Navoiy she’riyati va janrlar poetikasi. Nasriy asarlar badiiyati


Download 116 Kb.
bet1/5
Sana22.04.2023
Hajmi116 Kb.
#1382056
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-Mavzu


Mavzu: NAVOIY POETIKASI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT.
NAVOIY SHE’RIYATI VA JANRLAR POETIKASI. NASRIY ASARLAR BADIIYATI.
“Poetika” so‘zi yunoncha so‘z bo‘lib, “ijod qilish san’ati” ma’nosini bildiradi. Poetika
ijodning qanday qilib san’atga aylanishi haqidagi fandir.
Bugungi kunda “poetika” atamasi ikki xil ma’noda ishlatiladi:
1. umumiy - keng ma’noda adabiyot nazariyasini bildiradi;
2. xususiy - tor ma’noda adabiyot nazariyasining tarkibiy qismi bo’lib, adabiy asar haqidagi
ta’limotdir.
Zamonaviy tasnifga ko‘ra, poetika fani quyidagi yirik sohalarni o‘z ichiga oladi:
1. umumiy poetika (yoki nazariy poetika - makropoetika) - fonika, ritmika, metrika, strofika
(band), stilistika, syujet va obrazlar tizimi;
2. xususiy poetika (yoki mikropoetika) - ma’lum bir ijodkorning asarlarini (yoki bir asarini)
badiiy jihatdan tadqiq qilish;
3. tarixiy poetika - alohida olingan poetik usullar va ularning tizimini qiyosiy-tarixiy
adabiyotshunoslik vositasida o‘rganish. Eng asosiy muammosi janrlar bilan bog'liq bo‘lib, ildizlari
xalq og'zaki ijodiga borib taqaladi.
Shuningdek, ushbu istiloh zamonaviy adabiyotshunoslikda ma’no ko‘lami va qamrov jihatdan
yanada kengroq tarmoqlarni o‘zida birlashtirib qo‘llanila boshlandi16.
Demak, poetika fani muayyan adabiy asarning badiiy ta’sirchanlik qudratini tadqiq qiladi.
Poeziya san’at bo‘lsa, poetika shu san’atni ilmiy tahlil qiluvchi fandir.
Aslida “Poetika” istilohi ilmiy muomalaga dastawal Arastu tomonidan kiritilgan bo‘lib, uning
shu nomli asarida bu istiloh quyidagi ma’nolarda qo‘llanilgan:
– badiiy borliq hosil qiluvchi, badiiy makon va zamonda mavjud bo'lib, dunyo va shaxs
haqidagi muayyan konsepsiyalar tashuvchi vositalar yig'indisidir;
– adabiyotshunoslik va ritorikaga yaqin bo‘lgan, badiiy borliqni hosil qiluvchi vositalar va
uning strukturasini o'rganuvchi ilmiy predmetdir (Y.Borev).
Y.B.Borevning ta’rifiga ko‘ra, tarixiy poetika mumtoz adabiyotning nazariy tarixi
hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, mumtoz poetikani nazariy va tarixiy poetikaning
muayyan tarzdagi umumlashmasi, deb qarash mumkin. Ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan musulmon
Sharqi adabiyotida poetika masalasi har doim she’riyat ahlining diqqat markazida turgan. Muayyan
ijodkorning badiiy salohiyati va iste’dodi haqida so‘z borganda, uning tasvir obyekti sifatida
nimalarni olgani emas, balki o‘sha obyekt yoki predmetni qanday tasvirlagani muhim hisoblangan.
Shu ma’noda u yoki bu ijodkor ijodiga yoxud muayyan badiiy asarga baho berilar ekan, ijodkor
ifodalamoqchi bo'lgan g‘oya qanday badiiy timsollar, vazn yoki qofiya vositasida bayon
qilinganligi bilan birga she’riy asarda qoMlanilgan badiiy san’atlarning rang-barangligi, ularning
asar тн/.munini ochishdagi o‘rni va ahamiyati kabi masalalarga limn alohida diqqat qaratilgan.
Sharq musulmon mumtoz poetikasi dastawal ilmi balog‘a (bnlog‘at ilmi) doirasida vujudga
kelgan. “Balog‘at”ning lug‘aviy ma’nosi “bulug* va vusul”, ya’ni “erishish va yetishish” bo‘lib,
istiloh sifatida Qur’oni karim va hadisi sharif tili bo'lmish arab tilining sir-asrorlarini ochuvchi,
uning nozik va nafis jihatlarini ko'rsatuvchi, balog'ati va fasohatini anglashni o‘rgatuvchi ilm
“balog'at ilmi” deyiladi. U ilmi maoniy, ilmi bayon, ilmi bndi’lardaii iborat17. Balog'at ilmi haqida
16 Poetikaning muayyan tarmog‘i ma’lum bir olim tomonidan nisbatan chuqurroq tadqiq qilinganligi uchun
adabiyotshunoslikda shu olim nomi bilan bog‘liq holda talqin qilinadi: Tarixiy poetika (A.N.Veselovskiy), nazariy
poetika (A.A.Potebnya), struktural poetika (R.Bart, Y.Lotman) va boshqalar. Shuningdek, ayrim ulug‘ ijodkorlarga
nisbatan Navoiy poetikasi (Y.Is’hoqov), Pushkin poetikasi (S.G.Bocharov), Dostoyevskiy poetikasi (M.Baxtin) tarzida
qo‘llanish ham qabul qilingan.
17
Aslida ilmi balog‘a dastlab ilmi bayon shaklida paydo bo‘lgan. Islom olamining mashhur olimlaridan bo‘lgan Fazl
ibn Rabiy’ning majlisida yig‘ilganlar Qur’oni karimdagi „Zaqqum“ to‘g‘risidagi oyatni tushunmaganliklari, undagi
zaqqum daraxtining mevasi va shaytonning boshi haqidagi jumlalarni sharhlashni so’raganlarida, ularga Abu Ubayda
javob beradi. U xalq orasida mashhur bo‘lgan yalmog‘iz kampirning o‘tkir va uchli tishlari haqidagi baytlarni o‘qib,
„Ushbu bayt ma’nosini qanday tushunsangiz, oyatning ma’nosi ham shunday bo‘ladi. Chunki oyatdagi o‘xshatilmish
78
hijriy ikkinchi asrdan boshlnb kitnhlnr yozila boshlagan. Ushbu uch ilm bo‘yicha Abu Ubayda
Ma’mar, Ja’far ibn Yahyo, Sahl ibn Xorun, Abdulloh ibn Mu’tazz va boshqalar ilk kitob yozgan
allomalardir.
Ilmi balog‘a dastavval Qur’oni karim oyatlarini sharhlashga ehtiyoj tufayli paydo bo‘lgan
bo'lsa, keyinchalik badiiy asarlarni ham shu ilm asosida tadqiq qilish boshlanadi. Mahmud
Zamaxshariy o‘zining “Al-kashshof” asariga yozgan muqaddimasida balog‘at ilmining ahamiyati
haqida shunday yozadi: faqih fatvo ilmida eng mashhuri bo‘lsa ham, mutakallim butun
dunyoni o'zining so‘z san’ati bilan lol qoldirsa ham, hofiz Ibn Qirriyadan ham zehnliroq bo‘lsa-da,
nahvchi Sibavayhidan ham bilimdon bo‘lsa, lug‘atshunos har bir so‘zni mohirona sharhlasa-da,
ularning barchasi maoniy va bayon ilmlarini bilmay, Qur’on ma’nolarini tushunishga, haqiqatni
bilishga ojiz bo‘ladilar”.
XI asrdan boshlab poetika masalalari ilmi adab (adabiy ilmlar) doirasida ish olib borgan.
Mahmud Zamaxshariy o'zining “Aruzi Qistos” asarida adabiy ilmlarning bir necha turini keltirib
o'tadi. “G'iyos ul-lug‘ot” muallifi Muhammad G'iyosuddin ularning sonini 12 ta deb ko‘rsatadi: 1)
sarf (morfologiya) ilmi; 2) ishtiqoq ilmi - so'zlar yasalishi qonun-qoidalarini o‘rgatuvchi fan; 3)
lug'at ilmi (leksikologiya); 4) bayon ilmi; 5) maoniy ilmi; 6) badi’ ilmi; 7) nahv ilmi (sintaksis); 8)
qofiya ilmi; 9) aruz ilmi; 10) tanqidchilik ilmi; 11) insho ilmi; 12) kitobat ilmi.
Adabiy bilimga ega bo‘lish kishidan bir necha xislatni kamolga yetkazishni talab qiladi:
zakovat, taxayyul, hofiza, tuyg‘u va zavq. Ikkinchidan, balog'at ahlining asarlarini puxta o‘rganib,
savod chiqarish ham adabiy ilmlarga ega bo‘lishning muhim omilidir. Uchinchidan, nazm va
nasrning o‘ziga xos qonuniyatlari, ijod sirlaridan xabardor bo‘lish talab etiladi. To‘rtinchidan,
tarixdagi ijodkorlarning uslubi bilan ham yaxshi tanishmoq kerak. O‘tmishda adabiy ilmlarni to‘liq
o‘zlashtirgan kishi adib, deb atalgan. Ularning bu fazli ba’zida taxallus sifatida ham qo‘llanilgan.
Masalan, Adib Ahmad Yugnakiy, Nizomiy Aruziy Samarqandiy, Abdujamil Kotib va h.k. Adib
bilan olim o‘rtasida farq bor: adib har bir narsadan eng yaxshisi va maqbulini tanlab oladi, olim esa
maqsadga erishish yo‘lida barcha narsalarni izchil o‘zlashtirmog‘i shart. Adabiy ilmlar o‘rta
asrlarda filologiyaga asos bo'lgan, nasr va nazmning nazariyasi hamda amaliyoti, til o‘rganishning
qonun-qoidalari, ifoda tarzi, badiiy san’atlar, aruz va qofiya kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab
olgan.
Arastuning “Poetika” asariga Forobiy tomonidan sharh yozilgach, uning izdoshi Ibn Sino
o‘zining musiqa va she’riyatga doir asarlarida she’rga “mavzuni muxayyali muqaffo” deb ta’rif
berdi va shu tariqa mumtoz poetikaning asosan she’riyat masalalari bilan ish ko‘ruvchi tarmog‘i -
“ilmlar uchligi” (ilmhoi segona) vujudga keldi. Bu ilm uchta mustaqil sohani o‘z ichiga oldi. Bular
quyidagilardir:

Download 116 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling