Nаvоiy shе’riyati vа jаnrlаr pоetikаsi Rеjа: Nаvоiyning lirik jаnrlаr tаrаqqiyotigа qo`shgаn hissаsi. «Хаzоyin ul-mаоniy»


Download 84.5 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi84.5 Kb.
#1614619
1   2
Bog'liq
Навоий шеърияти ва жанрлар поэтикаси

Hаmd g`аzаllаr:
Zihi zuhuri jаmоling quyosh kibi pаydо,
Yuzung quyoshig`а zаrrоti kаvn o`lub shаydо. («Nаvоdir ush-shаbоb», 1-g`аzаl)
Nа’t g`аzаllаr:
Ey nubuvvаt хаylig`а хоtаm bаni Оdаm аrо,
Gаr аlаr хоtаm, sеn ul оtkim, erur хоtаm аrо. («G`аrоyib us-sig`аr», 6-g`аzаl)
Оshiqоnа yoki ishqiy mаvzudаgi g`аzаllаr:
Tun оqshоm bo`ldi-yu kеlmаs mеning shаm’i shаbistоnim,
Bu аnduh o`tidin hаr dаm kuyar pаrvоnаdеk jоnim. («G`аrоyib us-sig`аr», 403-g`аzаl)
Оrifоnа yoki tаsаvvufiy-fаlsаfiy mаvzudаgi g`аzаllаr:
Dеmа, nе sud erur o`lmоq fаnо hаrimig`а хоs,
Yanа nе sud kеrаk o`zlugungdin etsа хаlоs. («G`аrоyib us-sig`аr», 271-g`аzаl)
Ахlоqiy-tа’limiy mаvzudаgi g`аzаllаr:
Sеn o`z хulqingni tuzgil, bo`lmа el ахlоqidin хursаnd,
Kishigа chun kishi fаrzаndi hаrgiz bo`lmаdi fаrzаnd. («G`аrоyib us-sig`аr», 115-g`аzаl)
Ijtimоiy mаvzudаgi g`аzаllаr:
Tоpmаdim аhli zаmоn ichrа bir аndоq hаmdаmе
Kim, zаmоn оsibidin bir-birgа аytishsоq g`аmе. («Nаvоdir ush-shаbоb», 576-g`аzаl)
Rindоnа g`аzаllаr:
Sоqiyo, tut bоdаkim, bir lаhzа o`zumdin bоrаy,
Shаrt bukim, hаr nеchа tutsаng lаbоlаb sipqоrаy. («G`аrоyib us-sig`аr», 588-g`аzаl)
Tаbiаt tаsviri аks etgаn g`аzаllаr:
Bulut hаyvоn zulоli birlа tirguzdi hаvо jоnin,
Sеvunmаk аshkidin shоdоb qildi sаbzа mujgоnin. («G`аrоyib us-sig`аr», 440-g`аzаl)
Hаjviy mаvzudаgi g`аzаllаr:
Ul shаyхki, minbаr uzа аfsung`а bеrur tul,
Shаytоndur o`zi mаjlisining аhli suruk g`ul. («Fаvоyid ul-kibаr», 377-g`аzаl)
Оlim Yo.Is’hоqоvning fikrichа g`аzаllаrni uslubiy jihаtdаn tа’rif (ijоbiy хаrаktеrgа egа), tаvsif (аnchа kеng ko`lаdа), mаdh (mаmduhning bаrchа zаhiriy vа bоtiniy fаzilаtlаri mаqtаlаdi), shаrhi hоl (ichki kеchinmаlаr bаyoni) kаbi turlаrgа аjrаtish mumkin.
«Хаzоyin ul-mаоniy»dа 40 dаn оrtiq hаmd, 40 gа yaqin nа’t g`аzаl bоr.
«Mаhbub ul-qulub»dа ishqni 3 dаrаjаgа аjrаtаdi:

  1. аvоm ishqi;

  2. хоslаr ishqi (ishqi mаjоziy);

  3. siddiqlаr ishqi (hаqiqiy ishq).

Mаjоzdin mаngа mаqsud erur hаqiqiy ishq,
Nеdinki аhli hаqiqаtqа bu tаriqаt erur.
Mаjоzdin chu hаqiqаtqа yo`l tоpаr оshiq,
Qilur mаjоzni nаfyi ulki, bеhаqiqаt erur. («Fаvоyid ul-kibаr», 5-qit’а)

“Xazoyin ul-maoniy”ga g`azaldan keyin mustazod kiritilgan, soni 4 ta. Alisher Navoiy “Mezon ul-avzon” asarida janrga alohida ta’rif berilgan, uning ohangi surud nag`amoti (kuy ohangi)ga mos kelishini aytadi.


1-devon “G`aroyib us-sig`ar”ga hamd mazmunidagi mustazod kiritilgan, keyinchilari rindona, oshiqona, orifona mazmundagi mustazodlardir.
Kulliyotdagi 3-janr muxammasdir, soni 10 ta, hammasi taxmis, 3 tasi Lutfiyga, qolganlari o`z g`azallari asosida.
Kulliyotdan 5 ta musaddas o`rin olgan, 2 tasi Lutfiyga, bittasi Husayniyga, bittasi o`z g`azaliga tasdis, bittasi tab’I xud mustazod.
Navbatdagi janr musamman (sakkizlik), “Favoyid ul-kibar”ga kiritilgan, 7 band 56 misra. Ishqiy mavzuda ramal bahrida.
Kulliyotga 4 ta tarji’band kiritilgan, 2 tasi tasavvufiy-falsafiy, 2 tasi ishqiy mavzuda. “G`aroyib us-sig`ar”ga kiritilgan tarji’band 10 band, ya’ni 100 baytni tashkil qiladi. Bandlar oxiridagi vosila bayt (Xarobot aro kirdim oshuftahol, May istarga ilgimda sing`an safol) o`zaro mustaqil qofiyalangan misralardan tashkil topgan, tasavvufiy-falsafiy mavzuda (o`zligini izlamoq, sir-sinotni anglashga intilayotgan solikning ruhiyati). Tarji’band mutaqorib bahrida yozilgan.
2-tarji’band “Navodir ush=shabob”dan o`rin olgan, hajmi 8 band, 103 baytni o`z ichiga oladi. Tasavvufiy-falsafiy mavzuda – jahon – borliq haqidagi fikrlari bayon etilgan. Hazaj bahrida.
“Badoyi’ ul-vasat”ga kiritilgan tarji’band ishqiy mavzuda. 7 band (har biri bayt), jami 56 bayt, nido san’ati bilan boshlanib, shu san’at bilan tugallanadi. Navoiyshunoslikda bu tarji’band “Sevginoma” deb atalgan (Aziz Qayumov).
So`nggi tarjiband “To xarobot aromen durdoshom” misrasi bilan boshlanib 10 banddan (har bandi 11 bayt), jami 110 baytdan iborat. “Favoyid ul-kibar”ga kiritilgan. Bu xotima tarji’band tasavvufiy-falsafiy mazmunda. Hol darajasiga erishgan oshiqning ruhiy kechinmalari bayon qilingan. Tarji’bandning vosila bayti quyidagicha:
Yana mug` dayrig`a kirdim sarmast,
May tut, ey mug`bachai bodaparast.
Ramal bahrida yozilgan.
“Xazoyin ul-maoniy”da bitta tarkibband mavjud, marsiya yo`nalishida, ustozi va do`sti Sayyid Hasan Ardasher xotirasiga bag`ishlangan. “Navodir ush-shabob”ga kiritilgan, 56 baytdan iborat, ramal bahrida yozilgan.
Kulliyotdan o`rin olgan bitta masnaviy ham Sayyid Hasan Ardasherga bag`ishlanadi. “G`aroyib us-sig`ar” devoniga kiritilgan, lirik masnaviy hisoblanadi. She’riy maktub shaklida yozilgan, 148 baytdan iborat. Navoiyshunoslikda bu masnaviy tarjimai hol xususiyatiga egaligidan “Hasbi hol”, noma janriga mansubligidan “Navoiyning Sayyid Hasanga she’riy maktubi” deb ham yuritiladi. Masnaviyda Allohga hamd, Payg`ambatga na’tdan so`ng Sayyid Hasan Ardasher shaxsiga ta’rif-tahsinlar aytiladi, uning fazli, kamoloti, vafodorligi, saxovati madh etiladi. Keying misralarda musofirlik, safarning sabablari, notinchlik, ilm egallashga bo`lgan ehtiyojlar sanab o`tiladi. Shuningdek, so`z ta’rifi, she’r va shoirlik, badiiy ijod bilan bog`liq masalalar qalamga olingan. Masnaviy mutaqorib bahrida yozilgan.
Nvbatdagi janr qasida, hajman 12 baytdan bir necha yuz baytgacha bo`lishi mumkin (Qasidai tom va qasidai mujarrada).
Navoiyning “Hiloliya” qasidasi “Badoyi’ ul-vasat” (3)dan o`rin olgan. Tuzilishiga ko`ra qasidai tom, mavzusiga ko`ra madh qasida hisoblanadi, 91 baytdan iborat. Qasidaning uchdan ikki qismi kirish – nasib va gurizgohdan tashkil topgan. Muqaddimada shoir osmonga sayr qiladi. Qasidaning so`nggi 4 bayti qasd (xotima)ni o`z ichiga oladi, Husayn Boyqaroga niyat bildiradi. Qasidaga xos shaklda qofiyalangan (aa, ba, da …), ba’zi baytlarda aa shaklida qofiyalangan, olimlar buni Navoiy kiritgan yahgilik deb ta’kidlashadi.
“Hiloliya” qasidasi Salmon Sovajiyning yangi oy ta’rifida yozilgan qasidalari uslubida va Zahir Foryobiyning shu nomdagi qasidasi ta’sirida yozilgan, ramal bahrida.
Katta hajmli she’rlardan biri soqiynomadir. Kulliyotga bitta soqiynoma kiritilgan (soqiyga murojaat). “Favoyid ul-kibar”dan o`rin olgan, turli hajmdagi 32 banddan iborat, jami 458 bayt. 1-bandi 41 bayt, quyidagicha boshlanadi:
Soqiyo, tut qadahi shohona,
Qatrasi la’l, vale yakdona
Har bir band soqiyga murojaat bilan bshlanadi, ramal bahrida yozilgan.
Kulliyotda yetakchi o`rinni egallagan janr bu qit’adir. 2 baytdan bir necha baytgacha hajmda bo`ladi. Alisher Navoiy qit`alari quyidagi mavzularda bitilgan:

  1. ijtimoiy hayot masalalari aks etgan falsafiy-axloqiy mazmundagi qit’alar;

  2. muayyan davr voqea-hodisalari hamda u yoki bu tabaqa vakillari faoliyati haqida.

Kulliyotdagi qit’alarda go`yasini ifodalovchi sarlavhalar qo`yilgan. Mumtoz poetika mezonlariga ko`ra, qit’ada taxallus qo`llash shart bo`lmagan, lekin Navoiyning ayrim qit’alarida, asosan hajmi 7 bayt va undan ko`p bo`lgan qit’alarida shoir taxallusi keltirilgan. “G`aroyib us-sig`ar”dan o`rin olgan “Qanoat naqshining ifshosi-yu naqshbandiya tariqining adosi” sarlavhali qit’a 11 baytdan iborat va so`nggi baytida taxallus qo`llangan. Ba’zi qit’alarda taxallus 1-baytda keltirilgan.
Ey Navoiy, olam ahlida tama’siz yo`q kishi
Har kishida bu sifat yo`qtur, anga bo`lg`ay sharaf.
Sen agar tarki tama’ qilsang, ulug` ishdir bukim,
Olam ahli barcha bo`lg`ay bir taraf, sen bir taraf.
Qit’alar ba’zan aa, bb, dd tarzida qofiyalanishi ham mumkin. “Xazoyin ul-maoniy”ga kiritilgan 210 qit’adan 6 tasi aynan shunday qofiyalangan.
Download 84.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling