Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti
(260 so‘z) BIZ – BUYUK MA’NAVIYAT EGASIMIZ
Download 133 Kb.
|
Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash
(260 so‘z)
BIZ – BUYUK MA’NAVIYAT EGASIMIZ Inson moddiy va ma’naviy ehtiyojlar bilan tirik. Uning vujudi moddiy olam qonuniyatlari bilan yashasa, qalbi va ongi, shuuri ma’naviy olam qonuniyatlari bilan nafas oladi. Masalan, ovqat yeyish, badan tarbiyasi bilan shug‘ullanish –moddiy olam qonuniyatlariga bo‘ysunish alomatidir. O‘ylash, fikrlash ,ishonish, zavqlanish, go‘zallikni sevish–bularning barchasi ma’naviy olam qonuniyatlaridan dalolatdir. Mukammal inson bo‘lish uchun ham moddiy, ham ma’naviy olam qonuniyatlari asosida yashash lozim bo‘ladi. Buning uchun odam o‘zidagi moddiy va ma’naviy ehtiyoj hamda mayllarni boshqara olishi zarur. Demak, inson hayotining mohiyatini tashkil etadigan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni bir-biridan ustun qo‘yib bo‘lmaydi. Qayerdaki moddiy intilishlar kuchayib ketsa, odamlar ma’naviy qiyofasini yo‘qota boshlaydi, ular o‘rtasida o‘zaro hurmat, go‘zallikni qadrlash, haqiqatga ishonch kabi fazilatlar yo‘qoladi. Aksincha, faqat ma’naviy intilishlar bilan ham yashab bo‘lmaydi. Chunki, bunday hayot odamlarnnig moddiy taraqqiyotdan orqada qolib ketishiga, maktab, kutubxona, teatr, muzey kabi ilm –ma’rifat maskanlari qurishga mablag‘ topolmay oxir-oqibatda ruhiy jihatdan qashshoq bo‘lib qolishga olib keladi. Agar dunyo tarixiga nazar solsak, aynan mana shunday yo‘l–moddiy va ma’naviy boyliklardan taraqqiyot yo‘lida imkon qadar keng foydalanish yaxshi natijalar berganini ko‘ramiz. Bularning barchasi sho‘ro davrida shakllangan “moddiy boylik odamni buzadi” degan qarashning nechog‘li noto‘g‘ri ekanini ko‘rsatadi. Agar moddiy boylik halol mehnat bilan topilgan bo‘lsa va yuksak ma’naviyat asosida ishlatilsa, ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz. Jahon tarixida o‘zining shaxsiy boyligini ma’naviyatga, o‘z xalqining ma’rifiy taraqqiyotiga sarflagan insonlar ko‘p bo‘lgan. Bizning buyuk ajdodlarimiz ham bu borada ko‘p ibratli ishlarni amalga oshirgan. Xususan, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘z mablag‘i hisobidan yo‘llar, ko‘priklar, hammomlar, karvonsaroylar, kutubxona va madrasalar qurdirgan, iste’dodli shoir, musavvir va adabiyotshunoslarni o‘z homiyligiga olib, ularga maosh to‘lab turgan. Bunday saxovatli ajdodlarimizning ezgu an’analarini bugungi yurtdoshlarimiz munosib davom ettirmoqda. Download 133 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling