Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti


Download 133 Kb.
bet4/18
Sana01.07.2023
Hajmi133 Kb.
#1658010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash

(130 so‘z)
ODAM SAVDOSI

Odam savdosi bugungi kunda umumjahon muammosiga aylanib bormoqda. BMTning ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda har yili taxminan 2 million 700 ming nafar shaxs odam savdosi qurboniga aylanmoqda. 600 mingdan 800 ming nafargacha ayol va bolalar aldov yo‘li bilan sotilgan. 2008-yil 17- aprelda “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, bundan tashqari, Respublikamiz Prezidentining 2008-yilning 8-iyulida “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablaridan kelib chiqib, Respublikamiz bo‘ylab ko‘plab uchrashuv va seminarlar o‘tkazilmoqda.


Joylarda o‘tkazilayotgan seminarlarda ba’zi yo‘lidan adashgan yoshlarning ish izlab, chet ellarga noqonuniy yo‘llar bilan ketayotgani, natijada ularning aldanishi tufayli salbiy oqibatlar yuzaga kelayotganligi to‘g‘risida qizg‘in muloqotlar olib borilayapti. Tadbirlarda ishtirok etgan adliya boshqarmasi xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hayotiy misollar asosida yig‘ilganlarni bu muammo girdobiga tushib, aldanib qolmaslikka chaqirmoqda va yoshlarni sergaklikka chorlamoqda.
(131 so‘z)
MEHNAT, KASB-HUNAR MADANIYATI

Agar atrofdagi olamga diqqat bilan nazar solsangiz, o‘zingiz, kelgusi hayotingiz uchun ibrat bo‘ladigan ko‘p narsalarga guvoh bo‘lasiz. Oyog‘ingiz ostiga qarang:yuzlab, minglab chumolilar tinim bilmay mehnat qilayotganini, uyasiga zarur narsalarni tashiyotganini ko‘rasiz. Biri qiynalsa ikkinchisi, uchinchisi yordamga kelyapti, birortasi chetga chiqib, “qo‘l qovushtirib” turgani yo‘q. Ular uchun yer ostidagi mana shu kichkinagina joy vatan hisobiga o‘tadi. Shu yerda tinch, osoyishta, xotirjam yashamoq niyati ularni oyoqqa turg‘izgan, mittigina yuraklariga shijoat, qildek oyoq-qo‘llariga g‘ayrat baxsh etgan.


Oilaning moddiy va ma’naviy ahvoli mehnat tufayli yuksaladi. Oila a’zolarining mavqeyi, mahalla-ko‘ydagi obro‘si, ularga nisbatan o‘zgalar munosabati ham qilingan mehnatning natijalari asosida quriladi. Bir kun kelib inson olamdan o‘tgach, uning mehnati, foydali ishlari yaxshi so‘zlar bilan esga olinadi. Ota-onaning oilada farzandlariga o‘rgatgan mehnat saboqlari, kasb-kori avlodlari uchun bebaho boylik bo‘lib qoladi.
Inson shunchaki qora mehnat kishisiga aylanib qolmasligi uchun yoshligidan kasb-hunar o‘rganishga qunt qilmog‘i lozim.

Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling