Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji
Download 452 Kb.
|
marketing
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zaruriyat
Marketing (inglizcha market–bozor, savdo)-bu ehtiyojlarni yaxshiroq qondirish va foyda olish maqsadida, tovarlarni bozorlarda sotish, talabni shakllantirish va tovarlar savdosini rag’batlantirish, ayriboshlashni rivojlantirish va tezlashtirish maqsadida amalga oshiriladigan tovarlar, xizmatlar, qimmatli qog’ozlar bozoridagi keng miqyosli faoliyat turidir. Marketing ishlab chiqarishni bozor talablariga moslashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Umumiy ko’rinishda, marketing quyidagi turlarni o’z ichiga oladi: tovarni ishlab chiqish (sotilayotgan tovar turini aniqlash va ularning tafsiflarini belgilash); bozor tahlili (bozorlar taqsimoti, ustuvor bozorlarni ajratish, bozorni segmentlash); narx strategiyasi va siyosati; reklama; Marketingning quyidagi turlari tavsifi xalqaro marketing maqsadlariga nisbatan mos keladi: diferrenstiastiyalashgan, bozorni bir necha segmentidan foydalanib ularning har biriga alohida taklif bilan chiqishga mo’ljallangan; konversiyaviy, salbiy (manfiy) talabni engib o’tish uchun sharoit yaratuvchi; konstentrastiyalashgan, butun hatti - harakatlarni muayyan alohida bozorga qaratuvchi; ommaviy iste’mol tovarlariga nisbatan qo’llaniladigan; qarshilik qiluvchi, ayrim tovar va xizmatlarga bo’lgan norastional va irrastional talab ta’sirini chegaralashga qaratilgan; rivojlantiruvchi, potenstial talabni real talabga aylantirishga yo’naltirilgan; strategik, firmaning ichki va tashqi imkoniyatlarini o’rganish va ulardan foydalanishga asoslangan; maqsadli, bozorning aniq segmentiga yo’naltirilgan; narx, tovarga narx belgilashga asoslangan. Marketingning asosiy atamalari quyidagi tushunchalarni o’z ichiga oladi: zaruriyat, ehtiyoj, talab, tovar, ayriboshlash, bitim, bozor va hk. Zaruriyat - inson tomonidan biror - bir narsa etishmayotganligini sezish. Inson zaruriyatlari xilma - xil va murakkab bo’ladi. Bular jismoniy zaruriyat; xavfsizlikka bo’lgan zaruriyat; ijtimoiy zaruriyat; shaxsiy zaruriyat va boshqalar. Ular inson tabiatining birlamchi tarkibiy qismi sanaladi. Inson zaruriyatlari, ehtiyojlari va talablari tovarlar bilan qondiriladi. Tovar deganda ehtiyoj yoki zaruriyatni qondira oladigan va e’tibor, jalb qilish, foydalanish yoki iste’mol maqsadida bozorga taklif qilinadigan narsa tushuniladi. Tovar ishlab chiqaruvchilar o’z tovarini sotish uchun xaridorlarni izlashi, ularning ehtiyojlarini aniqlashi va ushbu ehtiyojlarni iloji boricha to’laroq qondiradigan tovarlarni ishlab chiqarishlari lozim. Ehtiyoj - har bir insonning madaniy darajasi va shaxsiyatiga muvofiq o’ziga xos shaklni olgan zaruriyatdir. Ehtiyojlarni qondirish maqsadida, ishlab chiqaruvchilar, tovarlarga ega bo’lish istagini paydo qilish uchun maqsadli hatti-harakatlarni amalga oshiradilar. Download 452 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling