Navoiy va Bobur tavalludiga bag’ishlangan tadbir ssenariysi
Boshlovchi:
Tinglang, tinglang , tarix so’zlamoqda asrlar osha,
Yuksak tog’ oralab o’kirgan she’rning .
Na’rasiga tengdir aksi sadosi,
Besh yarim asrkim yangrar vatanda,
Hazrat Alisherning asriy nidosi.
Boshlovchi:
Bobur Andijoniy, o’zbekiy o’g’lon,
Bobur bu she’riyat, cheki yo’q firoq.
Bobur -o’t, ayriliq, oh-u zor ,hijron,
Ko’nglimiz birga-yu ,oramiz yiroq.
Parda ochiladi.Boburning Hindistondagi saroyi.
Taxtda Bobur, mulozimlari bilan mushoira o’tkazmoqda
Kodoskop orqali tasvir.(?)
Mulozim:
Zarofatlig’ podshohimiz Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarig’a duoyi ehtiromlarimiz bo’lg’ay.
Bobur:
-Rahmat, mavlono.
2-mulozim:
Olampanoh, Hazrat Navoiy ash’orlaridan iborat bo’lmish mushoiramizni davom ettirishga ruxsat etgaysiz.
Bobur:
Bosh ustiga, qani mavlono sizdan bo’lsin.
Mavlono:
Bu gulshan ichra yo’qdur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur qolsa yaxshilik bila ot.
Mulozim:
-Borakallo, mavlono, Borliqdagi barcha narsalar go’zal va latif, lekin inson ulug’ yaratildi. U borliqning gultoji.
Mulozim:
-Ayni haqiqat, inson degan sharafli nomga loyiq bo’lsang, xalq g’amidin g’ami yo’qlarni odam deb hisoblamagin.
Odami ersang demagil odami
Onikim, yo’q xalq g’amidin g’ami.
Mulozimlar:
Borakallo, borakallo.
U buyuk ne’matga ega bo’lmish aqlga ega yagona xilqatdir. Shu sababli olamning har bir zarrasi uchun javobgarlik , imon, e’tiqod bizni tark etmasin.Omin.
Bobur:
Bo’lmasa ishq ikki jahon bo’lmasun,
Ikki jahon demaki, jon bo’lmasun.
Ishqsiz ne jonki ani joni yo’q,
Husnni netsun kishiki oni yo’q
Vatan ishqi, xalq dardi ilayashash, yor-u birodarlarni g’animat tutish farzdur, shunday emasmu?
Do'stlaringiz bilan baham: |