 3 baytli, 5 tasi 4 baytli va 2 tasi 5 baytli qit’alardir.
Qit’alarda shoirning ma’naviy-axloqiy qarashlari, shaxsiy kuzatishlari bilan bir qatorda she’r va
shoirlik haqidagi fikrlari ham o‘z ifodasini topgan.
Zi sar to po naboshad she’ri kas xub,
Ki in mumkin naboshad hech kasro.
86
Badu nek ar barobar hast, bad nest,
Base dorand in neku havasro.
Zi bad gar neki o‘ boshad ziyoda,
Nadid az sad yake in dastrasro.
Kalomi Haq nayomad jumla yakson,
Chi boshad nukta mushti xoru xasro.
(Mazmuni:
Hech kimning she’ri boshdan bir xilda yaxshi bo‘lmaydi,
Bu deyarli mumkin emas.
Agar yaxshi-yu, yomoni barobar bo‘lsa, bu – yomon emas,
Buni ko‘pchilik orzu qiladi.
Yomonidan yaxshisining ko‘p bo‘lishi
Yuzdan bir shoirga ham muyassar bo‘lgan emas,
Haqningki, barcha so‘zi bir xil bo‘lmagandan keyin
Bizdek xoru xaslarga (tenglikni) kim qo‘yibdi?)
Ushbu qit’a aruz tizimining ramali musaddasi mahzuf (ruknlari va taqti’i: foilotun foilotun
foilun ˗ V˗ ˗ /˗ V˗ ˗ / ˗ V˗ ) vaznida yozilgan
“Devoni Foniy”dan 72 ruboiy o‘rin olgan. Diqqatga sazovor tomoni, ruboiylarning barchasi
to‘rt misrasi ham o‘zaro qofiyalanuvchi taronai ruboiylardir.
Ҷonam ba du la’li ҷonfizoi tu fido,
Ruham ba nasimi atrsoi tu fido.
Oshufta dilam ba ishvahoi tu fido,
Farsuda tanam ba xoki poi tu fido.
(Mazmuni: Jonim sening jon bag‘ishlovchi ikki labingga fido,
Ruhim sen tomondan esadigan muattar nasimga fido,
Oshiq ko‘nglim sening ishvalaringga fido,
Xasta jismim oyog‘ing tuprog‘iga fido).
Devonda ta’rix janriga oid she’rlar ham mavjud bo‘lib, ularning soni 16 ta. Ta’rix bu
muayyan voqea-hodisa yoki inson hayoti bilan bog‘liq biror sanani ochiq aytilmay, arab
alifbosidagi harflar vositasi, ya’ni abjad usuli asosida ko‘rsatishdir. She’rshunoslik ilmida ta’rixga
alohida she’riy janr sifatida ham, badiiy san’at sifatida ham qarash mavjud. Bu ikkala qarash ham
muayyan asosga ega. Agar ta’rix usuli katta hajmdagi asarlar: dostonlar, manzumalar tarkibida va
ko‘pincha asarlarning oxirida kelsa, bu alohida janr bo‘lmasdan, badiiy san’at hisoblanadi (“Yusuf
va Zulayho”, “Hayratu-l-abror” dostonlaridagi kabi).
Devonlar ichida alohida mustaqil she’r shakli sifatida keltirilgan ta’rixlarni janr sifatida talqin
qilish mumkin. Shu ma’noda “Devoni Foniy” tarkibiga kiruvchi 16 ta ta’rix alohida janr bo‘lib, ular
qit’a, ruboiy va to‘rtliklar shaklida yaratilgan.
Ta’rixlar mavzusiga ko‘ra kishilar tavalludi yoki vafotiga doir; muayyan binolarning
qurilishiga oid; taxtga chiqish, fath va biror voqea- hodisa sodir bo‘lgan sanaga bag‘ishlab
yaratilishi mumkin. Alisher Navoiy ta’rixlari, asosan, kishilar vafotiga oid (mutavaffiyot)
yo‘nalishida bo‘lib, hazrat Navoiyning ustozlari va do‘stlari Abdurahmon Jomiy, Pahlavon
Muhammad, Sayyid Hasan Ardasher, Xoja Ubaydulloh Ahror, Sulton Mahmud kabi shaxslarning
vafot sanasiga bag‘ishlangan. Masalan, Abdurahmon Jomiy vafotiga baag‘ishlangan ta’rixda “45ا
78ا9:ز5” – “Xudo biyomurzad” jumlasi ta’rix sanasi sifatida keltiriladi:
Sarvi chamani hayot Abdurahmon,
K o‘ raft az in dayri fano so‘i jinon.
Ta’rixi chunin voqeai g‘ussarason,
Gar mexony: “Xudo biyomurzad” xon.
(Mazmuni: Hayot chamanining sarvi – Abdurahmon,
bu foniy dunyodan (ruhi) jannatga ketdi.
G‘am-g‘ussa yetkazuvchi shunday voqealarning ta’rixini o‘qiganingda: “Xudo biyomurzad” –
deb o‘qi).
87
Mazkur ta’rixdagi “45 ا78ا9:ز5” – “Xudo biyomurzad” jumlasidagi harflar abjad hisobiga ko‘ra
belgilanganda hijriy 989, milodiy 1492 yil kelib chiqadi. Ushbu ta’rix ruboiy shaklida yozilgan.
Devoni Foniy”dan muammo janri ham o‘rin olgan. Muammolarning aksariyati bir baytli,
faqat 14-muammo ikki baytdan iborat. Muammolar devonga muammoning javobi boshlangan
harflarning arab alifbosidagi tartibi asosida joylashtirilgan. Ya’ni, dastlab yechimi ““ – ”اalif” harfi
bilan boshlanuvchi ism yoki nomlar keltiriladi. Masalan, Odam, Amin, Omir va b. Shu tarzda
yechimi ““ – ”بbe”, “=” – “te” va boshqa harflar bilan boshlanuvchi muammolar berib boriladi.
“Xazoyinu-l-maoniy”dagi tartibga asosan, muammoning javobi sarlavha sifatida matn boshida
keltiriladi. Devonda javobi “alif” bilan boshlanuvchi muammolar eng katta ko‘rsatkichni tashkil
qiladi. Ularning soni 78 ta. “Be” bilan tugallanuvchi muammolar miqdori esa 46 ta. Devonda ba’zi
harflar bilan boshlanadigan muammolar uchramaydi. “Devoni Foniy”dagi tartibga e’tibor qaratish
shuni ko‘rsatadiki, aslida shoir har bir harfga mos holda muammo yaratganu, lekin ular bizgacha
yetib kelmagan yoki joriy nashrlardan o‘rin olmagan. Chunki Navoiyning o‘zi “Muhokamatu-llug‘atayn” asarida forsiy tildagi muammolari sonini 500 ga yaqin deb ko‘rsatib, ularning aksariyati
Abdurahmon Jomiy nazariga tushganini aytadi. Bu ma’lumot “Devoni Foniy” nusxalarining hech
biri hali to‘liq mukammal nusxa emasligini ko‘rsatadi.
“Devoni Foniy”da muhim o‘rin tutuvchi janrlardan yana biri qasidalardir. Ularning soni 10 ta
bo‘lib, ikki turkumni: “Sittai zaruriya” (“Olti zarurat”) va “Fusuli arbaa” (“To‘rt fasl”) qasidalar
majmuasini o‘z ichiga oladi. “Sittai zaruriya” olti qasidadan iborat bo‘lib, Alisher Navoiy ularning
mavzusi haqida “Muhokamatu-l-lug‘atayn”da shunday yozadi: “Bu olti qasida hamd va na’t va
sano va mav’izotdur va ahli tasavvuf va haqiqat tili bila ma’rifat”. Mazkur majmua 1497 yilda tartib
berilgan bo‘lib, uni tuzishga Navoiyni avval ustozi Jomiy, uning vafotidan so‘ng esa Sulton Husayn
Boyqaro ilhomlantirgan. Bu haqda majmuaga yozilgan debochada ma’lumot keltirib o‘tiladi.
Majmuadagi birinchi qasida “Ruhu-l-quds” (“Muqaddas ruh”) deb atalib, 132 baytni o‘z
ichiga oladi. Qasidaning yozilgan sanasi matn tarkibida ta’rix yo‘li bilan hijriy 895, melodiy 1491
yil deb ko‘rsatib o‘tilgan. Qasidada ilohiy tavhid: olamning yagonaligi, yagona abadiy va azaliy
borliq, Yaratganning qudrat va azimati, zarradan koinotgacha uning izmida ekanligi madh etiladi.
Qasida quyidagi bayt bilan boshlanadi:
Zihy ba xomai qudrat musavviri ashyo,
Hazor naqshi aҷib har zamon az o‘ paydo.
(Mazmuni: Ashyolarga surat beruvchi (Allohning) qudratiga tasannokim,
Har zamon undan minglab ajoyib naqshlar paydo bo‘lgay).
Ushbu qasida aruz tizimining mujtassi musammani maxbuni maqtu’ (runklari va taqti’i
mafoilun failotun mafoilun fa’lun V – V – / V V – – / V – V –/ – –) vaznida yozilgan.
Majmuadagi ikkinchi qasida hajman 106 bayt bo‘lib, “Aynu-l-hayot” (“Hayot chashmasi”)
deb ataladi. Qasidaning yaratilgan yili noma’lum. “Aynul hayot” olam sarvari, payg‘ambarimiz
Muhammad (SAV)ning muborak me’rojlari, ularning diydorlariga barcha sayyoralar, oyu quyosh,
arshu kursi, farishtalar muntazir ekanligi, Payg‘ambarimizning Parvardigor bilan muloqotlari
tasviriga bag‘ishlangan. Qasida shunday boshlanadi:
Hojiboni shab chu shodurvoni savdo afganand,
Ҷilva dar xayli butoni mohsimo afganad.
(Mazmuni: Tun pardadorlari qora chodirlarini yoygan chog‘larida
Oy yuzli butlar to‘dasi (yulduzlar)ga jilva qiladilar).
Ushbu qasida aruz tizimining ramali musaddasi maqsur (ruknlari va taqti’i: foilotun foilotun
foilon ˗ V˗ ˗ /˗ V˗ ˗ / ˗ V~ ) vaznida yozilgan.
Uchinchi qasida “Tuhfatu-l-afkor” (“Fikrlar sovg‘asi”) deb nomlanib, hajman 99 baytni o‘z
ichiga oladi. Shoirning “Sittai zaruriya” debochasidagi ishoralari va qasida matnidagi ta’rixdan
mazkur qasidaning barcha qasidalardan oldin, ya’ni 1476 yilda yaratilganligi ma’lum bo‘ladi.
Qasidaning yaratilish tarixi haqida “Xamsatul mutahayyirin”da batafsil ma’lumot keltirilgan.
Qasida Xusrav Dehlaviyning “Daryoi abror” va Abdurahmon Jomiyning “Lujjatu-l-asror”
qasidalariga javoban yozilgan bo‘lib, darveshlikning oliy rutbasi – faqr tavsifiga bag‘ishlangan.
Bunda faqr maqomi komillikning oliy namunasi sifatida mansabdor shaxslar, xususan shohlar
88
axloqiga qarama-qarshi qo‘yiladi. Qasidada ushbu g‘oyaning tamsil va kitobot san’atlari vositasida
bayon qilinishi uning badiiy jihatdan yetukligini ta’minlagan. Qasida quyidagi bayt bilan
boshlanadi:
Otashin la’le’, ki toҷi xusravonro zevar ast,
Axgare bahri xayoli xom puxtan dar sar ast.
(Mazmuni: Podshohlar tojidagi qip-qizil la’l – boshda xom xayol pishiruvchi (yetiltiruvchi)
bir cho‘g‘dir).
Ushbu qasida tatabbu’ tarzida yozilganligi uchun unda salaflar qasidalarida qo‘llanilgan
ramali musaddasi maqsur (ruknlari va taqti’i: foilotun foilotun foilon ˗ V˗ ˗ /˗ V˗ ˗ / ˗ V~ ) vazni
saqlangan.
Majmuadagi to‘rtinchi qasida “Qutu-l-qulub” (“Qalblar quvvati”) deb ataladi. Qasida hajman
120 baytdan iborat bo‘lib, XII asr fors-tojik adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Avhadiddin
Anvariy (1105-1187) qasidasiga tatabbu’ tarzida yaratilgan. Unda dunyoning bebaqo va bevafoligi,
falakning zolim ekanligi aytilib, insonlarning ana shu o‘tkinchi, foniy dunyoga mehr qo‘ymay,
oxirat kunini o‘ylashlari, ruhiy ma’naviy yuksalishga e’tibor qaratishlari zarurligi uqtiriladi.
Qasidaning birinchi bayti quyidagicha:
Ҷahonki, marhalai tangi shohrohi fanost,
Dar o‘ maҷo‘y iqomat, ki rohi shohu gadost.
(Mazmuni: Jahonkim, fanoning bepoyon yo‘lining tor bir yo‘lakchasidir,
Unda abadiy yashamoqni o‘ylamakim, bu – shohu gadoning (o‘tar-ketar) yo‘lidir).
Qasida Anvariy qasidasida qo‘llanilgan mujtassi musammani maxbuni maqsur (ruknlari va
taqti’i: mafoilun failotun mafoilun failon V – V –/ V V – – / V – V – / V V ~) vaznida yaratilgan.
Beshinchi qasida “Minhoju-n-najot” (“Najot yo‘li”) 138 baytdan iborat. Sarlavhada keltirilgan
nomlardan ma’lum bo‘ladiki, u ikki forsigo‘y adib Anvariy va ozarbayjon shoiri Xoqoniy
Shervoniy (1120-1199) qasidalariga tatabbu’ tarzida yaratilgan. Qasidada Inson va Shayton
munosabatlari, yaxshilik va yomonlik tasvirlari beriladi, jannatdan badarg‘a bo‘lgan Odam Ato
farzandlari va bani basharning komil insonga xos bo‘lmagan noxush va nomunosib axloqiy belgilari
tanqid qilinadi. Qasida quyidagi bayt bilan boshlanadi:
Zihy az sham’i ro‘yat chashmi mardum gashta nurony,
Ҷahonro mardumi chashm omady az ayni insony.
(Mazmuni: Qanday yaxshiki, yuzingning sham’i (nuridan) insonlarning ko‘zi yoridi.
Insonlikning javhari bo‘lganing uchun jahon odamlarining ko‘z qorachig‘iga
aylanding).
Qasida salaflar qasidalari singari hazaji musammani solim (ruknlari va taqti’i: mafoiylun
mafoiylun mafoiylun mafoiylun V˗ ˗ ˗ / V˗ ˗ ˗ / V˗ ˗ ˗ / V˗ ˗ ˗) vaznida yozilgan.
Majmuaning so‘nggi qasidasi “Nasimu-l-xuld” (“Jannat shamoli”) Xoqoniy Shervoniy, Amir
Xusrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiy qasidalariga tatabbu’ tarzida vujudga kelgan bo‘lib, 129
bayni o‘z ichiga oladi. Qasidada inson poklanishi va komillikka erishishi uchun nimalar qilishi
lozimligi, tariqat odobi va usullari, murshid va murid munosabatlari, Haq yo‘liga kirgan solik
oldiga qo‘yiladigan talablar birma- bir bayon etiladi. Boshqacha qilib aytganda, Navoiyning
naqshbandiya tariqati, tasavvuf haqidagi qarashlari yaxlit bir tizimda ifodalab beriladi. Shu ma’noda
qasidani naqshbandiya tariqatining o‘ziga xos dasturi, she’riy bayonnomasi deb aytish mumkin.
Qasidaning birinchi bayti quyidagicha:
Muallim ishqu piri aql shud tifli dabistonash,
Falak don, bahri ta’dibi vay inak charxi gardonash.
(Mazmuni: Muallim ishqu uning maktabining talabasi aql piridir.
Falakni unga adab o‘rgatish uchun aylanib turuvchi charx deb bil).
Bu qasida ham yuqoridagi qasida singari hazaji musammani solim (ruknlari va taqti’i:
mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun V˗ ˗ ˗ / V˗ ˗ ˗ / V˗ ˗ ˗ / V˗ ˗ ˗) vaznida yaratilgan.
“Devoni Foniy”dan o‘rin olgan ikkinchi qasidalar majmuasi “Fusuli arbaa” (“To‘rt fasl”) deb
ataladi. Qasida 4 qismdan iborat bo‘lib, yil fasllarining go‘zal manzarasi tasviriga bag‘ishlangan.
Shoir tabiatni tasvirlash orqali asl maqsadiga erishadi: zamona sultoni Husayn Boyqaroni madh
89
etadi. Navoiy har bir fasl va undagi tasvir usullarini e’tiborga olgan holda ularda turli vaznlarni
qo‘llaydi. Xususan, yoz fasliga bag‘ishlangan “Saraton” deb nomlangan qasida 71 baytdan iborat
bo‘lib, shunday boshlanadi:
Boz otashi xo‘r soxt samandar saratonro
Afro‘xt chu otashkada gulzori jahonro.
(Mazmuni: Quyosh otashi saratonni yana samandarga aylantirdi,
Jahon gulzorini otashkada kabi lovillatdi).
Qasida hazaj bahrining eng o‘ynoqi vazni hisoblangan hazaji musammani axrabi makfufi
mahzuf vazni (ruknlari va taqti’i: maf’ulu mafoiylu mafoiylu fauvlun – – V V – – V V – – V V – –
)da yozilgan. Bu vazn ruhiyat tasviri bayonidan ko‘ra ko‘proq jismoniy: yengil va shaxdam harakat,
sho‘xchan kayfiyat bayoniga mos keladi. Har ikki cho‘ziq bo‘g‘indan keyin ikki qisqa bo‘g‘inning
yonma-yon kelishi ritmga o‘ynoqilik bag‘ishlaydi. Va shunga mos holda mazkur qasidada yozning
insonga ko‘proq jismoniy ta’siri ko‘rsatilganligini, har bir baytda saraton jaziramasi aynan inson
a’zoi badaniga (ruhiyatiga emas) ta’sir qilayotganligini kuzatish mumkin.
Qasidada 27-baytdan Sulton Husayn Boyqaro ta’rifi boshlanadi va “yozning issig‘idan panoh
izlovchi kishilar uchun Husayn Boyqaro tug‘i soyasi makondir” degan fikr ilgari suriladi:
Z-in garmii xurshed birast, on, ki, panah soxt,
Zilli sharafi royati Chamshedi zamonro.
(Mazmuni: Quyoshning taftidan panoh izlovchi kishi, (uni) zamona Jamshidi tug‘i soyasining
sharofatidan topqusidir).
Majmuada “Xazon” (“Kuz”) fasli ta’rifi boshlanishi bilan undagi she’riy o‘lchov ham
o‘zgaradi:
Digar shud bahri sanjidan barobar adli davronro,
Zi kofo‘ri zi mushk ro‘zu shab du palla mezonro
(Mazmuni: Davron adolatini o‘lchash mezonlari o‘zgardi, tarozuning bir pallasida
(kunduzning ramzi) kofur, ikkinchisida (kechaning timsoli) mushk tortiladigan bo‘ldi).
“Saraton”da qo‘llanilgan o‘ynoqi vaznning o‘rnini endi salobatli va sokin ohangga ega
bo‘lgan hazaji musammani solim vazni (ruknlari va taqti’i: mafoiylun mafoiylun mafoiylun
mafoiylun V– – – / V– – – / V– – –/ V– – – ) egallaydi. Cho‘ziq bo‘g‘inlar nisbatining qisqa
bo‘g‘inlardan 3 baravar ko‘pligi ohangning vazmin chiqishini ta’minlaydi. Aynan shunga mos
holda 33 baytdan iborat bu qasidada ruhiyat tasviri, ta’bir joiz bo‘lsa, kuzga xos o‘ychanlik,
mahzunlik yetakchilik qiladi.
Majmuaga “Bahor” kirib kelishi bilan unga xos yaratuvchanlik, yangilanish kayfiyati ham
kirib keladi:
Vazad bodi bahor ihyoi amvoti gulistonro,
Zi anfosi Maseho toza sozad olami jonro.
(Mazmuni: Bahor shamolining esishi, guliston gullariga yangidan hayot bag‘ishlaydi, go‘yo
Masiho nafasidan jonlar olamini yangilaydi).
Qasidada bahorning yaratuvchanlik xususiyati endi bevosita zamon hukmdori Husayn
Boyqaro ta’rifi keltirilgan o‘rinlarga ko‘chadi:
Chu andar hikmati asrori xilqat fikr bigmorad,
Biyobad onchi, maxfy monda Aflotunu Yunonro…
(Mazmuni: Yaratilish sirru asrori hikmati haqida fikrlaganda,
Yunon Aflotuni uchun ham maxfiy qolgan sirlarni topadi).
Nihoyat majmua yil fasllarining oxiri bo‘lgan “Day” (“Qish”) tasviri bilan yakun topadi.
Navoiy ta’biri bilan inson umrining poyoniga o‘xshatilgan bu fasl “kishining xam qad bila adam
yo‘lig‘a kirib, zamon ahli bilan xayirbod qilish”(“Xazoyinu-l-maoniy”dagi ta’bir) davri bo‘lib,
qasidada Foniy taxallusining qo‘llanilishi shunga ishoradir:
Ba bo‘i vasl nihad ro‘ ba dargahat, Fony,
Chunon ki ahli ibodat ba go‘shai mehrob.
(Mazmuni: Vasling bo‘yi umidida, Foniy dargohingga yuzini qo‘yadi,
bu ibodat ahlining mehrob go‘shasiga bosh qo‘yishidekdir).
90
Qasidada falsafiy mushohadakorlik bilan bog‘liq tuyg‘ularni berishga nihoyatda mos bo‘lgan
mujtass bahri (ruknlari va taqti’i: mafoilun failotun mafoilun fa’lun V – V – / V V — – / V – V – / –
-)ning qo‘llanilganligi shoirning yuksak badiiy salohiyatini ko‘rsatuvchi yana bir omildir.
Zi dargahi falak otash nuhuft dudi sahob,
Daro ba xirgahu otash furo‘z az mai nob.
(Mazmuni: Falak chodiridan ko‘rinayotgan otashni bulutlar pardasi to‘sdi,
chodirga kirginu tiniq, qizil maydon otashga zo‘r ber).
“Devoni Foniy” lug‘z (chiston) janri bilan yakun topadi. Devonda jami 9 lug‘z keltirilgan
bo‘lib, ular masnaviy, qit’a va ruboiy tarzida qofiyalangan. Lug‘zlar sham’, miqroz (qaychi),
parvona, tirgaz (o‘q), taxtiravon, kema kabi narsa-hodisalarga bag‘ishlangan. Masalan, sham’ga
bag‘ishlangan lug‘z qit’a shaklida yozilgan:
Chist on naxle, ki bargash nest, ammo hast gul,
Lek, on gulro buvad andar nazar andomu barg.
Garcha nabvad abr, lekin abrson shud qatrarez,
Qatra az vay chun ҷudo, aftod bandad chun tagarg.
Ham kushandu ham bimirad turfa boshad, lek on-k,
Kushtanash nabvad zi qatlu murdanash nabvad zi marg.
(Mazmuni: U qanday daraxdurki, bargi yo‘g‘u, guli bor. Lekin u gulga nazar Qilsang,
qomatiyu bargi bor. Bulut bo‘lmasa ham bulutdek qatralar to‘kadi. Qatralar tushib do‘ldek qotib
qoladi. Qiziq, uni ham o‘ldiradilar, ham o‘zi o‘ladi. O‘ldirilishi qatldan-u o‘limi esa ajaldan emas).
Chiston ramal bahrining ramali musammani maqsur (ruknlari va taqti’i: foilotun foilotun
foilotun foilon – V – – /– V – –/ – V – –/ – V ~) vaznida yaratilgan.
http://kh-davron.uz/kutubxona/alisher-navoiy/xurshid-davron-navoiynoma-xiii-chor-devondevoni-foniy-nasoyimul-muhabbat.html
http://kh-davron.uz/kutubxona/alisher-navoiy/alisher-navoiy-devoni-foniydan-tarjimalar.html
91

Download 116 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling