Navoiy sifatli aloqa


TARAFLARNING JAVOBGARLIGI


Download 66.85 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi66.85 Kb.
#1541927
1   2   3
Bog'liq
Oldi-sotdi shartnomasi

TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

  1. Tovarlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, toʻliq yetkazib berilmagan hollarda, tovar yetkazib beruvchi sotib oluvchiga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 1 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar bahosining 30 foizdan oshib ketmasligi lozim. Penyani toʻlash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, toʻliq yetkazib bermaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.

  2. Agar yetkazib berilgan tovarlar sifati, assortimenti va navi boʻyicha standartlar, texnik shartlar, namunalarga (etalonlarga) qonun hujjatlarida yoki xoʻjalik shartnomasida belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, sotib oluvchi tovarlarni qabul qilish hamda ularning haqini toʻlashni rad etib, yetkazib beruvchidan sifati, assortimenti va navi lozim darajada boʻlmagan tovarlar qiymatining 1 foizi miqdorida jarima undirib olishga, agar tovarlar haqi toʻlab qo‘yilgan bo‘lsa, toʻlangan summani belgilangan tartibda qaytarishni talab qilishga xaqlidir. Sifati, assortimenti va navi lozim darajada boʻlmagan tovarlar yetkazib berganlik uchun jarima yetkazib beruvchidan akseptsiz tartibda undirib olinadi.

  3. Yetkazib berilgan tovarlar haqini oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun sotib oluvchi yetkazib beruvchiga oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 20 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 20 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorida penya toʻlaydi.

  4. Taraflarning javobgarlik xolatlari Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risidagi” Qonuni boʻyicha amalga oshiriladi.

  • SHARTNOMANI UZGARTIRISH VA BEKOR KILISH TARTIBI

    1. Ushbu shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular yozma ravishda rasmiylashtirilgan va taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.

    2. Shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga taraflarning kelishuviga muvofiq yoki Oʻzbekiston Respublikasini amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, yetkazilgan zarar qoplangan holda yo‘l qo‘yiladi.


  • Download 66.85 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling