Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti


(197 so‘z) BIZ – O‘ZBEKISTON FUQAROSIMIZ


Download 133 Kb.
bet10/18
Sana01.07.2023
Hajmi133 Kb.
#1658010
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash

(197 so‘z)


BIZ – O‘ZBEKISTON FUQAROSIMIZ

Qadimda fuqaro so‘zi o‘rnida tabaa, raiyat kabi so‘zlar ham ishlatilgan. Ota- bobolarimiz o‘zlari haqida gap ketganda, kamtarlik bilan “faqir-u haqir”, “faqiringizni afv etgaysiz”, “faqirlikda, bilmay qolibmiz” kabi iboralarni ishlatganlar. Bu iboralarda o‘zini boshqalar oldida burchdor deb bilish ma’nosi ham bor. Shuning uchun fuqaro so‘zi bugungi kunda ko‘proq kishining inson sifatidagi huquqi va burchini, davlat va jamiyat oldidagi mas’uliyatini his etishi ma’nosida ham ishlatiladi.


Biz O‘zbekiston davlatiga mansubmiz, ya’ni yurt fuqarosimiz va buni e’tirof etar ekanmiz, har safar qalbimiz quvonchga to‘ladi. Chunki, O‘zbekiston dunyoda qiyosi yo‘q go‘zal va betakror mamlakatdir. Bunday Vatanda tug‘ilish, uning zilol suvlaridan ichib, tabarruk ne’matlaridan bahramand bo‘lib voyaga yetish, jahonga dong taratgan buyuk insonlarga munosib vorislik hammaga ham nasib qilavermaydigan ulkan baxt, tengsiz saodatdir. O‘zbekiston fuqaroliginnig huquqiy asoslari malakatimiz Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida belgilab berilgan.
O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish bizga faqat g‘urur va iftixor baxsh etibgina qolmay, zimmamizga yuksak mas’uliyat ham yuklaydi. Chunki, mamlakatimizning bugungi taraqqiyoti, kelajak taqdiri, uning dunyodagi o‘rni va nufuzini mustahkamlab borish bizning–O‘zbekiston fuqarolarining muqaddas burchidir. Fuqarolik hissi vatanparvarlik fazilatining shakllanishida g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zining fuqarolik burchini chuqur his qilgan odam mamlakat qonunlarini hurmat etib, ularga qat’iy amal qiladi, qonunlarning har bandida xalqning irodasini ko‘radi. Biz, O‘zbekiston fuqarosi sifatida, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan katta o‘zgarishlarda o‘zimizning ham hissamiz borligini doimo his qilib turishimiz lozim. (213 so‘z).
YAXSHIDAN BOG‘ QOLADI
Ko‘klam kunlarining birida Sulton Husayn saroyda yolg‘iz o‘tiraverib zerikib ketibdi-da, ancha vaqtdan beri Mir Alisherdan darak bo‘lmadi, borib holidan xabar olib kelay, deb do‘sti yashaydigan mahallaga yo‘l olibdi.
Borib qarasa, Mir Alisher yeng shimarib, bog‘ida ishlayotgam emish. Buni ko‘rgan Sulton Husayn otidan tushib, do‘sti bilan so‘rashgach:

  • Hormang, do‘stim! Nega shoirlar majlisida ko‘rinmay qoldingiz desam, bog‘bonlikni pesha qilibsiz-da! – debdi.

Mir Alisher ham belbog‘i bilan peshonasidagi terini artar ekan:

  • Ko‘klam kelsa, ko‘chat ek, degan ekan mashoyixlar. Shu bog‘dagi qurigan olmalarni qo‘parib tashlab, o‘rniga 3-4 tup yong‘oq ekyapman,- deb javob beribdi.

  • Ey do‘stim-ey, qarigan chog‘ingizda bog‘ qilishning sizga nima keragi bor, axir. Siz bilan men yoshimizni yashab, oshimizni oshab bo‘lgan bo‘lsak, bu yong‘oqlaringiz qachon hosilga kiradi-yu, siz qachon mevasidan yeysiz?! Umringizning oxirida mana shu bog‘dagi mevalarning boriga qanoat qilib, soya-salqinda tinchgina g‘azal bitib o‘tiravermaysizmi!?

  • Do‘stim, yaxshidan bog‘ qoladi, -degan naqlni eshitganmisiz? Men bu ko‘chatlarni o‘zim uchun emas, mana shu mahallamiz ko‘chalarini changitib yurgan bolalar, balkim ularning bolalari uchun ekyapman. Bir kun kelib, balkim ularning har biri azim daraxt bo‘lib hosil bera boshlasa, odamlar uning mevasidan tatib ko‘rishganda: “Bu bog‘ Alisherdan qolgan!” deyishsa, shuning o‘zi menga har qanday ne’matdan lazzatliroqdur, - deb javob beribdi.

Bu gaplarni eshitgan Sulton Husayn Mir Alisherning saxovatiga qoyil qolib, unga bir hamyon to‘la tilla chiqarib beribdi. Mir Alisher tillaga qarab turib:
- Ana, ko‘rdingizmi, do‘stim, ekayotgan ko‘chatlarim hozirdanoq hosil bera boshladi, - deya kulib qo‘yibdi.
Sulton Husayn Mir Alisherning hozirjavobligiga yana bir bor qoyil qolgan ekan.

Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling