Navoiy she’riyati va janrlar poetikasi. Nasriy asarlar badiiyati


Download 116 Kb.
bet3/5
Sana22.04.2023
Hajmi116 Kb.
#1382056
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-Mavzu

Nazm anga gulshanda ochilmog‘lig‘i,
Nasr qaro yerga sochilmog‘lig‘i.
O‘rta asrlarda nasrdan asosan ilmiy asarlar, manoqib va risolalar yozishda istifoda etilgan
boTsa-da, ularning tarkibida ham nazmiy parchalardan foydalanish an’ana tusiga kirgan edi. Ushbu
turning o‘ziga xos adabiy janrlaridan shoir-u nosirlar o‘z mahoratlarini namoyish qilish, poetik
qarashlarini ifodalashda foydalanar edilar. Xususan, shunday adabiy janrlardan biri tazkira bo‘lib,
tazkira (ar. - xotira, esga olmoq) asosan, shoir va olimlarning tarjimai holi va ijodiyoti haqida
ma’lumot beruvchi tarixiy-adabiy majmua hisoblangan. Unda u yoki bu HIWIXH haqidagi muhim
80
ma’lumotlar va uning mashhur asarlaridan diqqnlgn sazovor misollar ilova qilingan. Tazkiralar
asosan tnrixiy-irfoniy mavzuda, slioirlarga doir va ba’zan badiiy janrlar bo'yicha tuzilgan. Birinchi
guruh tazkiralar atoqli mutasavvif va olimlar shaxsiyati, dunyoqarashi va ijodiy merosini yoritishga
bag'ishlangan bo‘lib, ularga “Tabaqot us-sufiya” (Abdurahmon Sulamiy, X-XI asrlar), “Tabaqot ussufiya” (Abdulloh Ansoriy, X asr), “Tazkirat ul-avliyo” (Farididdin Attor, XII asr), “Nafahot uluns” (Abdurahmon Jomiy, XV asr), “Nasoyim ul-muhabbat” (Alisher Navoiy, XV asr) kabi
tazkiralarni kiritish mumkin. Ikkinchi guruh tazkiralar nisbatan ko'proq bo‘lib, ularga Abu Tohir
Xotuniyning (XI) “Manoqib ush-shuaro”, as-Saolibiyning “Yatimat ud-dahr”, Muhammad
Avfiyning “Lubob ul-albob”, Davlatshoh Samarqandiyning Navoiyga bag‘ishlangan “Tazkirat ushshuaro” (1486), Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkiralari va boshqalar misol bo‘la oladi.
Bu turdagi tazkiralarda shoirlar va ularning she’rlariga munosabat bildirish asnosida tazkira
mualliflari o‘zlarining adabiy qarashlarini ham bayon qilib o‘tganlar.
Musulmon Sharqi adabiyotida insho janri ham mashhur bo Tib, asosan maktublar
yig‘indisidan iborat boTgan. Maktublar insho san’atini o‘zida namoyon qilib, unda maktub
bituvchining badiiy salohiyati, nuktadonligi, so‘zga hassosligi aks etgan. Bitiklarda maxsus axborot
yetkazishdan ko‘ra chuqur mazmun va yuksak badiiyatning ustuvor bo‘lishiga e’tibor qaratilgan.
Alisher Navoiy o‘zining insho san’atiga bag‘ishlangan “Munshaot” asari muqaddimasida she’riy
parchalar bilan bezalgan go'zal maktublarni turkiy tilda ham yozish mumkinligini isbotlash
maqsadida o‘zi yozgan xatlarni to'plab, taqdim etayotganligini ma’lum qiladi. Shu ma’noda Navoiy
“Munshaot”i tarkibiga kirgan maktublarda turli badiiy san’atlar - o‘xshatish, istiora, tashbih,
mubolag‘a va saj’ usulidan ko'plab o‘rinlarda foydalanilganligi kuzatiladi. Deyarli har bir maktubda
Qur’on oyatlari, hadislar, she’riy parchalar keltirilgan bo‘lib, ular xat yuborilgan insonga fikrni
yanada ta’sirchan tarzda yetkazishda xizmat qilgan.
Alisher Navoiyning mumtoz poetikaga doir nazariy qarashlari uning “Mezon ul-avzon”,
“Risolai muammo”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Majolis un-nafois” kabi filologik asarlarida,
“Badoyi’ ul-bidoya” va “Xazoyin ul-maoniy”ga yozgan debochalarida, “Xamsa” dostonlari
muqaddimalarida o‘z ifodasini topgan. “Mezon ul-avzon” asari ilmlar uchligining muhim va
tarkibiy qismi bo‘lmish aruz ilmi tadqiqiga bag'ishlangan bo‘lsa, “Risolai muammo”da she’r
nav’larining maxsus turi hisoblanmish (ayrim hollarda badiiy san’at) muammo janrining qonunqoidalari haqida so‘z boradi. “Badoyi’ ul-bidoya”ga yozgan debochasida devon tartib berish
masalalari, g‘azal janriga xos muhim xususiyatlar haqida fikr yuritgan buyuk so‘z san’atkori
“Xazoyin ul-maoniy” debochasi va kulliyotdagi ayrim lirik she’rlari (masnaviy, soqiynoma,
qit’alar)da badiiy ijod, she’r va shoirlik bilan bog‘liq masalalarga to‘xtalib o‘tadi. “Xamsa”
muqaddimalarida tuyuq, masnaviy, mustazod kabi janrlar poetikasi, she’r tabiati va shoirlik, surat
va ma’ni birligi bilan bog‘liq qarashlar shoir badiiy tafakkurining nechog‘li keng ekanligini
ko'rsatuvchi omillardandir. Xususan, “Hayrat ul-abror” dostonining o‘n beshinchi bobida o'zini
shoir deb biluvchi, aslida she’rga xos oddiy qonuniyatlardan ham bexabar, o’zlari anglamagan badiiy vositalar-u usullarni she’rlarida qo‘llashga intilgan ba’zi she’rtaroshlar haqida shunday yozadi:
Tab’kaj-u borcha takallumnamoy,
Nag‘machapu borcha tarannumsaroy.
Anglamayin so'zda tuyuq bahrini,
Qaysi tuyuq, balki qo’shuq bahrini.
Lafzlari bemaza, tarkibi sust,
Nosara ma’niyu ado nodurust...
Turf a bukim, she’r qo’yub otini,
Yetkurubon ko’kka mubohotini.
Navoiyning mumtoz poetikaga doir qarashlari bevosita uning surat va ma’ni (shakl va
mazmun) masalasiga bo‘lgan munosabatida yanada yorqinroq namoyon bo'ladi. U o‘zigacha
salaflari tomonidan qonuniyat darajasiga yetkazilgan - shakl va mazmun mutanosibligi masalasini
81
ijodining bosh tamoyili qilib oldi. Shayx Abdulqohir Jurjoniy o‘zining “Asror ul-balog‘a” asarida
“Eng yaxshi ma’noni o‘z tabiati va ixtiyoriga qo‘y, u o‘ziga muvofiq so‘zlar (shakl)ni o‘zi topa
olsin” deb yozgan bo‘lsa, Navoiy bu fikrni she’riy yo‘l bilan quyidagicha bayon qildi:
Nazmda ham asl anga ma’ni durur,
Bo’lsun aning surati har nedurur.
Nazmki ma’ni anga marg’ub emas,
Ahli maoniy qoshida xo‘b emas.
Nazmki ham surat erur xush anga,
Zimnida ma’ni dog’i dilkash anga.
Navoiyning o‘z ijodida bu tamoyilga qat’iy amal qilganligi o‘z davridayoq
zamondoshlarining asarlarida e’tirof etilgan edi. Daqiq she’rshunos Atoulloh Husayniy “Badoyi’
us-sanoyi’” asarida she’rning matbu’ turiga to’xtalar ekan, bunday she’rning sliakli yoqimli va
mazmuni maqbul bo‘lishi kerakligini uqtiradi va Alisher Navoiy “Tuhfat ul-afkor” qasidasining
matla’sini bunga misol qilib keltiradi: “Matbu’ deb andoq she’rg’a ayturlarkim, ul sog’lom
tab’larg’a maqbul vazng’a, tuzuk qofiyag‘a asoslang’an bo'lur, alfozi yoqimlig‘-u iste’molda
mashhur bo'lur, tarkibi mustahkam-u latif bo‘lur, aning ma’nosi maqbul bo‘lub, kishilarning
ko'ngliga tekkan bo‘lmag‘ay, sanoyi’din nimaiki anda ishlatilgan bo‘lsa, yetuk tarzda bo‘lg‘ay va
aning tufaylidin kalom anglamig‘ayu husni adosig'a qusur yetgan bo‘lmag‘ay; qadimg‘ilar she’r
jihatidin orttirg‘an ortiqcha harf-u alfoz va alfoz o'zgarishlaridin xoli bo‘lg‘ay, hazrati xudovandgor
(Alisher Navoiy)ning quyidag‘i bayti yanglig‘:

Download 116 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling