Navoiy va Bobur tavalludiga bag’ishlangan tadbir ssenariysi Boshlovchi


Download 33.2 Kb.
bet6/6
Sana15.02.2023
Hajmi33.2 Kb.
#1200979
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Бобур сценарий

Yig’laydi. “Yaxshilik: qo’shig’i

Humoyin: --Otajon, ne bo’ldi? Bardam bo’ling.(Suyaydi)

Bobur:
-Tohirbek, Juzdonni keltiring. (Tohirbek yangi muqovqlangan Qo’lyozmani olib, Boburga beradi.

-Badaxshonda “Vaqoiy”ni so’ragan eding.Mana, yozib tugatdim, ol.(Humoyun kitobni olib peshonasiga surib o’paq ekan, ko’zlaridagi yosh tomchilari kitobga tushadi.)

Sendan iltimosim shuki, bu kitobni avlodlaring ham o’qisin.Undan nusxalar ko’chirtirib, Samarqandga, Toshkentga, Andijonga munosib odamlarga yuboring.

Humoyun:

-Padari buzrukvor, siz saltanatni menga bermoqchi bo’libsiz. Lekin ishoning, men bu toj-u taxtdan sizning bir nafaslik umringizni afzal bilurmen!

Bobur:

-Men sizdan rozimen.Ishimni davom ettiring. Toki avlodlar Buyuk temuriylar saltanatining shon-u shuhratini faxr ila yodga olib yursinlar.

Bobur g’azal va ruboiylari aytiladi

Parda yopiladi.
Keyingi sahna “Navoiy va Boburning g’oyibona uchrashuvi”
Parda ochiladi. Bobur va Navoiy sahnada.
Bobur:

-Assalomu alaykum, ustoz.
-Vaalaykum assalom, mavlono.
-Siz bilan uchrashganimdan juda minnatdormen.
-Men ham sizning asarlaringiz bilan tanishmen, mavlono.
-Men sizning devoningizni qo’ldan qo’ymay o’qiydurmen, besh dostonongizni esa farzandlarimning sevimli asaridur.’Mehnatnoma”, “Firoqnoma”ni o’qub kishi rohatlanadur.

-Mavlono, sizning nozik iste’dodingiz, g’ayrat-shijoatingizga kishilar xavas qiladur.Tabiatingizdagi xushfe’llik,odamiylik ila to’g’rilik avlodlarga o’rnakdur.

-Odamiylik ila xalqparvarlikni sizdan o’rgandim, ustoz.Javohirga teng bitiklaringiz kishi ruhining jon ozig’i.

(Navoiy va Bobur orqaroqqa o’tishadi. O’quvchilar 2 tarafda g’azal va ruboylardan o’qiydilar.)

Bobur:

Ahbob, yig’ilmoqni farog’at tutungiz,
Jam’iyatingiz borini davlat tutungiz.

Chun gardishi charx budurur , tengri uchun
Bir-birni necha kun g’animat tutungiz.

Navoiy:

Men uchun haykallar tiklamang, mayli,
Kochalarga qo’ymang mayli nomimni.
Qabrim uzra kelib yo’qlamang mayli,
Ko’klarga ko’tarmang, mayli nomimni.
Tavallud kunimda ta’zimlar hargiz
Men uchun na orzu, na buyuk havas,
Sizga iltimosim shu erur yolg’iz,
O’zligingiz asrab qololsangiz , bas.

Navoiy va Bobur haqida she’rlar

Parda ortida boshlovchilarning she’ri (Bobur va Navoiy haqida)

Qo’shiq raqsi bilan.

Izoh:
Mutaxassislarning fikricha, Hindiston tarixini yoritishda hali ham buyuk bobomiz Beruniyning “Hindiston”idan keyingi muhim asar “Boburnoma” bo’lib turibdi.
Bobur- dilbar shaxs… Uyg’onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo’lgan.

Javoharla’l Neru

Biz Osiyodagi hukmdorlar ichidan Bobur singari daho va iqtidorli kishilarni kamdan kam uchratamiz.

Uilyam Erskin.
Download 33.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling