Navoiy va Bobur tavalludiga bag’ishlangan tadbir ssenariysi Boshlovchi


Download 33.2 Kb.
bet3/6
Sana15.02.2023
Hajmi33.2 Kb.
#1200979
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Бобур сценарий

3 qiz g’azal o’qiydi. Raqs.

Eshik og’asi:

-Olampanoh, huzuringizga Afg’onostondan va hind rojalari tomonidan elchilar buyurmishlar.

-Marhamat, kirsunlar.

Hind elchisi:

-Shohim, sizga hind rojalari nomidan xabar olib keldim.(Xat o’qiladi.)
Din-mazhab janjallarining oldini olishga , mamlakatda osoyishtalik va adolatni qaror totirishga jazm etdingiz.Adolatli qonun chiqardingiz.G’ayridinlik solig’ini bekor qilganingiz ,vafot etgan erni xotini bilan birga kuydirishni taqiqlaganingiz sizning bizning xalqqa hurmatingizdandur.Obodonchilik ishlarini yo’lga qo’yib, ariqlar qazdirdingiz, binolar qurdirdingiz, atrofingizga olimu fozillarni to’plab, mamlakatimiz tarixi, urf-odati, udumlariga hurmat bilan qaradingiz.Mahalliy aholi vakillari bilan maslahatlashib ish yurityapsiz. Minnatdorchiligimizni izhor aylab sizga cheksiz hurmatimizni bildirmoqchimiz.” Qalamingizga mansub ushbu to’rtlikni ilova qilibdurlar.
Bobur:
Mir Alisherbek ila ko’rishmagan ersak-daBoshqa rishtalar bizni bog’lab turadi. Yoshligimdan u kishining shaxsiga va ijodiga hurmatim baland. Buni qarangki, men tug’ilgan yili Alisherbek “Xamsa” asarini yozishga kirishmishlar, Men Samarqandni qo’lga kiritganimda “Xazoyinul maoniy” ning dovrug’i butun turkiy dunyoga yoyildi.
Ko’ykiy:
Ayni haqiqat, ahli fazl va ahli hunarg’a Alisherbekcha murabbiy va homiy ma’lum emaskim, hargiz paydo bo’lmish o’lg’ay.
Humoyun:
Navoiy hazratlari mijozi nozuk bila mashhurdir, deb eshitamen.
Otajon, turkiy “Xamsa” ustoz tafakkurining eng yuksak namunasi,ya’ni tyrkiy so’z san’atining gultojidur. Tinglaymizmi?
(“Xamsa” ta’rifi – boshlovchi parda ortida)
BOBUR:

Marhamat.

(“7 go’zal” raqsi.)

Bobur:
. Ko’ykiy:
--Navoiyning Farhodi komillikning ayni namunasidur, to’g’ri emasmu, olampanoh. Bunday asarlar fozil xalq dilida o’chmas iz qoldirmish.

Bobur:
--To’g’ri. “Farhod va Shirin “ , “Layli va Majnun” dostonchilikning betakror namunasidir.O’g’illarim alarni har o’qiganlarida turkiy tilimizning sof va jozibadorligiga tasannolar aytishadi.

Download 33.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling