Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji
Download 0.53 Mb.
|
Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Menejment jarayoni mazmuni
MENEJMENT JARAYONI VA FUNKSIYALARI
Reja: 1. Menejment jarayoni mazmuni. 2. Boshqarish maqsadlari. 3. Menejment funksiyasi klassifikatsiyasi va tushunchasi. 4. Bozorning menejment funksiyasiga ta’siri. 1. Menejment jarayoni mazmuni Menejment butun boshqaruv tizimining uzluksiz amal qilishi jarayonini ifodalaydi. U mehnat jarayonining barcha xususiyatlariga ega. Umuman menejment jarayonini texnologiya (qanday amalga oshiriladi), tashkil etish (kim va qanday tartibda) nuqtai nazaridan tavsiflash mumkin. Boshqaruv jarayoni mazmunining uch jihatini ajratish mumkin: texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy. - Texnikaviy jihatdan bu mahsulot ishlab chiqarish, metall yoki neft ajratib olishni boshqarish; - ishlab chiqarishda - bu ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni, ya’ni bo’linma, sex, korxonalar o’zaro ta’sirini boshqarish; - iqtisodiy jihatdan ishlab chiqarish, ish kuchi va butun iqtisodiy munosabatlar tizimiga rahbarlik qilish; - ijtimoiy jihatdan - bu mehnat jamoasi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, insonni tarbiyalashdir. Boshqaruv jarayoni texnologiyasi boshqaruv xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiya va amallardan iboratdir. Shunday qilib, menejment jarayoni rahbar va boshqaruv apparatining qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun kishilarning birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maqsadli harakat qilishidir. U tizimning holatini baholash, uni yaxshilash yo’llarini izlash yoki undagi salbiy xislatlarni bartaraf qilish bilan bog’liq ishlarni tavsiflaydi. Muammo bosqichida tizimning hozirgi holatining uni rivojlantirish maqsadiga nisbatan mavjud qarama-qarshiliklarini aniqlash ko’zda tutiladi. Qaror qabul qilish bosqichi rahbarning amalda tashkiliy faoliyatiga o’tishini ifodalab, qaror qabul qilish bilan boshqariladigan tizimga ta’sir o’tkazila boshlanadi.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling