Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti


(173 so‘z). MILLIY QADRIYATLARIMIZ


Download 133 Kb.
bet8/18
Sana01.07.2023
Hajmi133 Kb.
#1658010
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash

(173 so‘z).


MILLIY QADRIYATLARIMIZ

Milliy qadriyatlar millat va xalqning o‘zi bilan birga asrlar, ming yilliklar mobaynida shakllanib, takomillashib boradi. Shuning uchun ularda xalqning orzu- intilishlari, ruhiyati va tafakkuri, hayot falsafasi, turmush tarzi to‘liq mujassam bo‘ladi.


Masalan, Navro‘z bayramini olaylik. Navro‘z bayrami xalqimiz o‘troq hayotni boshlagan qadim davrlardan buyon yashab kelmoqda. Chunki, bu bayram, avvalo yerga, suvga, quyoshga, tabiatga, butun mavjudotga mehr uyg‘otadi, olam bilan uyg‘unlikda yashashga da’vat etadi, dunyoning go‘zalligidan bahramand bo‘lishga chaqiradi. Biz bugungi kunda ham bu bayramda sumalak qaynatish, uloq chopish, kurash tushish, yer haydash, urug‘ sochish, xonadonimiz, mahallamizni tozalash, tabiat bag‘riga sayr qilish kabi marosimlarini ado etar ekanmiz, qalbimizda olis ajdodlarimizdan meros bo‘lgan qadimiy tuyg‘ular uyg‘onadi: ona tabiatga yanada yaqinroq bo‘lishga, uni sevib ardoqlashga, eng muhimi, ota-onalarimiz, yaqinlarimizga, shu tariqa barcha insonlarga mehr-oqibatli bo‘lishga harakat qilamiz.
Xalq taqdirida shunday qadriyatlar bo‘ladiki, ular millatning o‘zi bilan birga shakllanadi va uning asosiy belgilaridan biriga aylanadi. Til–har bir millatning ana shunday bebaho qadriyatidir. O‘zbek tili ham millatimiz bilan ming yillar davomida birgalikda shakllanib borgan. Xalqimizning boshiga tarixda qanday og‘ir sinovlar tushgan bo‘lsa, tilimiz ham bundan mustasno emas.
(174 so‘z).


TIL QUDRATI

Qadim-qadimlarda oqil va odil bir odamning suluv qizi bo‘lgan ekan. Shu qizga ikki farishtaning ishqi tushibdi. Qiz ulardan qaysi biriga turmushga chiqishni bilmay qolibdi.


Oxiri qiz ularga shunday debdi: “Men yurt farzandi bo‘ladigan o‘g‘ilga ona bo‘lishni istayman. Uni qanday tarbiyalashga qodirliklaringni bilishim kerak. Ana shunga qarab sizlarga qarorimni aytaman”.
Shunda birinchi farishta: “Bu ish faqat mening qo‘limdan keladi. Men unga ilm o‘rgatadigan riyoziyotdan, falakiyotdan, saboq beraman. Siyosat bilan shug‘ullanadi. Ajnabiy tillarni egallaydi. Olamga dong taratadi”, - debdi.
Navbat ikkinchi farishtaga kelibdi. U bo‘lsa: “Avloddan meros qoladigan asosiy boylik–til. Ona tili bor ekan, Vatan bor. Men o‘g‘limni tilga xiyonat qilmaslikka o‘rgataman. Qo‘shiq, ertak, dostonlar aytib beraman. Mana shu ona tilimiz uchun jonini ham ayamaslikka o‘rgataman”.
Bu gaplardan birinchi olim-farishta qahqaha urib kulibdi. Raqibini aqlsizlikda ayblabdi. O‘rtadagi tortishuv janjalga aylanibdi.
- Janjallashmanglar, yurtda ulug‘ donishmand bor. O‘shaning huzuriga boramiz. Hammasi o‘sha yerda hal qilinadi. Uning hukmi men uchun qonun bo‘ladi,- debdi qiz.
Shundan so‘ng hammalari donishmand huzuriga borishibdi. U nizo qo‘zg‘agan barcha gap-so‘zlarni tinglabdi. Oxiri ikkinchi farishtaga qarab: “Qiz sevadimi, yo‘qmi, bilmayman. Lekin otalik sharafiga sen loyiqsan…”, -debdi.

Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling