Navoiy va Bobur tavalludiga bag’ishlangan tadbir ssenariysi Boshlovchi
Download 33.2 Kb.
|
Бобур сценарий
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chopar qovun olib kiradi. Bobur qovunni oladi va uni uzoq hidlab
Begona qush
Hoy , bu to’da kim? Qanday jamoadir? Bu ming baloga mubtalo bo’lib, balodan bo’lak hech narsa topmaganlar kim ekan?Bu qadri tuproq, sargardonlar kim ekan? Qushlar Biz xor va zor bo’lgan , Behuda ish qiluvchi ojiz guruhmiz. Jannat izlab chiqdik, va u dargohga yetishni orzu qildik. Begona qush Ey gumroh to’da, bu ahvolda qaysi tilingiz bilan yurt va shohning nomini zikr etmoqdasiz? Bu yer shunday muazzam joyki, hatto bunda yuz ming quyosh ham kichik bir zarra kabi nur socha olmaydi, yuz ming qquturgan fil bir o’lik pashshadek gap. Shundayy bir joyda siz na borsiz, na yo’qsiz. Bunday behuda so’zlarni aytmasdan tezda orqangizga qayting. Qushlar E voh, zoye ketgan mehnatimizga afsus. Biz kabi g’amli, orzu umidlaridan yiroq tushgan bir guruh bormikin? Hudhud Siz tushkunlikka tushmang.biz bu yo’lga qadam qo’yib yuz baloni yengib o’tdik. O’zingizni asl maqsaddan yiroq deb gumon qilmang. Biz bu yo’lda haqiqiy kamolotga erisgdik.Agar oshiq kamolotga yetgan bo’lsa, uning uchun barcha yo’l ochiq. Uning uchun baxt ham , baxtsizlik ham tengdir. Muallif –Nuriddin aka Bu 30 ta qushning ma’rifat va boylik istab, mashaqqat va ranj chekib, bu yerga yetib kelganlaridan maqsad, ularga semurg’ o’z yuzini ko’rsatib, yo’qlikdan birlikka erishish edi. Ammo ular qayerga qarasalar o’zlarini ko’rdilar. Olloh, Bu qanday ajoyib so’zki, Semyrg’ni orzu qilgan 30 qush o’zlarini semurg’ sifatida ko’rdilar. Bunda xuddi sadaf gavharga aylangani kabi, kimki o’zligini anglasa, Ko’ngil xazinasidagi tilsimni ochgan bo’ladi. (O’yin 3ta qush) Bobur: Tasanno. borakallo Mulozim: --Movarounnahrdan bir mehmon kelibdur. Andijon qovunidan keltiribdur. Olib kelishsinmu? --Andijondan qovun? Olib keling. Chopar qovun olib kiradi. Bobur qovunni oladi va uni uzoq hidlab: --Rahmat, men bu qovunning isida o’z Vatanimni , Andijonimni his qildim.Siz mening xasta dilimni g’oyat shod etdingiz. Hijron qafasida jon qushi ram quladur, G’utbat bu aziz umrni kam qiladur. Ne nav’ bitay firoqu g’urbat sharhini Kim ko’z yoshi nomaning yuzin nam qiladur. Bormi ekan hech nima olamda hijrondin yamon. Har nekim ondin yamonroqdur , budur ondin yamon. Download 33.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling