Navoiy viloyat ftiziatriya
Download 47.86 Kb.
|
34-sonli buyruq asosidagi odob-ahloq qoidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Maqsad va vazifalar
Hujjat turi: NIZOM
Qabul qilinish sanasi: 20.01.2016 Navoiy viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi ishchi-xodimlarining odob-axloq qoidalari 1. Umumiy qoidalar 1.1. Ushbu «viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi ishchi-xodimlarining odob-axloq qoidalari» (bundan buyon matnda «Odob-axloq qoidalari» deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi, «Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi, «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunlari, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 20 yanvardagi “Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi barcha boshqaruv apparati, tibbiyot davolash-profilaktika hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muasassalari , tashkilot, korxonalar xodim va talabalarning tibbiy deontologiyasi va madaniyati to‘g‘risida” 34-sonli buyrug‘i hamda umum e’tirof etilgan ma’naviy-axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan. 1.2. «Odob-axloq qoidalari» markaz ma’muriyati, vrachlari, hamshiralari, kichik tibbiy xodimlari, ma’muriy hamda xo‘jalik bo‘limi ishchilarining dispanserdagi o‘zaro munosabatlaridagi odob-axloq tamoyillari, rioya etishlari shart bo‘lgan xulq-atvor me’yorlari va majburiyatlarini belgilab beradi. 1.3 «Odob-axloq qoidalari»ga rioya qilish markaz jamoa a’zolarining barchasi uchun majburiy hisoblanadi. 1.4. Markazda ishlayotgan va ishga qabul qilinayotgan har bir ishchi-xodim «Odob-axloq qoidalari» bilan tanishib chiqishi hamda unga rioya qilishini o‘z zimmasiga olishi shart. 1.5. Markaz jamoasi jamoat, bemorlar, davlat va nodavlat tashkilotlari, ta’lim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlik sub’ektlari, ommaviy axborot vositalari hamda bemorlarning yaqin qarindoshlari bilan o‘zaro munosabatlarda «Odob-axloq qoidalari»dagi ko‘rsatmalarga rioya etilishi lozim. 2. Maqsad va vazifalar 2.1. «Odob-axloq qoidalari»ning maqsadi markazda sog‘lom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, xodimlar tomonidan bemorlarga zamon talablari asosida malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, milliy g‘oya va qadriyatlar hamda umuminsoniy fazilatlarga mos muomala qilish, markaz tibbiy xizmat jarayonining sifati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga sharoit yaratishdir. 2.2. «Odob-axloq qoidalari»ning asosiy vazifalari: - markaz jamoa a’zolarining ma’naviy immunitetini shakllantirish, saqlash va himoya qilish; - ishchi-xodimlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, ish vaqtida va ishdan tashqari ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, past saviyali «ommaviy madaniyat» xurujlaridan himoya qilishga ko‘maklashishdan iborat. Download 47.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling